Sana: 12,13,14,15 sentyabr 2011yil



Download 0,78 Mb.
bet71/118
Sana30.12.2021
Hajmi0,78 Mb.
#169762
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   118
Bog'liq
8-SINF HUQUQ

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

a) salomlashish.



b) davomatni aniqlash.

II. O’rganilgan mavzuni takrorlash

  1. Huquq tizimini sohalarga ajratish nima uchun zarur?

  2. Huquqiy tartibga solish predmeti nima?

  3. Huquqiy tartibga solish usulini tushuntirib bering.

III. Yangi mavzuning bayoni

Huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy munosabatlar deyiladi. Ularning vujudga kelishi uchun yuridik fakt — hodisa (masalan, insonning tug‘ilishi yoki o‘lishi, yong‘in) yoki harakat (masalan, huquqbuzarlik) yuzaga kelishi lozim bo‘ladi.Ayrim shaxslar o‘rtasida vujudga keladigan va huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabat huquqiy munosabatlar deyiladi. Huquqiy munosabat, tuzilishiga ko‘ra ob’ekt, sub’ekt kabi elementlarni o‘z ichiga oladi.Misol uchun, Ravshan do‘kondan umumiy daftar va rangli qalam sotib olmoqchi. Bu yerda umumiy daftar va rangli qalam huquqiy munosabatning ob’yekti hisoblanadi. Ravshan esa huquqiy munosabatning sub’yektidir.Huquqiy munosabatning yana bir tarkibiy elementi bu huquqiy munosabat mazmunidir.Mazmun o‘z navbatida sub’yektiv huquq va yuridik majburiyatni o‘z ichiga oladi va huquqiy munosabat sub’yektlarining o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish bo‘yicha aniq harakatlarni anglatadi. Masalan, do‘konda choy sotib olish paytidagi huquqiy munosabat mazmuni — bu do‘konchining choyni berishi va xaridorning pul to‘lashi bo‘lib, bu yerda do‘konchi choy berayotganida o‘z majburiyatini bajardi va pul olish huquqiga ega bo‘ldi. Va aksincha, xaridor choyni olarkan o‘zining choy olishga bo‘lgan huquqidan foydalandi va pul berish majburiyatiga ega bo‘ldi.Demak, huquqiy munosabatlarning elementlari to‘rtta ekan: ob’ekt, sub’ekt, sub’ektiv huquq va yuridik majburiyat.Huquqiy munosabatlar sub’yektlari o‘rtasidagi munosabatlarning yuridik shakli bo‘lib, uning yordamida davlat va qonun talablariga binoan ijtimoiy munosabat ishtirokchilari xulq-atvorini me’yorlab beradi.Huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchilar, ya’ni sub’yektlar huquq layoqatiga hamda muomala layoqatiga ega bo‘lishlari talab etiladi.Huquqiy munosabat uning ishtirokchilari o‘rtasidagi huquqiy (yuridik) aloqalar bo‘lib, ularning o‘zaro huquq va majburiyatlarida namoyon bo‘ladi.Yangi tug‘ilgan chaqaloq ham har xil huquqlarga, masalan, tibbiy yordam olish, turar joyga, o‘z ismi, familiyasiga ega bo‘lish huquqlariga ega. Aqli zaif va ruhiy kasallar ham huquqiy layoqatga ega. Ular ham yashash, davolanish, nafaqa olish, mulkdor bo‘lish huquqiga egadirlar. Ayrim davlatlarda hali tug‘ilmagan bola ham huquqiy layoqatga ega. U merosxo‘r bo‘la oladi.Huquqiy munosabat ishtirokchilarining harakati nimaga qaratilgan bo‘lsa, ushbu narsa huquqiy munosabatlarning ob’yekti hisoblanadi. Huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari, ya’ni huquq va majburiyat egalari huquqiy munosabatlarining sub’yektlari hisoblanadilar. Huquq layoqati, asosan, kishining tug‘ilishi bilan vujudga keladi va vafot etishi bilan tamom bo‘ladi. Muomala layoqati o‘z harakatlari asosida huquqlami amalga oshirish va yuridik majburiyatlarni bajara olish imkoniyatidir.Muomala layoqati yosh va ruhiy salomatlik bilan bog‘liq. O‘zbekiston qonunlariga binoan, to‘liq muomala layoqati fuqaro 18 yoshga to‘lgandan so‘ng boshlanadi. Lekin, ushbu qoidadan istisnolar ham mavjud. Masalan, shaxs jinoiy javobgarlikka 16 yoshdan, ayrim jinoyatlar uchun 14 yoshdan tortilishi mumkin. Boshqa bir misol: Oila kodeksi ayrim hollarda 18 yoshga to‘lmasdan turib nikohdan o‘tishga ruxsat beradi. Bunday fuqaro nikohdan o‘tgan vaqtdan boshlab to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘ladi.Huquq manbai davlat irodasini muayyan huquqiy-normativ hujjatlar, qonun aktlarida ifodalash, bayon qilish usuli va shaklidir. Huquqshunoslik fanida huquq manbalarining quyidagi to‘rt shakli e’tirof qilingan:Huquqiy odat — bu jamiyat a’zolari tomonidan uzoq vaqt qo‘llanilishi, doimiy takrorlanishi natijasida jamiyat tomonidan qabul qilingan xulq-atvor normasiga aylangan va keyinchalik davlat tomonidan tasdiqlangan qoidaga aytiladi. Huquqiy odat qadimgi davrlarda asosiy huquq manbai hisoblangan. Hozirgi paytda ham ayrim davlatlarda mavjud. Masalan, Buyuk Britaniya.Yuridik pretsedent sudning umummajburiy ahamiyatga ega bo‘lgan aniq bir ish bo‘yicha qaroridir. Yuridik pretsedentning o‘ziga xos jihati shundaki, u qabul qilingach, o‘sha masala bo‘yicha umummajburiy qoidaga aylanadi. Huquqiy pretsedent ayrim mamlakatlarda, masalan Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada va Avstraliyada huquq manbai hisoblanadi. Lekin, O‘zbekiston Respublikasining huquq tizimida qo‘llanilmaydi.Normativ-huquqiy hujjat — hozirgi kunda eng muhim bo‘lgan huquq manbaidir. Normativ-huquqiy akt vakolatli davlat organining belgilangan tartibda qabul qilgan yuridik huquqiy hujjati bo‘lib, umummajburiy xulq-atvor qoidalarini o‘z ichiga oladi.Qonunchilik - vakolatli davlat organlarining qonun chiqarish faoliyati hamda har bir vakolatli davlat organining qat’iy belgilangan huquqiy-normativ hujjatlarni chiqarish huquqiga egaligidir.


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish