Davlat – majbur qilish kuchiga, ya’ni hokimiyatga ega bo‘lgan, o‘z fuqarolari, shuningdek, hududda istiqomat qiluvchi barcha insonlarning manfaatlarini himoya qiladigan, boshqa davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalarni amalga oshiradigani mustaqil siyosiy tashkilotdir.
Agar biz davlatni qiyosiy tarzda murakkab inshootga o‘xshatsak, biz yuqorida sanab o‘tgan belgilar davlatning ustunlari rolini bajaradi.
Demak, xulosa qilib aytish mumkinki, davlat o‘ziga xos belgilarga ega. Agar ularning birortasi mavjud bo‘lmasa, biz bunday tashkilotni davlat deya olmaymiz.
“Davlat inson manfaatlari va huquqlari, uning tinch-totuv hayoti va kelajagini tashkil etish va himoyalash kabi ulug‘vor maqsadlarga xizmat qiluvchi tashkilotdir”.
Do'stlaringiz bilan baham: |