IV darsni mustahkamlash.Savol va topshiriqlar:
Milliy g‘oyaning ijodkori kim?
U nimaning natijasi sifatida shakllanadi?
Qanday xalq va millat milliy o‘zligi, tarixiy qiyofasini saqlab qolishga erishadi, bunda unga nima yordam beradi?
Milliy g‘oya doimo nimani eslatib turadi?
Bizning milliy g‘oyamizning asosini qanday buyuk maqsadlar tashkil etadi?
Milliy g‘oyamiz tizimida yana qanday g‘oyalar muhim o‘rin tutadi?
Milliy g‘oyamizning asosiy tushuncha va tamoyillari kimning asarlari asosida shakllangan? Ular qaysi risolada o‘z ifodasini topgan?
Milliy g‘oyamizning shakllanishida boy tariximiz qanday ahamiyatga ega bo‘lgani haqida gapirib bering.
Qadimdan xalqimizga xos bo‘lgan qanday intilishlar milliy g‘oyamizga asos bo‘lganini quyidagi haykallar misolida aytib bering
.
V. Baholash
VI. Uyga vazifa berish. O`tilgan mavzuni konspektlab, o`qib kelish.
Sana:.
Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari
Sinf: __8 ABV __
Mavzu: YURT TINCHLIGI
Darsning maqsadi: O’quvchilarga Dunyodagi eng buyuk boylik nima ekanligi, Tinchlik bo‘lmagan joyda nima uchun fayz-u baraka, rivojlanish bo‘lmasligi, Bu haqda qanday maqollarni, hayotiy misollarni bilishi,Yer yuzida tinchlik va barqarorlikni asrash nima uchun butun insoniyatning muqaddas ishiga aylanmoqda ekanligi, Dunyoda tinchlikni buzishga urinadigan qanday yovuz kuchlar borligi, Urushning dahshatli manzaralari aks ettirilgan qanday kitoblarni o‘qigansiz, kinofilmlarni tomosha qilgansiz? Degan savollarga javob berishi,Tinchlikka erishish, uni asrab-avaylash uchun qanday yashash talab etilishi, Mamlakatimizda tinchlik va barqaroriik tufayli ro‘y berayotgan o‘zgarishlar haqida tushuntirish.
Ta`limiy: Bolalarga MIG` va MA haqida ma`lumot berish va darsni tushuntirish vaqtida ularga mavzuni ta’limiy ravishda yoritib berish: O’quvchilarga biz nima uchun istiqlolni buyuk ne’mat sifatida qadrlashimizni, Prezidentimiz Islom Karimovning eng ulug’ maqsadimiz, eng ulug’ g’oyamiz haqida aytgan fikrini sharxlashi, Yurt tinchligi , Vatan ravnaqi va Xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlarni amalga oshirish uchun avvalo nima qilish kerakligi, Ulug’ maqsadlarga intilib yashagan odam nima uchun adashmasligi, Tabiatda , jamiyatda bo’shliq bo’lmagani kabi , insonning qalbi va ongida ham bo’shliq bo’lmasligini tushuntirish.
Tarbiyaviy: Bilimli, sog’lom, barkamol insonni voyaga yetkazish. O’z yurtiga sadoqatli, mard va fidoyi, komil insonlarni tarbiyalsh, yaxshi va yomonning farqiga borishga, hayotda to’g’ri yo’l tanlash, xalqimiz va Vatanimizga halol xizmat qilish, bunyodkor g’oyalarning hayotbaxsh kuchini to’g’ri anglab, vayronkor g’oyalarga vaqtida zarba berishga o’rgatish . Guruh bilan “ bir yoqadan bosh chiqarib” ishlashga, “ hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun”, “ birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar “ maqolining hayotdagi isbotini ko’rsatish bilan o’quvchilarni birlashib, maslahatlashib, bir-birini fikrini hurmatlashga o’rgatish;
Do'stlaringiz bilan baham: |