Tashqi siyosat. Jahonda yetakchilik mavqeyini egallab olgan AQSH Ikkinchi jahon urushidan keyingi dastlabki yillarda ikkita tamoyilning uyg‘unligiga asoslangan faol tashqi siyosat olib bordi. Birinchidan, AQSH kuch yordamida o‘zlariga ma’qul bo‘lmagan o‘zgarishlarga qar- shilik qildi. Ikkinchidan, qarshilik qilish mumkin bo‘lmagan hollarda ularga moslashib, bu o‘zgarishlardan saboq olishga intildi. SSSRda M.S. Gorbachyov boshchiligida yangi siyosiy rahbariyatning hokimiyatga kelishi bilan sovet — Amerika munosabatlarida jiddiy ijo- biy o‘zgarishlar boshlandi. Ayniqsa, Strategik hujum qurollarini chek- lash va qisqartirish to‘g‘risidagi shartnoma muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Boshqa ko‘plab sohalarda ham sovet — Amerika munosabatlari yaxshilandi. Shunday holat 1991-yil SSSR tarqalib ketgunga qadar davom etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |