I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:
b) davomatni aniqlash:
v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)
III. Yangi mavzu bayoni.
Ushbu g‘azal o‘zbek mumtoz adabiyotidagi eng mashhur asarlardan biri sanaladi. Bu g‘azal matni bilan kuylanadigan qo‘shiqni tinglagansiz, albatta. Unda yorning cheksiz go‘zalligi ta’riᵺanadi, li rik qahramonning ishqdagi o‘rtanishligi tasvirlanadi. G‘azalning birinchi baytidayoq Ogahiyning an’ana zaminida badiiy kashɘyotga erishish iste’dodi namoyon bo‘ladi:
Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod ustina,
Qatlim uchun “nas” kelturur “nun” eltibon “sod” ustina.
Matla’da ma’shuqaning qoshi va ko‘zi ta’rif etilmoqda. “Mushkin” so‘zi ham qoralik, ham xushbo‘ylikni ifodalaydi. “Mushkin (qora va xushbo‘y) qosh” tuklari, “chashmi jallod” – jallod ko‘zlar ustida hay’at a’zolaridek saf tortishgan. Ko‘zning qatl etuvchi, jon oluvchi jallod sifatida tasvirlanishi an’anaviy holat. “Mushkin qosh” iborasi ham an’anaviy. Biroq mushkin qosh tuklarining hay’at sifatida jonlantirilishi va jallod ko‘zlar bilan ittifoq tuzdirilishi Ogahiyning ijodiy kashfiyotidir. Kashɘyotning qiyomiga yetgan hosilasi shundaki, qoshlar ko‘zlar bilan ittifoq tuzib, oshiqni qatl etish uchun hukm chiqaradilar. Buning badiiy ifodasi ham juda maroqli. Bunda shoir harfiy o‘yinlar san’atidan foydalanadi. Qoshning “nun” harfiga qiyoslanishi, ko‘zning esa “sod” harɘga taqqoslanishi ham adabiy an’ana. Lekin kamdan-kam san’atkor ushbu an’anani uddalab, amalga oshirolgan. Boz ustiga, Ogahiy qosh va ko‘zning ittifoqini ifodalash uchun ularni (“nun” eltibon “sod” ustina) ostin-ustin joylashtiradi. Aslida ham qosh bilan ko‘z shunday joylashgan, hamjihat birikuvidan “nas” so‘zi vujudga keladi. Arabcha bu so‘z “hukm” degan ma’noni anglatadi. Baytning g‘azalxon uchun sirli va sehrli jihati ham shunda. Demak, qoshlar hay’ati jallod ko‘zga oshiqni qatl etish to‘g‘risida shafqatsiz hukm chiqarib beradi.
Ikkinchi baytning birinchi misrasida an’anaviy tasvir va ifodalar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Lekin shoir an’anaviy sifatlashlar bilan cheklanib qolmaydi. U o‘xshatish uchun seviklining bo‘yi bilan yuzidek yaxlit go‘zallikni tabiatdan topolmaydi. Shuning uchun bog‘dorchilikdagi “payvand” usulini g‘azalga olib kiradi. Gul – yorning yuzidek yoniq va chiroyli, lekin unda shamshod daraxtidagidek ko‘rkam qomat yo‘q. Shamshod – qishin-yozin, umrbod yam-yashil
yashnab turadigan xushqomat daraxt. Biroq unda yorning gulgun chehrasidek gul ochimaydi. Tabiatda gulni shamshodga payvand etib ham bo‘lmaydi. Yorning qaddi shamshod va yuzining gul kabi eknligi va ular bir vujudda mujassamligini o‘quvchi ko‘zi oldida gavdalantirish kerak. Shunda shoir tasavvur qudratidan foydalanadi va g‘azal-xonga: “Agar shamshodning ustiga gul payvand bo‘lganini ko‘rmagan bo‘lsang, bunday mo‘jizani tabiatdan izlamay ham qo‘yaqolgin-da,
yorning zebo qomatiga yarashiq gulgun yuzini tomosha qil!” deya murojaat etadi.
Yuqoridagi baytlar, asosan, yor go‘zalligini vasf etishga qaratilgan bo‘lsa, quyidagi 3-, 4-, 5-, 6-baytlar izhor uslubida bitilgan. Ularda lirik qahramon kechinmalari ifodalangan. E’tibor bergan bo‘lsangiz, bu baytlarning bari mubolag‘a san’ati bilan sug‘orilgan. Oshiqning faryod-u ɘg‘on chekishicha, ma’shuqning noz-u adov-u g‘amzasi bir odamzodning bardosh va saboti yetmaydigan darajada qasd etib, uning ustiga dam-badam ofat yog‘diradi. Birinchi baytdagi qatlga farmon olgan qotil ko‘z yana jonlanadi, oshiqn ing xasta joniga tahlika solib, zulm ustiga zulm etadi. Boyagi gul yuz o‘zining shavqi bilan shaydo ko‘ngulni o‘rtaydi va u kecha-yu kunduz bulbul kabi yuz navo, ming faryod chekadi. Mubolag‘a misrama-misra kuchayib, oliy darajaga ko‘tariladi.
Besutun – Farhod qazigan afsonaviy tog‘. Ogahiy lirik qahramoni chekkan g‘am yuklari shu qadar og‘irki, agar falak Farhodning ustiga yana ming Besutun yog‘dirsa ham, oshiq chekayotgan g‘am yukining mingdan biricha bo‘lmaydi.
G‘azalning 7-, 8-baytlarida oshiqona kechinmalar izhoridan chekiniladi. Falsaɘy umumlashma ruhidagi baytlar bitiladi. Ular birinchi baytdan kam bo‘lmagan shohbayt darajasida vujudga kelgan.
Bu o‘rindagi shohga murojaatni Ogahiyning davr hukmdoriga qarata qo‘llagan. Ogahiyning yuqoridagi satrlarda tasvirlangan ma’shuqadan chekkan sitamlari, muayyan darajada, davrdan tortgan sitamlari timsoli ham edi. Demak, tushunish mumkinki, shoir izhori dard vositasida ko‘nglini bo‘shatib olgach, shohni adolatga chorlab, unga purhikmat pand aytadi
IV. Mavzuni mustahkamlash. Savol va javob.
1. “Qotig‘roq kelmadi hargiz jahong‘a ushbu qishdin qish”
misrasida ham qoɘya, ham radif bo‘lib kelayotgan “qish” so‘ziga
qanday badiiy vazifa yuklanganligini tushuntiring.
2. Ikkinchi baytda qishdagi nochor odamning holati berilgan tasvirni
izohlang.
3. Ushbu she’rni yozishdan Ogahiy qanday maqsadni ko‘zlagan deb
o‘ylaysiz?
V. Uyga vazifa. G’azal yod olish.
VI. Baholar tahlili.
O’IBDO’ ___________
28-dars.Test sinovi
Sana______________9-sinf adabiyot 28-dars
Dars mavzusi: Lirika haqida
Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish
2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga vatanparvarlik tarbiyasini berish .
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.
Darsning usuli: an’anaviy.
Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:
b) davomatni aniqlash:
v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)
III. Yangi mavzu bayoni.
LIRIKA HAQIDA
Lirika – badiiy adabiyotning uch asosiy turlaridan biri. Bu atama yunoncha “lira” so‘zidan olingan. Lira musiqa asbobi bo‘lib, qadimda she’rlar uning jo‘rligida aytilgan. Epik va dramatik turdan farqli o‘laroq lirika voqelikni emas, balki inson ichki olamining suratlari bo‘lgan ruhiy kechinma, his-tuyg‘ularni tasvirlaydi. Ayni paytda bu turdagi asarlarning yaratilishida hayot hodisalarining ham o‘rni borligini ta’kidlash zarur. Negaki, odam ning tuyg‘ulari o‘z-o‘zidan qo‘zg‘olib, harakatga kelavermaydi. Unga ijtimoiy, siyosiy, maishiy yoki tabiiy hodisalar sabab bo‘ladi. Odam bekorga xursand bo‘lmagani kabi behudaga iztirob chekavermaydi. Hodisalar ruhiyatda kechinmalarga sabab bo‘ladi, sabablar tuyg‘ularni ifodalashga turtki beradi va buning natijasida shoirlarning ong-u shuurida she’r tug‘iladi.
Lirik asarlar, ya’ni she’riyatning qator o‘ziga xos xususiyatlari bor. Avvalo, lirik asarlar asosan she’riy shaklda yoziladi. She’riy shakl deyilganda, vaznga solinishi, qo〰yalanishi, ma’lum satrlar yig‘indisi bo‘lmish bandlardan iborat bo‘lishi nazarda tutiladi. O‘zbek she’riyatida barmoq, aruz, erkin (sarbast) vaznlari keng qo‘llab kelinmoqda. Ikkinchisi, eng asosiysi, unda insonning ruhiy holat va kechinmalari qalamga olinadi. Uchinchisi, ko‘p hollarda poetik maqsad talabi bilan inversiya (gap bo‘laklarining o‘zgargan tartibi)ga murojaat qilinadi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, shoirlarning ijodiy izlanishlari natijasi o‘laroq XX asr boshlaridan adabiyotimizda nasrdagi she’rlar (nasr dagi nazmlar, mansuralar) paydo bo‘ldi. Bunday she’rlar Fitrat, Oybek, Mirtemir, Omon Muxtor, Omon Matjon, Ibrohim G‘afurov kabi shoirlar ijodida uchraydi.
Lirik tur o‘z ichida janrlarga bo‘linadi. Janr ma’lum bir she’riy shaklni ifodalaydi. Masalan, mumtoz adabiyotda lirik turning g‘azal, ruboiy, tuyuq, masnaviy, murabba’, muxammas, tarje’band kabi bir necha shakllari, ya’ni janrlari bo‘lsa, boshqa xalqlar she’riyatida sonet, oda, elegiya, oktava, xokku kabi janrlarni uchratamiz.
She’riy asarni baholashda unda nima va qanday aytilayotgani g‘oyat muhim sanaladi. Buni quyidagi bayt tahlili bilan tushuntiramiz:
Keltursa yuz baloni o‘shal bevafo manga,
Kelsun, yuzumni evursam, balo manga. (Bobur)
Baytda lirik asarga xos barcha xususiyatlar jamlangan. She’riy shaklda, ya’ni vaznga solingan (aruz o‘lchovida), qo〰yalangan (bevafo – balo). Shuningdek, “keltursa” fe’li sintaktik vazifasiga ko‘ra kesim bo‘lib kelayotgan bo‘lsa ham, gapning oxirida emas, boshida kelmoqda. Ega va boshqa bo‘laklar undan keyin joylashgan, demak, inversiya bor.
Voqelik – lirik qahramonning ishqqa giriftor bo‘lishi va ma’shuqaning bevafoligi. Lekin she’rda mazkur holatni bayon qil ish asosiy maqsad emas, balki ishq tufayli oshiq boshiga tushgan ichki iztiroblarni tasvirlash muhim. Ma’shuqaning bevafoligi tufayli oshiq ichki qiynoqlar girdobida qoladi (yuz balo boshiga kelayotgan oshiq holatini tasavvur qiling). Ko‘rayotgan shuncha jafosiga qaramay oshiqning kechinmalari – ko‘ngilda bergan qarori o‘zgacha. Jafo qiluvchiga (yorga) gina-kudurat qilmaydi, yozg‘irmaydi, undan voz kechmaydi, aksincha, u keltirayotgan balolarga quchoq ochadi. Sababi oddiy: suyuklidan kelayotgan azoblar ham sevimli. Bu, yuqorida ta’kidlanganidek, nimani aytilayotgani.
Endi, shu kechinma va tuyg‘ular qanday aytayotganiga e’tibor qaratamiz. Birinchi va ikkinchi misralardagi “yuz” so‘zlari omonim (yuz soni va inson tanasining qismi) bo‘lib, ularning qo‘llanilishi tajnis san’atini yuzaga keltirmoqda. Ikkinchi misradagi “yuz” so‘zini ikki ma’noda tushunish mumkin: birinchisi, yordan kelayotgan balolardan yuzimni o‘girsam, menga balolar bo‘lsin ma’nosida. Ikkinchisi, birinchi misradagi “yuz balo” iborasidagi “yuz”ni ayirsam, menga qolgani balo bo‘ladi ma’nosida.
Keyingi “yuz” bir o‘rinda qo‘sh ma’noni berayotgani iyhom san’atini hosil qilmoqda. Ayni paytda baytni yaxlit holda a) to‘rtta gapdan; b) uchta gapdan iborat murakkab qo‘shma gaplar tarzida tahlil qilsa bo‘ladi. To‘rtta gap tarzidagi tahlili: 1) o‘sha bevafo menga yuz baloni keltirsa; 2) kelsin, ya’ni o‘sha balolar kelaversin (to‘liqsiz gap); 3) agar balolardan yuzimni o‘girsam (nomustaqil kesimli gap); 4) balo manga bo‘lsin. Uchta gap tarzidagi tahlili: 1) o‘sha bevafo menga yuz baloni keltirsa; 2) agar ulardan yuzimni o‘girsam; 3) menga balo kelsin. Ikkinchi misra boshidagi “kelsun” misra oxiridagi ega va to‘ldiruvchidan iborat “balo manga” uchun kesim vazifasini o‘tamoqda.
Ko‘rinadiki, lirikada nimaning qanday aytilayotganini tahlil qilish uning san’at asari sifatidagi qimmatini, o‘ziga xos badiiyatini, shuningdek, shoir mahoratini ochishning omili bo‘lib xizmat qiladi.
IV. Mavzuni mustahkamlash. Savol va javob.
V. Uyga vazifa. G’azal yod olish.
VI. Baholar tahlili
O’IBDO’ ___________
Sana________________9-sinf adabiyot 29-dars
Dars mavzusi: ZOKIRJON XOLMUHAMMAD O‘G‘LI FURQAT
(1859 - 1909)
Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish
2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilar ongida milliy g’ururni shakllantirish .
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.
Darsning usuli: an’anaviy.
Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:
b) davomatni aniqlash:
v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)
III. Yangi mavzu bayoni
Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat o‘zining lirik she’riyati bilan adabiyotimiz xazinasini boyitgan, ma’rifatchilik adabiyotining darg‘alaridan biri bo‘lgan hamda o‘zbek publitsistikasiga tamal toshlarini qo‘ygan zabardast ijodkordir. Shoir 1859- yilda Qo‘qonda savdogar oilasida tug‘ilgan. Otasi Mulla Xolmuhammad she’riyatga oshno, badiiy ijodga moyil kishi edi. Bo‘lajak shoir dastlabki ta’limni mahallasidagi maktabda oladi. Bir yilga yetmay “Haftiyak” va “Chor kitob”ni o‘qib tugatadi. Sakkiz yoshida Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” dostonini yod oladi, sal o‘tib, Navoiy mutolaasiga tutinadi. Kichik yoshidan qalam tutib, she’r mashq qila boshlaydi. Keyinchalik o‘zining eslashicha, husnixat ta’limini bolaligidanoq puxta egallagan Zokirjon quyidagi baytni to‘qqiz yoshida yozgan ekan: “Mening maktab aro buldur murodim, Xatimdek chiqsa imlo-yu savodim”.
Favqulodda iste’dod egasi, tabiatan tirishqoq va izlanuvchan Zokirjon o‘n to‘rt yoshida madrasa talabasi bo‘ladi. Ruslar istilosi tufayli Qo‘qon xonligi tugatilib, madrasalar yopiladi. O‘qishi nihoyasiga yetmay qolgan bo‘lajak shoir 1879- yilda Yangi Marg‘ilon (hozirgi Farg‘ona)ga do‘kondor tog‘asi huzuriga boradi. Uning qo‘lida bir muddat ishlab, so‘ng o‘zining mustaqil do‘konini ochadi. Shu bilan birga muallimdan dars olib, bilimini takomilga yetkazadi va tez orada o‘zi ham boshqalarga dars bera boshlaydi. Husnixat sohibi bo‘lganligi uchun mirzalik, xattotlik ham qiladi. Lekin eng sevimli mashg‘uloti badiiy ijod edi. Mutaxassislar fikricha, Yangi Marg‘ilonda ekanligidayoq yozgan she’rlarida u “Furqat” taxallusini qo‘llagan.
1880- yilda otasining qistovi bilan Qo‘qonga qaytadi va butun iste’dodi, bor kuchini ijodga yo‘naltiradi. She’rlari adabiyot ixlos mandlari orasida shuhrat qozonadi. Muqimiydek zabardast shoir uning g‘azallariga muxammas bog‘lagani Furqatning ijod ahli orasida ham e’tirof topganligidan darak beradi. Furqat shu davrda “Hammomi xa yol” nomli risola yozadi. Sharqda mashhur bo‘lib kelgan “Chor darvesh” asarini fors tilidan o‘zbek tiliga o‘giradi. Shuningdek, “Nuh manzar” nomli she’riy kitob yaratadi. Biroq bu uch asar bizgacha yetib kelmagan. Yigitlik shijoatini ijodga yo‘naltirgan shoir she’rlarini to‘plab devon tuzadi. Furqat kabi ijodining dastlabki davrida ya’ni, 21—22 yoshida devon tartib bergan shoirni o‘zbek kitobxoni ko‘rgan emas edi.
Furqat 1890—1891- yillarda Toshkentda yashaydi. Bu yerda u Toshkent erlar gimnaziyasi direktori, “Turkiston viloyatining gazeti” muharriri Nikolay Ostroumov bilan tanishadi. Bu tanishuvdan so‘ng Furqat shu gazetaga tarjimon bo‘lib ishga kiradi va shundan uning jurnalistlik, publitsistlik faoliyati ham boshlanadi, deyish mumkin.
1891- yilning sentyabrida Furqat Samarqandga yo‘l oladi. Xat orqali tanishgan do‘sti savdogar va etnograf olim Mirzo Buxoriy huzurida bo‘ladi. Iyul oyida Buxoroga borib, Kogondan poezdga o‘tirib, Marv, Ashxabod, Boku, Botumi orqali Istanbulga keladi. Bu yerda bir muddat yashagan shoir butun vujudi bilan ijodga berilgandi. 1892- yilda Iskandariya, Misr, Shom, Makka va Madina bo‘ylab sayohatda bo‘lgan Furqat sentyabr oyida Hindistonning Bombay shahrida edi. 1893- yilning bahorida Kashmir, Tibet va Xo‘tan orqali Yorkentga keladi va umrining oxirigacha shu yerda yashab qoladi.
Furqat Qashqardagi Rusiya musulmon idorasida kotib bo‘lib ishlaydi. Ilmi nujum, tabobat bilan shug‘ullanadi. Ra’no ismli ayolga uylanib, farzandlar ko‘radi. U to 1906- yilgacha Turkiston bilan, “Turkiston viloyatining gazeti” bilan aloqani uzmaydi.
Furqat 1909- yilning kuzida vatandan yiroqda vafot etadi.
IV. Mustahkamlash. Savol va javoblar.
1. Furqat umr yo‘lining qaysi jihatlari uning ijodida aks etganligini
so‘zlang.
2. Shoirning ma’rifatchilik yo‘nalishidagi asarlari vujudga kelishi
omillarini ayting.
3. Furqat she’riyatidagi g‘urbat tushunchasi qanday ma’nolarni
anglatishi to‘g‘risida 〰krlaringizni bildiring.
V. Uyga vazifa. 91-94-betlar
VI. Baholar tahlili
O’IBDO’ ___________
Sana________________9-sinf adabiyot 30-dars
Dars mavzusi: Furqat g’azallari
Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish
2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilar ongida milliy g’ururni shakllantirish .
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.
Darsning usuli: an’anaviy.
Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:
b) davomatni aniqlash:
v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)
III.Yangi mavzu bayoni.
G‘AzALLAR
Fasli navbahor o‘ldi ketibon zimistonlar,
Do‘stlar, g‘animatdur, sayr eting gulistonlar.
Subhidam tushib shabnam, bo‘ldi sabzalar xurram,
Gul uza tomib kam-kam, yog‘di abri naysonlar1.
Nastaran1 yuvib yuzni, yosuman2 tuzib o‘zni,
Nargis ochibon ko‘zni intizori yoronlar.
Bir sahar edim uyg‘oq: o‘t tutoshti olamg‘a,
Tog‘lar chekib larza, titradi biyobonlar3.
Qumrilar qilib ku-ku, bulbul aylabon chah-chah,
Sarv-u gul uza doim tortar oh-u afg‘onlar.
Bulbul o‘qug‘och yig‘lab subhidam xazon faslin,
G‘uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar4.
Kechtilar vafo ahli qolmayin tutib savsan5,
Kiydi ko‘k qilib sunbul zul捯ni parishonlar.
Kuymasun bu savdoda ne uchun dimog‘imkim,
Ranj-u g‘ussada dono, kechsa shod nodonlar.
* * *
Furqatning „Fasli navbahor o‘ldi, ketibon zimistonlar“ g‘azali – tabiat lirikasining namunasi. Unda ko‘klam kelishi bilan tabiatda ro‘y berayotgan go‘zal o‘zgarishlarni g‘oyat sinchiklab kuzatgan shoirning qalb kechinmalari aks etgan. Birinchi baytda shoir bahor kelib, zimistonlar ketgan ekan, do‘stlarini g‘animat bu damlarda gulistonlarda sayr etishga chaqiradi.
Mumtoz adabiyotda uzoq intiq kutib, orzuga yetgan damlardan oldingi intizorlik davrini qorong‘ulik sifatida tasvirlash o‘ziga xos an’ana. Masalan, Navoiy Farhodning tug‘ilishini “Shabistonida tug‘di bir yangi oy” deb tasvirlaydi. Misrada “shabiston” so‘zi xoqonning o‘g‘il ko‘rguncha bo‘lgan davrdagi farzandsizlik hasratida o‘tkazgan yillarni ifodalaydi. Ogahiy bahor kelgunga qadar hukm surgan azobli qish kunlarini soyaga mengzaydi: “Ko‘tardi yer yuzidin soya navro‘z”. Shuning uchun ham shoir o‘tkinchi umrni go‘zallik qo‘ynida ezgulik bilan kechirishni istaydi. Chunki bahorgina emas, umr ham o‘tkinchi – “g‘animat”. Matla’dan so‘ng shoir o‘zini muvozanatdan chiqargan, hayajonga solgan ko‘klam manzarasini chizishga tutinadi. Ko‘z oldingiz da dilbar bahor tongining latif manzarasi namoyon bo‘ladi: subhiy shabnamlardan ko‘m-ko‘k maysalarning yashnab turishi, bahor buluti onda-sonda tashlab turgan tomchilar va Yaratganning san’atiga lol-u qoyil oshufta ko‘ngil... O‘zbek tilining ifoda imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalangan shoir shunchaki axborot berib qolmay, g‘azalxonda kuchli his-tuyg‘u uyg‘otishga erishadi:
Subhidam tushib shabnam, bo‘ldi sabzalar xurram,
Gul uza tomib kam-kam, yog‘di abri naysonlar.
Furqat ko‘klam manzarasini o‘z holicha tasvirlamaydi, uni jonlantiradi. U atrofdagi har bir unsurni – masalan, nastaran, yosuman va nargis gullarini dilga yaqin kishiga munosabati nuqtayi nazaridan tasvirlaydi. Ularda „yoronlar“, ya’ni yor-jo‘ralarga intizorlik, intiq-
lik ko‘radi. Kishi ko‘zini quvontirayotgan bahoriy ko‘katlar shunchaki go‘zal emas, balki yaqinlarni kutib olishga hozirlik ko‘rayotganligi sabab go‘zaldir:
Nastaran yuvib yuzni, yosuman tuzib o‘zni,
Nargis ochibon ko‘zni intizori yoronlar.
Ko‘klamning eng sara chechaklari sara odamlar – yoronlarni kutib olishga hozirlik ko‘rishadi. Furqat tabiatni tinimsiz harakatda ko‘rsatadi. Ko‘klam manzarasi, undagi o‘zgarishlarni, almashinishlarni jonli tasvirlaydi:
Bir sahar edim uyg‘oq: o‘t tutashdi olamga,
Tog‘lar chekibon larza, titradi biyobonlar.
Tabiat go‘zalligiga oshufta lirik qahramon uygo‘q bir saharda chaqmoq chaqdi – butun olamga o‘t tutashganday bo‘ldi. Ketidan momaqaldiroq gumburlab tog‘lar larzaga keldi, biyobonlarni titratib yubordi. Shoir jonlantirish orqali g‘oyat go‘zal lavha yaratgan.
IV. Mustahkamlash. Savol va javoblar.
Lug’at bilan ishlash.
1Abri nayson – ko‘klam buluti. 1Nastaran – gul turi; 2Yosuman (jasmin) – gul turi; 3Biyobon – dast, cho‘l; 4Giribon –yoqa; 5Savsan – gulsafsar, qo‘g‘agul.
1G‘oza – qizil rangli elik; 2Tob – nur, jilo; 3Arg‘uvoniy – qizil; 4Zebnok – yasangan;
5Muzayyan – bezangan; 6Banogo‘sh – quloq teshigi; 7Sha’ng – o‘ynoqi; 8Xadang – oq; 9Jafojo‘ – jafo qiluvchi; 10Farang – yevropalik, bu yerda g‘ayri din nazarda tutilgan.
G‘azal matla’sini sharhlang. Ayollarning milliy oroyish ashyolari ga
diqqat qiling va bugungi kosmetikaga taqqoslang. Siz qaysi
birini afzal bilasiz?
V. Uyga vazifa. G’azal yod olish
VI. Baholar tahlili
O’IBDO’ ___________
Do'stlaringiz bilan baham: |