Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 10 Mavzu



Download 1,01 Mb.
bet149/155
Sana01.02.2022
Hajmi1,01 Mb.
#421302
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   155
Bog'liq
10-sinf Jahon tarixi konspekt

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish,siyosiy yangiliklar bilan tanishtirish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: Atamalarni izohlang
F.Kasto…, Salvador Alyende…, Augusto Pinochet…, P.Eylvin…,
O`q1uvchilar fikri tinglanadi .Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Ikkinchi jahon urushi va uning oqibatlari. Ikkinchi jahon uru- shidan so‘ng Afrikada milliy-ozodlik harakatining xarakteri o‘zgardi. 1945-yil Manchester shahrida V Panafrika kongressi bo‘ldi. U Af- rika xalqlari kurashida sifat jihatidan yangi davr boshlanganligini aks ettirdi. Bu kongressda oldingilariga nisbatan juda ko‘p Afrika tashkilotlari qatnashdi. Kongressda mustamlakachilikka va imperia- lizmga qarshi ruh ustuvor bo‘ldi. Afrikaning barcha mintaqalari va mamlakatlaridagi ahvol muhokama qilindi. Kongress butun qit’aga va barcha yirik mintaqalar hamda mamlakatlarga qaratilgan yangi inqi- lobiy talablarni ilgari surdi.
Ko‘plab Afrika mamlakatlari uchun urushdan keyingi yillar siyosiy partiyalarni tuzish, mustamlaka rejimlarini qulatish uchun kurash davri bo‘ldi. Afrikaliklar ongida mustamlakachilik tushunchasi Yevropaning hukmronligi bilan bog‘liq edi. Shu sababli mustaqillik uchun kurash ko‘pincha barcha yevropacha narsalarni rad qilishga aylanib qoldi. Bu haqida g‘arbiy afrikalik shoir Bernar Dadye shunday yozgan edi:
Men galstuk taqishni yoqtirmayman.
Bo‘ynimga hashamli zanjir taqaman,
Boadab Yevropaning qullik zanjiri...
Men soat taqishni yoqtirmayman.
Qo‘limga zulmni taqib yuraman,
Yevropaning bema'ni zulmini...
Metropoliyalar ham asta-sekin hukmronlikning avvalgi usullaridan voz kechib bordi.
«Afrika yili». Mustamlakachilikdan ozod bo‘lish jarayonining eng yuqori nuqtasi 1960-yilga to‘g‘ri keldi. U tarixga «Afrika yili» si- fatida kirdi. Shu yili jahon xaritasida 17 ta yangi Afrika davlat- lari paydo bo‘ldi. Ularning ko‘pchiligi fransuz va ingliz mustam- lakalari edi. Afrikaning eng katta davlatlari Nigeriya va Kongo o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Mustamlakachilik davrida ikkiga bo‘linib ketgan Somali birlashib, mustaqil Somali Demokratik Respublikasi nomini oldi.
«Afrika yili» qit’adagi holatni o‘zgartirib yubordi. Boshqa mam- lakatlarda ham mustamlaka tuzumining qulashi muqarrar bo‘lib qoldi. Keyingi yillarda Buyuk Britaniyaga qarashli deyarli barcha davlat- lar o‘z mustaqilligini e’lon qildi. 1975-yili Portugaliyada inqilob yuz bergandan so‘ng uning mustamlakalari ham mustaqil davlatlar sifatida tashkil topdi.
Shu tariqa, 1990-yillarga kelib, Sahroyi Kabirdan janubda 40 dan oshiq siyosiy mustaqil davlatlar tashkil topdi. Ularning ko‘pchiligi o‘zlarini respublika deb e’lon qildi.
Afrika davlatlari muammolari. Mustamlakachilik rejimining ag‘da- rilishi va siyosiy hokimiyatning afrikaliklarga o‘tishini butun Afrika juda katta yutuq deb hisobladi. Ular o‘zlarining ulkan umidlarini mustaqillik bilan bog‘ladilar. Deyarli birdaniga hayot tubdan yax- shilanadi, degan ishonch keng tarqalgan edi. Bu quvonchli umidlarga aholining katta qismi singari soddadillik bilan bo‘lmasa-da, har qalay afrikalik liderlarning ham ko‘pchiligi ishonar edi.
Hayot yaxshilanib bordi. Afrikaliklar davlat apparatining barcha bo‘g‘inlarini, armiya, politsiyani o‘zlari shakllantira boshladi. Afri- kaliklar madaniyatining rivoji uchun keng imkoniyatlar paydo bo‘ldi. BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar ishida teng huquq bilan ishtirok etish, yangi davlatlar va ular fuqarolarining o‘zligini namoyon qi- lishida katta rol o‘ynadi.

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish