a) salomlashish.
III. Yangi mavzuning bayoni
Huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy munosabatlar deyiladi. Ularning vujudga kelishi uchun yuridik fakt — hodisa (masalan, insonning tug‘ilishi yoki o‘lishi, yong‘in) yoki harakat (masalan, huquqbuzarlik) yuzaga kelishi lozim bo‘ladi.
Ayrim shaxslar o‘rtasida vujudga keladigan va huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabat huquqiy munosabatlar deyiladi. Huquqiy munosabat, tuzilishiga ko‘ra
ob’ekt, sub’ekt kabi elementlarni o‘z ichiga oladi.Misol uchun, Ravshan do‘kondan umumiy daftar va rangli qalam sotib olmoqchi. Bu yerda umumiy daftar va rangli qalam huquqiy munosabatning ob’yekti hisoblanadi. Ravshan esa huquqiy munosabatning sub’yektidir.Huquqiy munosabatning yana bir tarkibiy elementi bu huquqiy munosabat
mazmunidir.Mazmun o‘z navbatida sub’yektiv huquq va yuridik majburiyatni o‘z ichiga oladi va huquqiy munosabat sub’yektlarining o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish bo‘yicha aniq harakatlarni anglatadi. Masalan, do‘konda choy sotib olish paytidagi huquqiy munosabat mazmuni — bu do‘konchining choyni berishi va xaridorning pul to‘lashi bo‘lib, bu yerda do‘konchi choy berayotganida o‘z majburiyatini bajardi va pul olish huquqiga ega bo‘ldi. Va aksincha, xaridor choyni olarkan o‘zining choy olishga bo‘lgan huquqidan foydalandi va pul berish majburiyatiga ega bo‘ldi.Demak, huquqiy munosabatlarning elementlari to‘rtta ekan:
ob’ekt, sub’ekt, sub’ektiv huquq va
yuridik majburiyat.Huquqiy munosabatlar sub’yektlari o‘rtasidagi munosabatlarning yuridik shakli bo‘lib, uning yordamida davlat va qonun talablariga binoan ijtimoiy munosabat ishtirokchilari xulq-atvorini me’yorlab beradi.Huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchilar, ya’ni sub’yektlar
huquq layoqatiga hamda
muomala layoqatiga ega bo‘lishlari talab etiladi. Jinoyat kodeksining 203-moddasini misol qilib olaylik:
“Suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining ellik barobaridan yuz barobarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari, yoxud olti oygacha qamoq, yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”, Yuqoridagi moddaning
“Suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish”qismi gipotezaga misol bo‘la oladi.
“Og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa” qismi dispozitsiya,
“eng kam oylik ish haqining ellik barobaridan yuz barobarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari, yoxud olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”qismi esa sanksiyaga misol bo‘la oladi.Ayrim qonun hujjatlarida huquq normasi bu uch tarkibiy elementdan emas, balki 2 ta tarkibiy elementdan tashkil topgan bo‘lishi ham mumkin. Masalan, har qanday mamlakat Konstitutsiyasidagi moddalar asosan gipoteza va dispozitsiyadan iborat bo‘lib, sanksiya elementi deyarli ko‘zda tutilmagan.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 6-moddasini oladigan bo‘lsak, u yerda, “O‘zbekiston Respublikasining poytaxti - Toshkent shahri” deb e’tirof etilgan. Bu modda huquq normasiga misol bo‘la oladi va bu modda faqatgina dispozitsiyadan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: