a) salomlashish.
II. O’rganilgan mavzuni takrorlash
Huquq normasi tushunchasini ta’riflab bering,
Huquq normasining asosiy vazifasi nimadan iborat?
Huquqiy normaning tarkibiy elementlarini sanab bering.
III. Yangi mavzuning bayoni
Har qanday jamiyatda shu jamiyat a’zolarining huquq va erkinliklarini ta’minlash uchun ma’lum bir huquq tizimi zarur. Bu tizim turli-tuman, lekin o‘zaro mustahkam aloqada bo‘lgan huquq normalari yig‘indisidan iborat bo‘ladi.Qaysi huquq normasini qaysi ob’yektga nisbatan ishlatish lozimligini aniqlashtirish uchun ularni turlarga ajratish lozim. Huquq tizimi, avvalambor huquq tarmoqlari (sohalari) deb nomlanuvchi alohida tarmoqlarga ajratiladi. Bunda, davlatdagi ijtimoiy munosabatlarning xilma-xilligi e’tiborga olinadi. Aynan shu munosabatlar huquqiy tartibga solish (boshqaruv)ning predmetini tashkil qiladi. Huquqiy tartibga solish (boshqarish) usuli esa, huquqning ijtimoiy munosabatlarning ta'sir ko'rsatishga yordamlashadigan yo'llari, usullari, vosutalarining yig'indisidirIjtimoiy munosabatlarining mehnat munosabatlari, ijtimoiy ta’minot, moliya va h.k. kabi turlari alohida huquqiy normalar orqali tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasi huquq tizimini quyidagi jadval orqali ifodalash mumkin:
Bu huquq tarmoqlaridan ayrimlarini tavsiflaylik:
Konstitutsiyaviy huquq sohasi bu huquq tarmog‘i huquq tizimidagi eng asosiy huquq sohasidir. Chunki, unda huquqning bosh tamoyillari, davlatning huquqiy qiyofasi belgilab beriladi. Konstitutsiyaviy huquq tomonidan davlat, jamiyat va shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar tartibga solinadi. Unda davlat suvereniteti, davlatning siyosiy, boshqaruv shakli, ma’muriy-hududiy tuzilishi, davlat organlarining huquqiy maqomi, insonlarning asosiy huquq va erkinliklari, jamiyatning o‘ziga xos xususiyatlari kabi muhim masalalar mustahkamlangan.
Mehnat huquqi sohasi tomonidan - korxonalar, tashkilotlar va ularning xodimlari o‘rtasidagi mehnat munosabatlari tartibga solinadi.
Fuqarolik huquq sohasi tomonidan - mulk bilan aloqador hamda nomulkiy munosabatlar tartibga solinadi.
Oila huquq sohasi - oiladagi, oila va nikoh bilan bog‘liq munosabatlar tartibga solinadi.
Ekologiya huquq sohasi - tabiatni muhofaza qilish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar tartibga solinadi.
Jinoyat huquq sohasi - qanday xatti-harakatlar jamiyat uchun xavfli ekanligini, ularni sodir etganlar qanday jazolanishi va bu borada yuzaga keladigan barcha munosabatlar tartibga solinadi.
Xalqaro huquq sohasi - xalqaro munosabatlar, davlatlar o‘rtasidagi aloqalar jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar tartibga solinadi.
Protsessual huquqlar sudlarning faoliyatini tartibga soladi va qaysi tarmoqqa oid huquqiy masalalarni ko‘rayotganligiga qarab yuqoridagi sharhda keltirilgan 3 ta turga bo‘linadi.Fuqarolik-protsessual huquq normalari sudlarning fuqarolik, oilaviy, mehnat, yer bilan bog‘liq va moliyaviy munosabatlar kabi bir qator sohalardagi faoliyatini tartibga soladi. Ya’ni, shu sohalarga oid ishlar ko‘rilayotgan bo‘lsa, sudlar fuqarolik-protsessual qonunchilikka asosan ish ko‘radilar. Xo‘jalik protsessual huquqda ham yer, agrar, moliyaviy, ekologiya sohalariga oid huquqiy munosabatlarni sudlar orqali yechish ko‘zda tutilgan. Agar fuqarolik-protsessual huquqida fuqarolar jismoniy shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar o‘z aksini topsa, xo‘jalik protsessual huquqda xo‘jaliklar aro mulkiy nizolarni hal etish nazarda tutilgan. Jinoyat-protsessual huquq sudlov, tergov,prokuraturaorganlarinirig jinoyat ishlarini tergov qilish va sudda ko‘rib chiqish faoliyatini tartibga soladi. Yuqorida atalgan tarmoqlar davlatning ichki
huquq tizimini tashkil qiladi. Bundan tashqari
xalqaro huquq tizimi ham mavjud bo‘lib, bu huquq tizimi normalari davlatlar, xalqaro tashkilotlar va boshqa sub'ektlar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soladi.Xalqaro huquq tizimi quyidagi tarmoqlarni o‘z ichiga oladi: xalqaro tashkilotlar huquqi, xalqaro xavfsizlik huquqi, diplomatiya va konsullik huquqi, xalqaro dengiz huquqi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: