5. Darsga yakun yasash va baholash – darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ulaming o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash;
6. Uyga vazifa ________________________
Sana: «___» _____________ 201__ y.
Mavzu: TRAPETSIYA
Darsning maqsadi: Trapetsiya haqida tushuncha berish, misollar keltirish, ularning har biriga izoh berish.
Darsning ko’rgazmali qurollari: ______________________________
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism – salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;
2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
3. Yangi mavzuni yoritish:
Trapetsiya
1. To'rtburchaklar. To'rtta nuqta va bu nuqtalarni ketma-ket tutash-tiruvchi to'rtta kesmadan iborat shakl to'rtburchak deyiladi. Bunda nuqtalardan hech qanday uchtasi bir to'g'ri chiziqda yotmasligi, ularni tutashtiruvchi kesmalar esa kesishmasligi kerak. Berilgan nuqtalar to'rtburchakning uchlari, ularni tutashtiruvchi kesmalar esa tomonlari deyiladi. To'rtburchakning umumiy uchga ega bo'lgan tomonlari qo'shni tomonlari deb, umumiy uchga ega bo'lmagan tomonlari esa qarama-qarshi tomonlari deb ataladi. Bir tomonga tegishli bo'lgan uchlari qo'shni uchlar deb, qolgani esa qarana-qarshi uchlar deb ataladi. Qarama-qarshi uchlarni tutashtiruvchi kesmalar to'rtburchakning diagonallari deyiladi.
To'rtburchakni belgilashda yonma-yon turgan uchlar ketma-ket kelish tartibida aytib chiqiladi. Masalan, 11-rasmda tasvirlangan to'rtburchak bunday belgilanishi mimkin: ABCD, BCDA, CDAB va hokazo. Ammo ABDC deb belgilash mumkin emas (B va D — qo'shni bo'lmagan uchlar).
Masalan, 11- rasmda AB va AD — qo'shni tomonlar, AB va CD — qarama-qarshi tomonlar; A ga B va D uchlar — qo'shni uchlar, C esa qarama-qarshi uch bo'ladi; AC va BD kesmalar diagonallardir.
12-a rasmda qavariq to'rtburchak, 12-b rasmda esa botiq to'rtburchak tasvirlangan. Botiq to'rtburchaklarda diagonallardan biri, ya'ni AC to'rtburchak ichki qismiga tegishli emasligiga ahamiyat bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |