Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi



Download 0,79 Mb.
bet7/12
Sana14.11.2019
Hajmi0,79 Mb.
#25948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
9 adabiyot 2019


Sana________________9-sinf adabiyot 31-dars

Dars mavzusi: Furqat. Musaddas. Kashmirda
Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish

2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilar ongida milliy g’ururni shakllantirish .

3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.



Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.



O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.

Darsning usuli: an’anaviy.

Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:

b) davomatni aniqlash:

v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)

b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

III.Yangi mavzu bayoni.

MUSADDAS

Sayding5 qo‘yaber, sayyod6, sayyora ekan mendek,

Ol domini7 bo‘ynidin, bechora ekan mendek,

O‘z yorini topmasdan ovora ekan mendek,

Iqboli nigun8, baxti ham qora ekan mendek,

Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek,

Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek,

Kes rishtanikim: qilsun chapaklar otub jasta,

Hajrida alam tortib, bo‘ldi jigari xasta.
Tog‘larg‘a chiqib bo‘lsun yori bilan payvasta,

Kel, qo‘yma balo domi birla oni pobasta,

Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek,

Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek.

Besh kun seni davringda bechora xirom1 etsun,

Ohular ila o‘ynab, ayshini mudom etsun,

Yomg‘ur suvi to‘lganda, tog‘ lolani jom etsun,

Haqqingg‘a duo aylab, umrini tamom etsun,

Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek,

Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek.

Tog‘da ochilib lola, yer sabza bahor o‘lsa,

Oxir bu nechuk bedod2, olam anga tor o‘lsa,

Chiqmay desa joyidan, uzlatda3 〰gor4 o‘lsa,

Gar chiqsa banogohi domiga duchor o‘lsa.

Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek,

Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek.

Bechorani zulm aylab, qo‘l, bo‘ynini bog‘labsan,

Har sori chekib-sudrab, o‘ldurgali chog‘labsan,

Ko‘ksini jafo birla lola kabi dog‘labsan,

Sot menga, agar qasding olg‘uvchi so‘roqlabsan,

Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek,

Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek.

Yo‘q hushi, pari tekkan devonag‘a o‘xshaydur,

Ko‘z yoshi yana to‘lgan paymonag‘a o‘xshaydur,

G‘am seli bilan ko‘ngli vayronag‘a o‘xshaydur,

Furqatda bu Sa’dullo hayronag‘a o‘xshaydur,

Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek,

Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek.



KASHMIRDA

Bir qamar siymoni ko‘rdim baldai Kashmirda,

Ko‘zlari mas’hur-u1 yuz jodu erur tasxirda2.

Zarra-zarra zar sochar boshig‘a har kun oftob,

Subh kelgach kecha yotib chashmai Iksirda3.

Bir ko‘rib chohi zaqan Horut ila Morut4 ikov,

Chohi Bobil ichra qolmishlar bo‘lak tadbirda.

Lam’ai5 quyg‘och ko‘zidin aning barqi nigoh,

Tezlik javharlari gar bo‘lsa har shamshirda.

Qoshi uzra xolining asroridin bir nuqtadur,

“Surayi Nun” o‘qudum payvasta har tafsirda.

Forig‘ ermas hech kim ul dilraboning ishqidin,

Zulfiga dilbastalig‘ har bir juvon-u pirda1.

Aytdim: “Ey jon ofati, zulfingga bo‘lmishman asir!”

Aydi: “Bu savdoni qo‘y, umring o‘tar zanjirda!”

“Nuqta lab ustida bejodur”, — dedim, aydi kulib:

“Sahv2 qilmish kotibi qudrat magar tahrirda”.

Aydi: “Ey bechora, qilding na uchun tarki vatan?”

Man dedim: “G‘urbatda Furqat bor ekan taqdirda!”
IV. Mustahkamlash. Savol va javoblar.

Lug’at bilan ishlash.

V. Uyga vazifa. G’azal yod olish

VI. Baholar tahlili

O’IBDO’ ___________



Sana________________9-sinf adabiyot 32-dars

DARS MAVZUSI: G’azalda badiiy tasvir vositasining o’rni

Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish

2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilar ongida milliy g’ururni shakllantirish .

3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.



O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.

Darsning usuli: an’anaviy.

Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:

b) davomatni aniqlash:

v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)

b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

III.Yangi mavzu bayoni.

Adabiyot san’at turlaridan biri ekanligidan xabardorsiz. Bu san’at turi haqidagi ilm adabiyotshunoslikdir. Quyi sin㰊ardan o‘tmish adiblarning eng sara, tanlangan vakillari ijodini aks ettiruvchi mumtoz adabiyot namunalari bilan tanishib kelmoqdasiz. Asosiy ijod shakli she’riyat bo‘lgan mumtoz adabiyotni ilmiy o‘rganadigan soha mumtoz adabiyotshunoslik deyiladi. Mumtoz ada biyotshunoslik uch qism — aruz ilmi, qo〰ya ilmi, badiiyat ilmi. Aruz she’rning vazni (o‘lchovi) haqida, ikkinchisi qo〰ya tuzilishi, ahamiyati, unsurlariga ko‘ra turlari to‘g‘risidagi bo‘lsa, oxirgisi ilmi badi’ deb ham ataladi. Ilmi badi’ arabcha birikma bo‘lib, chiroyli so‘zlash, nodir, ajoyib ifoda ilmi degani. Badiiy tasvir vositalarining she’r badiiyatini ta’minlashdagi o‘rnini tushunish uchun Atoyi gazallariga murojaat qilamiz:

Jamoling vasfini qildim chamanda,

Qizordi gul uyottin anjumanda.

Baytni tushunishni osonlashtirish uchun undagi gap bo‘laklarini odatdagi tartibga keltirib olamiz hamda misralarda ochiq ishtirok etmay, yashirin kelayotgan bo‘laklarni qavs ichida beramiz: (Men) chamanda jamoling vasfini — ta’rifini qildim, (shunda) anjuman, ya’ni chamanzordagi gul uyatdan qizarib ketdi.

Endi o‘ylab ko‘ring, oddiy til bilan aytganda, shoir nima demoqchi o‘zi? Bilib turganingizdek, u: “Mening yorim juda ham chiroyli”, — deyapti, xolos. Ana shu oddiy 〰krni shoirona badiiy ifodalamoqda. Tahlilda Siz xayolga, 〰krlaringizga erk bering, tasvirlangan lavhani, matnni kengaytirib oling. Yuqoridagi baytni quyidagicha sharhlash

mumkin: gullar yig‘ini — anjumanida bir gul: “Dunyoda eng go‘zal menman”, — deya maqtanardi. Buning ustiga kelib qolgan oshiq o‘z ma’shuqasini ta’rif qilgan edi, o‘zidan bir necha marta go‘zalroq jamol egasi borligini eshitgan gul maqtanchoqligidan sharmanda bo‘lib, qizar ib ketdi va shundan keyin dunyoda qizil gul paydo bo‘ldi. Ko‘rib turganingizdek, shoir gulni insonlardek jonli qilib tasvirlayapti. Demak, baytda jonlantirish san’ati qo‘llangan. Bu tasvir vositasi mumtoz adabiyot ilmida tashxis (shaxslantirish) san’ati deb ataladi. Yana bir holat. Dunyoda qizil gul paydo bo‘lishiga mazkur baytda aytilganidek, oshiqning chamanda ma’shuqa ta’rifini qilishiga aloqasi bormi? Yo‘q, albatta. Aslida, bu go‘zalgacha ham chamanzorda qizil gullar bor edi.

Shoir esa men sevgilimning ta’rifini ovoza qilganimdan keyin ulning uyalishidan borliqda qizil gul paydo bo‘ldi deydi. Yo‘q shoirona lutf bilan aloqadorlik tiklangan. Bu kabi bir narsa (tasvir, holat)ni unga aloqasi bo‘lmagan boshqa narsa bilan izohlash husni ta’lil (chiroyli dalillash) deyiladi.

Tamanno qilg‘ali la’lingni ko‘nglum,

Kishi bilmas onikim, qoldi qanda?

Avvalo, lug‘at yordamida notanish so‘zlar ma’nosi aniqlab olinadi: tamanno qilmoq — orzu qilmoq; la’l — lab, la’lning o‘zi qimmatbaho qizil toshdir; qanda — qayerda. Misralardagi gap bo‘laklarini odatdagi tartibga keltiramiz: Ko‘nglim la’l kabi qizil labingni orzu qilgan edi, (lekin hech bir) kishi labingning qayerda ekanligini bilmaydi.

O‘ylang-chi, shoir ma’shuqaning labi qayerda ekanligini hech kim ilmasligini aytish bilan nima demoqchi bo‘lyapti? Sharq mumtoz she’riyatida noziklik — go‘zallikning belgisi. Bu baytda “Yorning og‘zi juda ham tor”, — degan oddiygina fikr bildirilayapti. Lekin Atoyi uni shoirona tarzda yorning og‘zi shu qadar kichikki, kishi har qancha tikilsa ham labi qayerdaligini topa olmaydi shaklida ifodalamoqda. Yorning og‘zi tor degan ma’no bo‘rttirib, o‘ta kuchaytirib berilmoqda. Adabiyotshunoslikda juda bo‘rttirish yoki o‘ta kuchaytirib tasvirlash mubolag‘a deyiladi.

Solib borma meni, ey Yusufi husn,

Bu kun Ya’qubtek baytul hazanda.

Baytdagi “baytul hazan”ni arabchadan so‘zma-so‘z tarjima qilsak, “g‘am uyi” degan ma’noni anglatadi. Bu yerda kuchli iztirob, qayg‘u ma’nosi ifodalanmoqda. Baytda “Ey husni Yusuf (kabi yor), bukun sen meni Ya’qubdek qilib qayg‘u uyiga solib qo‘ymagin“ tarzidagi mazmun berilayotganini sezgan bo‘lsangiz kerak. Misralardagi Yusuf, Ya’qub obrazlari ishora qilayotgan ma’noni tushungan kishi baytni to‘la idrok eta oladi.

IV. Mustahkamlash. Savol va javob.

V. Uyga vazifa. 99-100-bet.

VI. Baholar tahlili


O’IBDO’ _________

Sana________________9-sinf adabiyot 33-dars

Dars mavzusi: 5-nazorat ishi. G’azal shaydosiman. Insho va uning tahlili


Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: Oquvchilar savodxonligini oshirish.

2. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilar ongida she’riyatga muhabbat uyg’otish.

3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.



Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.



O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.

Darsning usuli: yozma nazorat, suhbat

Darsning jihozi: darslik, adib kitoblari.

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:

b) davomatni aniqlash:

II. Yangi mavzu bayoni.


__


Sana________________9-sinf adabiyot 34-DARS
Dars mavzusi: Insho tahlili
Darsning maqsadi:

ilmiy maqsad — o'quvchilarni xatolar ustida ishlashga o'rgatish;

tarbiyaviy maqsad - o'quvchilarda o'z harakatiga tanqidiy qarash tuyg'usini tarbiyalash;

rivojlantiruvchi maqsad - og'zaki va yozma savodxonlikni o'stirish.



Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.



O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.

Imlo xatolar ustida ishlash.

Uslubiy xatolar ustida ishlash.

Ishoraviy xatolar ustida ishlash.

O'quvchilarga daftarlarni tarqatib, xatolari bilan tanishib chiqish topshiriladi. So'ng o'qituvchi avvaldan umumlashtirib qo'ygan tipik xatolarga oid lug'at diktant o'tkazadi. Lug'at diktantda o'quvchilarning bayonida uchragan imlo xatoga oid qoidalar mustahkamlanishi mumkin bo'lgan so'zlar tanlanadi. O'qituvchi matnni ko'chma taxtada avvaldan tayyorlab qo'yadi. O'quvchilar ana shu matnga qarab xatolarni tuzatadilar. Bu keyinchalik ana shunday imlo xatolarining takrorlanmasligiga asos bo'ladi.

Imlo xatolar ustida ishlab bo’lingach, o'quvchilar bayonida uchragan uslubiy xatolar va ularning sabablari o'quvchilarga tushuntiriladi. Tegishli nazariy qoidalar takrorlanadi.

Ishoraviy xatolar ustida ishlashda o'quvchilar qaysi ishoraga oid xato qilgan bo’lsa, o'sha ishoraning ishlatilishi bilan bog'liq bo'lgan nazariy qoidalar takrorlanadi.



Uyga vazifa. Takrorlash

O’IBDO’ ___________



Sana________________9-sinf adabiyot 35-dars

DARS MAVZUSI: Takrorlash

Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish

2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga axloqiy tarbiya berish .

3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.



O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.

Darsning usuli: an’anaviy.

Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:

b) davomatni aniqlash:

v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)

b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

III. Yangi mavzu bayoni

Millat baxti uchun kuyib-yongan Qodiriy Oktabr o‘zgarishlaridan keyin qator sho‘ro idoralarida xizmat qildi. Jumladan, 1918- yilda Eski shahar oziq komiteti sarkotibi etib tayinlandi. Jurnalistika bilan faol shug‘ullandi. Bu hol unga yangi hayotni ichdan bilish, uning og‘riqli, sog‘lom aqlga to‘g‘ri kelmaydigan, xalqimiz manfaatlariga zid keladigan jihatlarini bevosita ko‘rish im­konini berdi.

Har qanday ishda bo‘lgani singari asarlarini yozishga ham g‘oyat puxta tayyorgarlik ko‘radigan yozuvchi 1917 — 1918- yillardan boshlab asosiy asari bo‘lmish «O‘tkan kunlar» romani uchun material yig‘ishga kirishdi. U xalqning hayoti, ahvoli-ruhiyasini yirik badiiy asarda tasvirlash zaruriyatini his etardi. O‘zbekning qanday xalq ekanligini ko‘rsatib beradigan katta hajmli asarga ulkan ehtiyoj borligini sezardi. Adib romanni 1919- yildan yoza boshladi. 1922-yilda birinchi o‘zbek romanining dastlabki boblari «Inqilob» jurnalida chop etildi. 1925- yilda romanning bo‘limlari alohida-alohida uch kitob tarzida, 1926- yilda esa «O‘tkan kunlar» yaxlit asar sifatida bosilib chiqdi. 1928- yil­da adibning ikkinchi romani «Mehrobdan chayon» nashr etildi. 1934- yilda kolxozlashtirish tufayli o‘zbeklar hayotida ro‘y bergan o‘zgarishlarni aks ettiradigan «Obid ketmon» qissasini yozdi. Bulardan tashqari, adib necha o‘nlab publitsistik maqolalar, badiiy saviyasi baland hikoyalar ham yaratdi. Qodiriy «Amir Umarxonning kanizagi», «Namoz o‘g‘ri», «Dahshat» singari romanlar yozmoqchi bo‘lib, materiallar to‘plagani haqida ma’lumotlar bor. Ammo qonsiragan sho‘rolar tuzumi adibning bu rejalari amalga oshuviga qo‘ymadi.

Haq gapni hayiqmay aytadigan, millatiga o‘zini tanitayotgan, uning g‘ururini uyg‘otayotgan yozuvchi o‘lkamizni egallab olgan bosqinchilar va ularning mahalliy yugurdaklariga yoqmasligi tayin edi. Shu bois qisqagina umri mobaynida A. Qodiriyga bir necha bor chovut solishdi. 1926- yildayoq «Mushtum» jurnalining uchinchi sonida bosilgan «Yig‘indi gaplar» maqolasi uchun adib «...aksil inqilobiy maqsadda sho‘ro rahbarlarini matbuot orqali obro‘sizlantirdi» degan ayb bilan qamoqqa olindi. Qodiriy o‘ziga qo‘yilayotgan ayblar asossiz va uydirma ekanligini, maqolasida xolis tanqid va samimiy hazil qilganligini kuchli mantiq bilan isbotladi. Qamoqdagi adolatsizlikka qarshi ochlik e’lon qildi. Uzoq cho‘zilgan tergovda ham, sud jarayonida ham pastkash soxta guvohlarni, hukmron siyosatga til tekkizganligi bilan cho‘chitmoqchi bo‘lgan yuzsiz kimsalarni ayamay fosh etdi. O‘z qarashlaridan qaytmay, ijod-korlik va insonlik sha’nini mardona himoya qildi. Uning: «Men to‘g‘rilik orqasida bosh ketsa, «ih» deydirgan yigit emasman»,— degan gapi adib shaxsiyatiga xos xususiyatlarni to‘liq aks ettiradi. O‘sha vaqtdagi Respublika Oliy sudi yetarli asos bo‘lmasa ham Abdulla Qodiriyni ikki yil ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqardi. Lekin dalillarning uydirmaligi ko‘rinib turgani uchun ham o‘zbekning eng mashhur adibini qamoqqa tiqishga jur’at etishmadi. Bu sud orqali sho‘rolar yozuvchini o‘ziga xos yo‘sinda «ogohlantirdi». Lekin adib bu ogohlantirishdan «to‘g‘ri» xulosa chiqarmadi, ya’ni haqiqatga xiyonat qilmadi.

O‘z asarlari bilan nafaqat O‘zbekiston, balki butun Turkiston xalqlari ma’naviyati ravnaqiga hissa qo‘shgan adibni 1937-yilning 31-dekabrida yangi yil kechasi ikkinchi bor olib ketishdi. Bu davrda Stalin boshqarib turgan qatag‘on mashinasi shitob bilan ishlar va uning yaxshi yurmog‘i uchun yangidan-yangi qurbonlar zarur edi. Adolatning ko‘chasidan ham o‘tmagan hukumatning uch-lik sudi 1938- yilning 5- oktabrida XX asr o‘zbek nasrining eng yirik vakilini, asrimizdagi o‘zbeklarning eng fidoyilaridan birini o‘limga hukm qildi. Dahshatli jihati shundaki, hukm 4- oktabrda, ya’ni hukm chiqishidan bir kun oldin ijro etilgan edi. Qotillar o‘zbekning chin iste’dodlarini yo‘qotishga shoshilishgandi.

IV. Mustahkamlash.
V. Uyga vazifa. Test tuzish.

VI. Baholar tahlili.

O’IBDO’ ___________

Sana_______________ 9-sinf adabiyot 36-dars

Dars mavzusi: Imom al-Buxoriy hayoti va ijodi

Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish

2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga nafosat tarbiyasini berish .

3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.



O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.

Darsning usuli: an’anaviy, bahs-munozara

Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:

b) davomatni aniqlash:

v) she’riy daqiqa.

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)

b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

III. Yangi mavzu bayoni

Biz, o‘zbeklar, dunyo ahliga ilm-u ma’rifat, iymon, e’tiqod sabog‘ini ulashgan buyuk ajdodlarning vorislarimiz. Bunday buyuklik asosi, hech shubhasiz, muqaddas dinimizdir. “Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da’vat etadi. Markaziy Osiyo Uyg‘onish davrining ko‘plab yorqin namoyandalari islom va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan bebaho hissasini alohida qayd etmoqchiman. Ana shunday buyuk allomalarimizdan biri Imom Buxoriy o‘z ahamiyatiga ko‘ra islom dinida Qur’oni karimdan keyingi muqaddas kitob hisoblangan “Sahihi Buxoriy”ning muallifi sifatida butun dunyoda tan olingan. Bu ulug‘ zotning boy merosini asrab-avaylash va o‘rganish, ma’rifiy islom to‘g‘risidagi ta’limotini keng yoyish maqsadida biz Samarqand shahrida Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildik. Toshkentda tashkil etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati ham shu maqsadga xizmat qiladi”1.

Yurtboshimiz faxr bilan tilga olgan bu zot butun islom dunyosidagi eng nufuzli manbalar deb tan olingan oltita ishonchli ha dislar to‘plami (as-sihoh as-sitta)ning mualliėaridan biri, aniqrog‘i, boshqa muhaddislar ustozi, imomidir. Uning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mug‘iyra ibn Bardazbeh al-Juafiy al-Buxoriy bo‘lib, u hijriy hisobda 194- yil shavvol oyi ning 13-kuni (810- yil 20- iyul)da Buxoro shahrida tug‘ilgan. Boshqa ko‘pgina olimlardan farqli o‘laroq al-Buxoriy tug‘ilgan sana aniq ko‘rsatilishiga sabab shuki, uning otasi Ismoil o‘z davrining ilmli odamlaridan bo‘lib, o‘g‘lining tug‘ilgan kunini o‘z qo‘li bilan yozib ketgan qog‘oz zamon dosh olimlar ixtiyoriga yetgan va shu xususda ham uning aniqligiga hech shubha yo‘q. Al-Buxoriy yoshligidayoq otasi vafot etib, onasi tarbiyasida o‘sgan. U yoshligidan aql-idrokli, o‘tkir zehnli va ma’rifatga havasi kuchli bo‘lib, turli ilm-fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini zo‘r qiziqish bilan egallaydi.

Manbalarda ko‘rsatilishicha, u o‘n yoshidan boshlab o‘z yurtidagi turli rivoyatchilardan eshitgan hadislarni, shu ningdek, Abdulloh ibn al-Muborak va Vakiy kabi olimlarning hadis to‘plamlarini mutolaa qilib, yodlagan, ustozi Shayx Doxiliy bilan hadis rivoyatchilari haqidagi qizg‘in bahslarda qatnashgan. 825- yili o‘n olti yashar al-Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Hijozga qarab yo‘l tutadi, muqaddas shaharlar Makka va Madinani ziyorat qiladi. Olti yil Hijozda yashab, hadis ilmi dan o‘z bilimini yanada oshirish maqsadida o‘sha paytda ilm-fanning yirik markazlaridan hisoblangan Damashq, Qohira, Basra, Kufa, Bag‘dod kabi shaharlarda yashaydi. U joylardagi mashhur olimlar-dan hadis bilan bir qatorda fiqh ilmidan ham ta’lim oladi, yirik olimlar davrasida il miy bahslar-u munozaralarda qatnashadi va ilm toliblariga dars ham beradi. Imom al-Buxoriy hayotining ko‘p qismi xorijiy ellarda, musofirchilikda o‘tadi.

Yana bir vatandoshimiz termizlik mashhur muhaddis Abu Iso at-Termiziy al-Buxoriyga ham shogird, ham safdosh hisobla nib, ularning o‘zaro munosabatlari ibratli bo‘lgan. Uzoq yillar Sharqning turli-tuman mamlakatlariga safar qilgandan keyin umrining oxirlarida al-Buxoriy besh (863–868) yil Nishopurda ya shab, madrasada hadis ilmidan dars bergan. O‘sha paytda Nishopur musulmon Sharqidagi eng yirik ilmiy markazlardan biriga aylanganligi sababli ko‘p mashhur

olimlar shu shaharda to‘plangan edilar. Al-Buxoriyning at-Termiziy bilan uchrashuvi ham Nishopurda yuz berib, diyorimizdan chiqqan ikki mashhur muhaddis o‘rtasida unutilmas, qizg‘in ilmiy bahslar, ko‘pdanko‘p ijodiy, do‘stona uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. At-Termiziyning yozishicha, u o‘z asarlari uchun ko‘p ma’lumotlarni al-Buxoriy bilan uchrashuvlaridan olgan. Shu bilan birga al-Buxoriy ham at-Termiziyning bilimini yuqori baholab: “Men sendan ko‘rgan foyda sen mendan ko‘rgan foydadan ortiqroq”, deb unga nisbatan chuqur hurmatini bildirgan. At-Termiziy o‘z ustozi va safdoshi al-Buxoriyni butun umri davomida hurmatlab, unga samimiy sadoqatda bo‘lgan. Arab tarixchisi Shamsuddin az-Zahabiyning “Tazkirat ul-Hufoz” (“Hofizlar haqida tazkira”) nomli asarida yozishicha, at-Termiziy o‘z ustozining vafoti tufayli qattiq qayg‘uga botib “ko‘p yig‘laganidan hatto ko‘zlari ko‘r bo‘lib qolib, uzoq yillar ko‘zi ojiz holda yashadi”.

Imom al-Buxoriy nafaqat yirik olim, balki o‘zining go‘zal xulq-atvori, odamoxunligi, muruvvatliligi, himmatliligi va beqiyos saxovatliligi bilan boshqalardan tamomila ajralib turgan. U zehni o‘tkirligi va yodlash qobiliyatining kuchliligi bilan ham xalq orasida g‘oyat shuhrat qo-

zongan. Manbalarda al-Buxoriyning 600 mingga yaqin hadisni yod bilgani qayd qilingan.

Imom al-Buxoriy xorijdan qaytgach, o‘z vatani Buxoroda ko‘plab shogirdlar va ulamolarga hadis ilmidan saboq berish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Ko‘pchilik uni hurmat qilgan, ammo ba’zi hasadgo‘y, qora niyatli kishilar al-Buxoriyni ko‘rolmas edilar. Natijada, hasadgo‘ylar-ning xatti-harakati tufayli Buxoro amiri Xolid ibn Ahmad az-Zuhaliy bilan al-Buxoriyning aloqasi buzilib qoladi. Bunga sabab shuki, amir olimdan huzuriga kelib “Al-jome’ as-sahih”, “At-ta’rix” kitoblarini o‘qib berishni talab qiladi. Lekin al-Buxoriy “Men ilmni xor qilib, uni hokimlar eshigi oldiga olib bormayman, kimga ilm kerak bo‘lsa, o‘zi izlasin. Lekin Alloh oxir at kuni ilmni yashirmay uni toliblarga sarf qilgani uchun meni kechiradi”, degan javobni aytadi. Amirga javob yoqmay, 뛨tnachi, bo‘htonkor shaxslarning gapiga kirib al-Buxoriyga shaharni tark etishni buyuradi. Shundan keyin al-Buxoriy Samarqandga qarab yo‘l oladi


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish