Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi



Download 0,79 Mb.
bet3/12
Sana14.11.2019
Hajmi0,79 Mb.
#25948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
9 adabiyot 2019


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.

Darsning usuli: an’anaviy.

Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:

b) davomatni aniqlash:

v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)

b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

III.Yangi mavzu bayoni.

XAMSA

FARHOD VA SHIRIN”



(dostondan parchalar)

“Xamsa”ning bu ikkinchi dostoni ishqiy-sarguzasht mavzusidadir. Hajmi 5782 bayt. Aruzning hazaji musaddasi mahzuf vaznida yozilgan. Muallif bu asarni “shavq dostoni” deb ataydi. Sababi unda ishq kuylanadi, ishq talqin qilinadi, ishq ulug‘lanadi. Bu shunday ishqki, u insonni poklaydi, ezgulik sari yetaklaydi, unga o‘zligini tanitadi, bir so‘z bilan aytganda, komillik sifatlarini tarbiyalaydi. Chunki u odamga, olamga, butun borliqqa mehr bilan, muhabbat bilan yo‘g‘rilgan va oxir borib Yaratganning o‘ziga ulashib ketadigan ishqdir. Binobarin, dostonda Navoiyning komil inson haqidagi orzu-o‘ylari ifoda etilgan.

Ijodda o‘ziga xoslikka intilgan adib o‘zigacha bo‘lgan bu doston an’anasiga ijodiy yondashadi. Doston Navoiygacha “Xusrav va Shirin” shaklida mashhur edi. Ularda markaziy timsol shoh Xusrav edi. Lekin u komillikdan yiroq, ishqda beqaror, muhabbatdan toj-taxtni ustun bilguvchi xudbin shaxs. Shuning uchun Navoiy uni Shirinning muhabbatiga ham, yozilajak dostonidagi yetakchi timsol darajasiga ham loyiq ko‘rmaydi. U Farhodni bosh qahramon qilib oldi va bu bilan dostonning qurilishini, mazmunini tamomila o‘zgartirdi. Mazkur o‘zgarish xamsachilikka shoir kiritgan eng katta yangilik edi.

Yozib jon mus’hafidan ikki oyat,

Debon Farhod-u Shirindin hikoyat

degan shoir o‘z dostoniga “Farhod va Shirin” nomini beradi.

Dostonning asosiy voqealari ovozasi olamni tutgan, qudrat-u shavkatda, davlat-u shuhratda yagona Chin xoqonining farzandsizligi va bundan uning so‘ngsiz iztiroblarga tushganligi tasviri bilan boshlanadi. Birdan-bir orzusi farzandlik bo‘lish edi. Maqsadiga yetish uchun ko‘p nazrlar qildi, talay tangalar sochdi, o‘g‘ilsizlarning ko‘nglini oldi, otasizlarga otalik qildi. Xayriyalari zoye ketmadi. Alloh iltijolarini ijobat qilib, unga o‘g‘il ato etdi.

Shabistonida1 tug‘di2 bir yangi oy3,

Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy4.

Ochildi bog‘ida bir otashin vard,

Demaykim vard5, balkim shu’layi dard.

Kiyurdi ilgiga davron nigine6,

Nigin o‘rnida la’li otashine,

IV. Mustahkamlash.

1. “Hayrat ul-abror” dostonining boshqa dostonlardan farqli jihatlarini gapiring.

2. Dostonda qaysi masalalar yoritilgan?

3. Navoiy iymonning inson hayotida tutgan o’rnini qanday belgilaydi?



Lug’at bilan ishlash. 1Shаbistоn – tungi yotoqxona; 2Тug‘di – tug‘ildi;

3Yangi оy – istiоrаviy yo‘l bilаn Fаrhоdni bildirаdi, uning tug‘ilishi qоrоng‘u kеchаdа yangi оyning pаydо bo‘lishigа qiyoslаngаn; 4Меhri оlаmоrоy – оlаmni yorituvchi quyosh; 5Vаrd – аtirgul; 6Nigin – uzuk, uzukning ko‘zi, muhr.



V. Uyga vazifa. 60-79-betlarni o’qish

VI. Baholar tahlili

O’IBDO’ ___________




Sana________________9-sinf Adabiyot 11-dars
Dars mavzusi: Alisher Navoiyning “ Xamsa “ asari
Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish

2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni komil inson qilib tarbiyalash.

3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.



Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.



O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.

Darsning usuli: an’anaviy.

Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:

b) davomatni aniqlash:

v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)

b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

III.Yangi mavzu bayoni.
Farhod onadan ishq bilan tug‘ildi. Uning ismi ham, Qur’oni Karimda: “Al-asmou tanzilu min-as-samo”, ya’ni “Ismlar osmondan tushadi”, deyilganidek, ishq osmonidan tushgan. Unga nom qo‘yish mana bunday qalamga olinadi:

Jamolidin ko‘rungach farri shohiy1,

Bu fardin yorudi mah to ba mohi2.

Qo‘yib yuz himmat-u iqbolu davlat,

Hamul far soyasidin topdi ziynat3.

Bu javharlarg‘a4 chun isnod topdi5,

Murakkab aylagach6, “Farhod” topdi.

Bu farni hodiyi7 baxt etgach irshod8,

Ravon shahzoda otin qo‘ydi “Farhod”.

Harir-u hulla ichra bog‘labon chust9,

Murassa’10 mahd11 ichinda tongdilar12 rust13.

Bu nav’ ermas, ato qo‘ymodi otin

Ki, ko‘rgach ishq aning pokiza zotin,

Anga farzona14 Farhod ism qo‘ydi,



Hurufi15 ma’xazin16 besh qism qo‘ydi:

Firoq-u rashk-u hajr-u oh ila dard,

Biror harf ibtidodin aylabon fard17.

Borin ustodi ishq etgach murakkab,

Tarakkubdin bu ism o‘ldi murattab1.

Tangri taolo tug‘ilishidan ruhiga payvasta etgan ishq Farhodga favqulodda iste’dod, tug‘ma qobiliyat ato etgan edi. U ta’limning dastl abki uch oyida butkul savod chiqardi, bir yilda Qur’oni karimni yod oldi. Navoiy Farhodning bolalikdagi fazilatlarini shunday ta’rif etadi:

Agar bir qatla ko‘rdi har sabaqni,

Yana ochmoq yo‘q erdi ul varaqni.

Ne so‘znikim, o‘qub ko‘ngliga yozib,

Dema ko‘ngliki, jon lavhiga2 qozib.

O‘qub o‘tmak, uqub o‘tmak shiori,

Qolib yodida safha-safha bori.

Ko‘rub chun ishq-u oshiqlik maqolin,

Topib oshufta mahzun ko‘ngli holin.

Aning sharhini takror aylabon ko‘p,

O‘qurda nolayi zor aylabon ko‘p.

Bo‘lub oshiq g‘ami sharhida g‘amnok,

Yaqo chokin o‘qub, aylab yaqo chok.

Kim etsa darddin oz-oz rivoyat,

Qilib ul dard anga ko‘p-ko‘p siroyat3.

Kishi ko‘nglin bilib, afgor yig‘lab,

Ne ko‘zda ashk ko‘rgach, zor yig‘lab.

Jahonda qolmadi ul yetmagan ilm,



Bilib tahqiqini4 kasb etmagan ilm.

IV. Mustahkamlash. Savol va topshiriqlar ustida ishlash.

Lug’at bilan ishlash. 1Fаrri shоhiy – shоhlik nuri;.2Маh tо bа mоhi – оydаn bаliqqаchа. Bu yеrdа “оsmоndаn yеrgаchа” dеgаn mа’nоdа qo‘llаngаn; 3“Himmаt”dаn “h”, “iqbоl”dаn “аlif” (uni “i” dеb hаm, “о” dеb hаm, “а” dеb hаm ishlаtish mumkin), “dаvlаt”dаn “d”ni оlib, qo‘shsаk, “hоd” pаydо bo‘lаdi, buni “fаr”ning “sоyasi”, ya’ni kеyinigа оlsаk, “F а r h о d” so‘zi hоsil bo‘lаdi; 4Jаvhаr – gаvhаr; 5Isnоd tоpmоq – tааlluqli

bo‘lmоq, tеgishli bo‘lmоq; 6Мurаkkаb аylаmаk – qo‘shish, birlаshtirish; 7Hоdi – to‘g‘ ri yo‘l ko‘rsаtuvchi, yo‘l bоshlоvchi, yеtаkchi; 8Irshоd – to‘g‘ri yo‘l ko‘rsаtish;

9Chust – mаhkаm; 10Мurаssа’ – qimmаtbаhо tоshlаr bоg‘lаngаn, qimmаtbаhо

tоshlаr bilаn bеzаtilgаn; 11Маhd – bеshik; 12Тоngmоq – bеlаmоq, bоg‘lаmоq;

13Rust – mаhkаm, qаttiq; 14Fаrzоnа – оqil, dоnо; 15Huruf – hаrf аr; 16Ма’хаz – birоr

nаrsаning оlingаn jоyi, mаnbа; 17Fаrd–yakkа, yolg‘iz, аjrаlgаn, аlоhidа.


V. Uyga vazifa.79-84-betlar. “Farhod va Shirin” dostonidan parcha yodlash
VI. Baholar tahlili

O’IBDO’ ___________




Sana___________________9-sinf Adabiyot 12-dars
Dars mavzusi: Alisher Navoiyning “ Farhod va Shirin “ dostoni
Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish

2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni komil inson qilib tarbiyalash.

3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.



Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.



O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.

Darsning usuli: an’anaviy.

Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:

b) davomatni aniqlash:

v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)

b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

«FARHOD VA SHIRIN» DOSTONI

«Xamsa»ning bu ikkinchi dostoni ishqiy-sarguzasht xarakteridadir. Hajmi 5782 bayt. Aruzning hazaji musaddasi mahzuf vaznida yozilgan. Muallif bu asarni «shavq dostoni»deb ataydi. Sababi unda ishq kuylanadi, talqin qilinadi va ulug‘lanadi. Bu shunday ishqki, u insonni poklaydi, ezgulik sari yetaklaydi, unga o‘zligini tanitadi, bir so‘z bilan aytganda, komillik sifatlarini tarbiyalaydi. Chunki u odamga, olamga, butun borliqqa mehr bilan, muhabbat bilan yo‘g‘rilgan va oxir borib Yaratganning o‘ziga ulashib ketadigan ishqdir. Dostonda Navoiyning komil inson haqidagi orzu-o‘ylari ham ifoda etilgan.

O‘ziga xoslikka intilgan adib o‘zigacha bo‘lgan an’analarga ijodiy yondashadi. Doston Navoiygacha «Xusrav va Shirin» shaklida mashhur edi. Ularda markaziy obraz shoh Xusrav edi. Lekin u — komillikdan yiroq, ishqda beqaror, muhabbatdan toj-taxtni ustun bilguvchi xudbiri shaxs. Shuning uchun Navoiy uni Shirinning muhabbatiga ham, yozilajak dostonidagi bosh obraz darajasiga ham loyiq ko‘rmaydi. U Farhodni bosh obraz qilib oldi va bu bilan dostonning qurilishini, mazmunini tamomila o‘zgartirdi. Mazkur o‘zgarish xamsachilikka shoir kiritgan eng katta yangilik va dostonga «Farhod va Shirin « nomi berilishiga asos bo‘ldi.

Dostonning asosiy voqealari ovozasi olamni tutgan, qudrat-u shavkatda, davlat-u shuhratda yagona Chin xoqonining farzandsizligi va bundan uning so‘ngsiz iztiroblarga tushganligi tasviri bilan boshlanadi. Xoqonning birdan-bir orzusi o‘g‘illik bo‘lish edi. Maqsadiga yetish uchun ko‘p nazrlar qildi, talay dirhamlar sochdi, o‘g‘ilsizlarning ko‘nglini oldi, otasizlarga otalik qildi. Xayriyatlari zoye ketmadi. Olloh iltijolarini ijobat qilib, unga o‘g‘il ato etdi.

... Shabistonida tug‘di bir yangi oy,

Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy.


Ochildi bog‘ida bir otashin vard,

Demaykim vard, balkim shu’layi dard.


Tangri taolo tug‘ilishidan ruhiga payvasta etgan ishq Farhodga favqulodda iste’dod, tug‘ma qobiliyat ato etgan edi. Buning natijasi o‘laroq, ta’limning dastlabki uch oyida butkul savod chiqardi, bir yilda Qur’oni karimni yod oldi. Navoiy Farhodning bolalik va o‘spirinlikdagi fazilatlarini shunday ta’rif etadi:

IV. Mustahkamlash.

1. Navoiy nima uchun “Farhod va Shirin” ni “shavq dostoni” deb ataydi?

2. Navoiyning mazkur asari qaysi jihatlari bilan xamsachilikdagi yangilik hisoblanar ekan?

V. Uyga vazifa. Matn mazmunini o’rganish.

VI. Baholar tahlili

O’IBDO’ ___________



Sana_________________________9-sinf Adabiyot 13-dars
Dars mavzusi: Alisher Navoiyning “ Farhod va Shirin “ dostoni
Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish

2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni komil inson qilib tarbiyalash.

3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.



Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.



O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.

Darsning usuli: an’anaviy.

Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:

b) davomatni aniqlash:

v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)

b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

Farhod yigit yoshiga yetdi. Lekin tug‘ma ishq ta’sirida doimo g‘amgin, alam va dardlar bilan ko‘milgan edi. Buning sababini o‘zi ham tushuntirib berolmas edi. Otasi uning g‘amlarini aritmoq uchun turli tomoshalar, bazmlar, ziyofatlar uyushtirdi. Foydasi bo‘lmadi. Shunda xoqon Farhodning ko‘nglini olish uchun yilning to‘rt fasliga moslab to‘rt oliy qasr qurdirish fikriga keldi. Farhodning atobegi, ya’ni tarbiyachi — ustozi Mulkoro bu ishga ma’mur etib tayinlandi. Xitoyning mashhur me’mori Boniy, naqqoshi Moniy hamda tosh yo‘nuvchi Qoran qurilishga jalb etildilar. Farhod qurilish bo‘layotgan yerga kelib ustalarning ishlarini ko‘rdi. O‘z hunarlarini mislsiz san’at darajasiga yetkizgan, toshni ham saryog‘dek kesayotgan uch ustod ishidan hayratga tushdi. U shunchaki kuzatuvchi bo‘lib qolmasdan ularning hunarlarini o‘rganishga kirishdi. Oxiri bu kasblarni ustozlari darajasida o‘zlashtirdi, hatto o‘zib ham ketdi.

...Biravkim zor yig‘lar, yig‘lab ul zor,

Topib ko‘ngli el ozoridin ozor.


Chiqorib so‘zlig‘ so‘z boshidin dud,

Sovug‘ oh aylab, ohin otasholud.


Farhod mamlakat xazinasidagi sirli sandiqni ko‘rib qoladi va otasini majburlab sandiqni ochiradi. Uning ichidan bir vaqtlar Iskandari Rumiy to‘rt yuz olimga yasattirgan sirli ko‘zgu chiqdi. Oynaning orqasidagi tilsimda yozilishicha, ko‘zgu tilsimini ochmoqchi bo‘lgan odam xatarli safarga otlanib, Yunonistondagi bir toqqa borishi kerak. Ungacha uch manzil bo‘lib, birinchisida ajdahoni, ikkinchisida Ahraman devni, uchinchi manzilda ikkalasidan ham mushkulroq tilsimni yengishi kerak. To‘rtinchi manzil — o‘sha tog‘dagi g‘or ichidan donishmand Suqrot topiladi. Farhod bu to‘siqlarni mardona yengib, Jamshid jomini, Sulaymon uzugini, Iskandar boyligini qo‘lga kiritadi. Suqrot uning, otasi va atobegi Mulkoroning taqdiri haqida bashoratlar beradi, ularga nasihatlar qiladi va jon taslim etadi.

Yunonistondan qaytishgach, Farhod sandiqdagi oynaga qaraydi va unda qandaydir bir yurt, tog‘ kesish bilan mashg‘ul odamlar, o‘zining ham ariq qazayotganini hamda Shirinni ko‘radi. Qizni ko‘radi-yu, hushdan ketadi.

Sevgilisini izlab yo‘lga chiqqan Farhod uning Arman yurtidan ekanligini safarda topgan do‘sti Shopurdan eshitadi. U yerga borishgach, metindek toshlardan iborat tog‘ni kesish mashaqqatiga mahkum odamlarni ko‘rishadi. Ular tog‘ni kesib, uning narigi yog‘idan suv olib o‘tishlari kerak edi. Afsuski, uch yil zahmat cheksalar-da, ishda siljish bo‘lmagan. Bu qurilishni malika Mehinbonu jiyani Shirinning istagiga ko‘ra bajartirayotgan edi. Navoiy ishlayotganlar tilidan Shirinning vasfi va toshkesarlar mashshaqatlarini quyidagicha bayon etadi:

Harimi iffat ichra shoh ul ermish,

Sipehri ismat uzra moh ul ermish.
Yuzi gul, kirpigi derlar tikandur,

Ne bor andoqqi hargiz bor ekandur


Mehinbonu ko‘p aylab ehtiromin,

Yasabdur jon uyi ichra maqomin.


IV. Mustahkamlash.

1. Farhoddagi g’amginlikning sababini qanday izohlaysiz?

2. Ustalar ishidan hayratlanishida, ularning kasblariga ko’ngil berib o’rganishida farhodning qanday ma’naviy fazilatlari namoyon bo’lmoqda?

3.Shirinning go’zalligi vasf etilgan o’rinlarni o’qing.


V. Uyga vazifa.
VI. Baholar tahlili

O’IBDO’ ___________



Sana_______________9-sinf Adabiyot 14-dars
Dars mavzusi: Alisher Navoiyning “ Farhod va Shirin “ dostoni
Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish

2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni komil inson qilib tarbiyalash.

3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.


Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.



O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.

Darsning usuli: an’anaviy.

Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:

b) davomatni aniqlash:

v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)

b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

Fаrhоd tаmоmаn o’z mаqsаdi uchun bu mаmlаkаtgа kеlgаn edi. Lеkin хаlqnining chеkаyotgаn аzоbini ko’rib, ulаrgа yordаm bеrishgа kirishib kеtdi. Ustаlаrdаn o’rgаningаn hunаrlаri shu еrdа аsqоtdi. Tеmirchidаdndаm bilаn qo’rа so’rаb, оdаmlаrnining qo’lidаgi jаmiki tеshаyu mеtinlаrni оlоvgа sоldi. Аfzоrlаr, ya’ni ish qurоllаrinining bir nеchаsini eritib, bir ulkаn mеtin yanа qаnchаsini birlаshtirib esа bir kаttаkоn tеshа yasаdi. O’zigа gurzi bilаn аsbоblаrni chаrхlаydigаn tоsh – egоv hаm yasаb оldi. Bu аfzоrlаrni yasаyotgаndа оdаmlаrdаn yashirinchа Qоrаndаn o’rgаningаn hunаrini ishgа sоlib, ulаrgа suv bеrdi. Kеyin shundаy bir kuch bilаn ishgа kirishib kеtdiki, o’shа kunnining o’zidа 200 tоshyo’nаr uch yildа hаm аmаlgа оshirоlmаgаn ishni bаjаrdi. Fаrhоd qаttiq tоshlаrni хuddi qumni qаzigаndеk оlib оtа bоshlаdi. Оdаmlаr tаmоm hаyrаtgа tushdilаr. Ishbоshilаr Mеhinbоnu оldigа yugurdilаr. Uningа ko’rgаnlаrini hаyrаt bilаn so’zlаdilаr.

Mеhinbоdu Shirinnining хоnаsigа kirib, bu хushхаbаrdi uningа еtkаrdi. “Sеn оdаmlаrgа аriq qаzishni buyurgаn edining, lеkin, аslidа, bu qаttiq tоg’dа аriq qаzish аmаlgа оshmаydigаn bir оg’ir ish edi, - dеdi u. - Аmmо хudо bu оg’ir ishiningni еningilаttirdi. Bir g’аrоyib yigit pаydо bo’lib, оdаmlаrnining uch yillik ishini bir kuddа bаjаribdi” . Buni eshitib, Shirin tоmоshаgа bоrish niyatigа tushdi:
Zаrurаtdur аningа qilmоq riоyat

Kim, ul bizgа kеrаklidur bаg’оyat.
Аrig’kim muzdi1g’а yuz gаnj bеrdim,

Suyi kеlmаy ilik оnidin yub erdim.
Bihаmdillаhki, hаq еtkurdi kоmim

Ki, muddоq kimsа bo’ldi sаydi dоmim”.
Shirin hаmishа аtrоfidаgi to’rt yuz qiz bilаn birgа sаfаrgа chiqаr edi. Bu gаl Fаrhоd tоmоshаsigа Mеhinbоnu hаm birgа chiqdi. Shirin хаlqdа Gulgun lаqаbi bilаd mаshhur bo’lgаn оtigа minib оldi. Gulgunni shitоb bilаd hаydаb, Fаrhоd аriq qаziyotgаn tоqqа yеtib bоrdi. ...
IV. Mustahkamlash.
1.Аrmаn хаlqi nimа mаqsаddа аriq qаzimоqchi bo’ldi?

2. Ulаrnining hаrаkаtlаri nimа uchun bеsаmаr bo’ldi?

3. Fаrhоd аrmаn хаlqi mushkulini qаndаy оsоn qildi?

4. Fаrhоddnning o’z mаqsаdi qоlib, аriq qаzuvchilаrgа yordаm bеrishini qаndаy izоhlаysiz?

5. Mаtndаgi qiyin so’zlаr ustidа ishlаng.

6. Bаytlаrni ifоdаli o’qing, shаrhlаng.



V. Uyga vazifa. O’qib kelish.
VI. Baholar tahlili.

O’IBDO’ ___________



Sana______________________9-sinf Adabiyot 15-dars
Dars mavzusi: Alisher Navoiyning “ Farhod va Shirin “ dostonidagi timsollar ustida ishlash

Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish

2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni mehnatsevarlikka o’rgatish .

3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.



O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.

Darsning usuli: an’anaviy.

Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:

b) davomatni aniqlash:

v) she’riy daqiqa.

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)

b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

Ki, jismim bo‘lsa ul o‘t ichra nobud,

Sochimdek chiqqay ondin chirmanib dud.
Malolimdin bari olam qutilsin,

Tanim yuz ming balodin ham qutulsin.


Manga Farhod ishqi tuhmati bas,

Ki, chehra ko‘rmayin ul zor-u bekas.


Yiqilmoqdur shiori oh tortib,

Ko‘nguldin nolayi jonkoh tortib,


Qulog‘i mustami’ bo‘lmay so‘zumga,

Ko‘zi oylar o‘tib tushmay yuzumga.


Tog‘ ichra sel yanglig‘ oqizib yosh,

Urub tosh uzra hardam seldek bosh


Xayolim birla ko‘nglin qone’ aylab,

Firoqim ichra umrin zoye’ aylab.


Qolib men ham yiroq ul notavondin,

Nechukkim mendin — ul, men dog‘i — ondin.


Manga ne yor-u ne oshiq havasdur,

Agar men odam o‘lsam, ushbu basdur!


Agar Bonu iloje bilsa, qilsun,

O‘zimni o‘ltururmen yo‘qsa, bilsun!»


Niyatiga yetolmagan Xusrav Arman yurtiga lashkar tortdi. Lekin Farhodning bir o‘zi uning lashkariga bas kelib, dushmanni shahar qal’asiga yaqinlashtirmadi. Uzoqdan Xusravga tanbeh ham berdi:

Bu bo‘lg‘ay dard-u ishq oyini, vari-vari!

Vafo-u mehr sharti, ollah-ollah!
Kishi ishqida zor o‘lmoq bu bo‘lg‘ay!

G‘amidan beqaror o‘lmoq bu bo‘lg‘ay!



Raqibini kuch bilan yengolmagan shoh uni hiyla bilan qo‘lga tushiradi. U o‘z qarorgohida Farhod bilan bahs qiladi:

Dedi: «Qaydinsen, ey majnuni gumrah?!»

Dedi: «Majnun vatandin qayda ogah?»

Dedi: «Nedur sanga olamda pesha?»

Dedi: «Ishq ichra majnunluq hamesha».

Dedi: «Bu ishdin o‘lmas kasb ro‘zi!»

Dedi: «Kasb o‘lsa basdur ishq so‘zi».

Dedikim:«Ishq o‘tidin de fasona!»

Dedi: «Kuymay kishi topmas nishona».

Dedikim:«Kuymagingni ayla ma’lum!»

Dedi: «Andin erur joh ahli mahrum»
Dedikim:«Qay chog‘din o‘ldung ishq aro mast?»

Dedi: «Ruh ermas erdi tang‘a payvast»


Dedikim:«Bu ishqdin inkor qilg‘il!»

Dedi: Bu so‘zdin istig‘for qilg‘il»


Dedikim:«Oshiqqa ne ish ko‘p qilur zo‘r?»

Dedi: «Furqat kuni ishqi balosho‘r».


Dedikim:«Ishq ahlining nedur hayoti?»

Dedi: «Vasl ichra jonon iltifoti».


Dedikim:«Dilbaringning de sifotin!»

Dedi: «Til g‘ayratidin tutmon otin!».



Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish