Sana: 12,13,14,15 sentyabr 2011yil



Download 17,12 Mb.
bet8/92
Sana12.06.2022
Hajmi17,12 Mb.
#659184
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92
Bog'liq
8 sinf milliy istiqlol goyasi va mana

Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
a) salomlashish.
b) davomatni aniqlash. II. O’tilgan mavzuni takrorlash.

    1. Nima uchun dunyodagi har bir xalqni bunyodkor deb ataymiz?

    2. Dunyo kimni tan oladi?

    3. Insoniyat uchun bunyodkorlik ramziga aylangan qanday me’moriy mo‘jizalarni bilasiz?

    4. Biz qanday davlat va jamiyat quryapmiz?

    5. Huquqiy demokratik davlatning kuchayib borishi uchun biz nima qilishimiz kerak?

    6. Ota-onangiz sizga qanday yumush va kasb-hunarlarni o‘rgatgan?

    7. Siz do‘stlaringizda qanday bunyodkorlik fazilatlarini kuzatgansiz?

    8. Moddiy va ma’naviy bunyodkorlik salohiyatiga misollar keltiring

III. Yangi mavzuning bayoni
Aziz o‘quvchi, siz milliy g‘oya haqida, uning xalq, millat va jamiyat hayotidagi ahamiyati xususida 7-sinfda o‘tilgan darslarda atroflicha xabardor bo‘lgansiz. Agar o‘sha olgan bilimlarni qisqacha ifoda etadigan bo‘lsak, milliy g‘oya yuksak vazifalarni amalga oshirish, umumiy maqsadlarga erishish yo‘lida odamlar qalbida ishonch uyg‘otadigan, ularni birlashtiradigan, safarbar etadigan g‘oya yoki g‘oyalar tizimidir. Avvalo shuni bilingki, har qaysi mamlakatdagi milliy qadriyat va an’anaiar, moddiy va ma’naviy boyliklar qatori milliy g‘oyaning ijodkori ham o‘sha yerda yashab kelayotgan xalqdir. Shu ma’noda, milliy g‘oya o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi. U xalqning, millatning asrlar davomida orzu qilib, intilib kelgan maqsad-muddaolarining natijasi sifatida shakllanadi. Lekin bu shunchalik murakkab va qiyin kechadigan jarayonki, uni o‘zimizga to‘liq tasavvur etish uchun o‘sha xalq yoki millatning qadimiy va uzoq tarixini ko‘z o‘ngimizdan o‘tkazishimiz, tushunib, anglab yetishimiz kerak bo‘ladi. Bu haqda fikr yuritganda, avvalo bir haqiqatni esda tutishimiz lozim: bu dunyoda yaxshilikning dushmani ko‘p bo‘lgani kabi, ezgu fikr va g‘oyaning ham dushmani ko‘p bo‘ladi. O‘zimiz ham kundalik hayotda qancha qiyinchiliklarga duch kelamiz. Ba’zan umidsizlikka tushamiz. Ko‘nglimizdagi orzumizni amalga oshirishga kuchimiz, imkoniyatimiz yetishiga shubha qilib, ishonchsizlikka, tushkunlikka berilib qoladigan paytlarimiz ham bo‘ladi. Shunda bizga nima yordam beradi? Avvalo, yon-atrofimizdagi yaxshi insonlar: ota-onamiz, ustozlarimiz, aka yoki opalarimiz, yaqin do‘stlarimiz nasihat qilib, ko‘nglimizni ko‘tarib, ishonchimizga ishonch qo‘shadi. Yoki o‘qigan mazmunli kitobimiz, ko‘rgan kino, teatr asarlarimiz, ulardagi irodali insonlarning obrazlari xayolimizda qayta jonlanib, bizga dalda bergandek, hech qachon bo‘sh kelma, o‘zingni qo‘lga ol, deb ezgulikka da’vat etgandek bo‘ladi. Dunyodagi xalqlar ham o‘z tarixining dastlabki davrlarida goh tabiat qiyinchiliklariga, goh yon-atrofidagi yovuz kuchlarning bosqinchilik harakatlariga duch kelishadi. Ana shunday qaltis sinov onlarida ular o‘z uyi, oilasi va Vatani bilan birga, avlod-ajdodlari asrlar davomida asrab-avaylab kelgan ezgu his-tuyg‘ular, tushuncha va tasavvurlar, maqsad-muddolarni ham saqlab qolishga harakat qiladi. Ana shu buyuk ma’naviy boylikni har qanday og‘ir sharoitda saqlab qola olgan xalq va millatgina o‘zining milliy o‘zligi, tarixiy qiyofasini ham saqlab qolishga erishadi. Bunda unga milliy g‘oya katta yordam beradi. Chunki milliy g‘oya xalqning uzoq tarixi davomida qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tgani, uning irodasi yengilmas va mustahkam ekanini, ayni paytda kelajak avlodlar uchun ona Vatanni ozod va obod holda saqlab qolish zarurligini, jamiyatning kuchi uning birligi va hamjihatligida bo‘lishini doimo eslatib, millatning har bir vakiliga kuch-g‘ayrat bag‘ishlab turadi. Bizning milliy g‘oyamizning asosini yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi degan uchta buyuk maqsad tashkil etadi. Prezidentimiz Islom Karimovning bu haqda aytgan fikrlarini esda tuting: “Tabiiyki, milliy g‘oyamiz shu yurtda yashayotgan barcha odamlarning olijanob niyatlarini, hayotiy manfaatlarini mujassam etadigan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi degan yuksak tushunchalarai o‘z ichiga oladi”. Bizning milliy g‘oyamiz o‘zining shakllanish va rivojlanish tarixiga ega bo‘lib, zamon talablariga uyg‘un holda muttasil boyib, takomillashib boradigan tizimdir. Bu tizim tarkibida yana komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik (tolerantlik) kabi g‘oyalar muhim o‘rin tutadi. Dunyodagi har qanday milliy g‘oya kabi, bizning milliy g‘oyamizning ham tarixiy va falsafiy asbslari bor. Tarixiy va falsafiy asoslar deganda, milliy g‘oyamizning tarixiy, falsafiy va ma’naviy ma’no-mazmuni hamda xususiyatlarini belgilab beradigan manbalarni, uning qadimiy ildizlarini tushunamiz. Buni yodda tuting! Milliy g‘oyaning ma’no-mazmunini belgilaydigan asoslardan biri – bu xalqimizning qadimiy va boy tarixidir.Haqiqatan ham, yurtimizning ko‘p asrlik tarixiga nazar tashlar ekanmiz, unda milliy g‘oyamizning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradigan, xalqimizga asrlar davomida xos bo‘lgan orzu-intilishlarni ko‘ramiz. Xalqimizning doimo ozodlik va mustaqillikka intilib kelgani shular jumlasidandir. Ota-bobolarimiz hech qachon bosqinchi kuchlarga bo‘yin egmagan. Vatanimiz tuprog‘iga dushman bostirib kelganda, unga qarshi kurashga otlangan. Tariximizda bu haqiqatni tasdiqlaydigan misollar ko‘p. To‘maris va Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi mard va jasur ajdodlarimizning bosqinchilarga qarshi kurashlari misolida bunga ishonch hosil qilishimiz mumkin. Yoki so‘nggi mustamlakachilik davrida ma’rifatparvar jadid bobolarimizning ozodlik uchun harakat qilgani, o‘tgan asrning 80-yillari oxiri va 90-yillari boshida xalqimizning Prezident Islom Karimov rahbarligida istiqlol yo‘lida ulkan jasorat bilan kurash olib borib, yurtimizni o‘ta og‘ir bir sharoitda mustaqil deb e’lon qilgani ham tinch va erkin hayot qanchalik mashaqqatli kurashlar evaziga qo‘lga kiritilganini ko‘rsatadi. Milliy g‘oyaning tarixiy asoslari bunyodkorlik, mehnatsevarlik azal-azaldan xalqimizning bosh fazilati, ustuvor maqsadlaridan biri bo‘lib kelganidan dalolat beradi. Bizning qadimiy shaharlarimiz, dunyo miqyosida tan olingan me’moriy obidalarimiz, ajdbdlarimiz tomonidan yaratilgan «Avesto», “Shashmaqom”, “Alpomish” kabi ma’naviyat durdonalari xalqimizning bunyodkor intilishlari mahsuli. Ana shu intilishlar ham milliy g‘oyamizga asos bo‘lgan. Xalqimiz qadim-qadimdan farzand tarbiyasiga, oila mustahkamligiga katta ahamiyat berib keladi. Insonning shakllanishi va kamolga yetishida oilaviy muhit, ota-bobolardan meros an’analar g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Hayot sinovidan o‘tgan ana shu intilishlar ham milliy g‘oyamizning negizini belgilaydigan tamoyil va tushunchalardan hisoblanadi. Buni yodda tuting! Milliy g‘oyaning falsafiy asosini, avvalo, milliy-ijtimoiy tafakkurning mumtoz namunalari bo‘lgan dunyoviy bilimlar, jahon falsafasi durdonalari belgilaydi.Milliy-ijtimoiy tafakkurning mumtoz namunasi bo‘lgan dunyoviy bilimlar deganda, yon-atrofimizdagi olam, tabiat, ularning rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari, inson hamda jamiyat haqidagi zamonlar sinovidan o‘tib kelayotgan bilimlarni tushunamiz. Siz bu bilimlarni turli fanlar orqali o‘rganmoqdasiz. Ana shu bilimlar asosida dunyo haqidagi, inson va jamiyat to‘g‘risidagi tasavvurlaringiz kengayib boradi. Jahon falsafasi durdonalari deganda, insoniyat tafakkuri rivojiga katta hissa bo‘lib qo‘shilgan, asrlar davomida o‘z ahamiyatini yo‘qotmasdan kelayotgan muqaddas kitoblar, falsafiy asarlarni tushunamiz. Qur'oni karim va hadisi sharif hikmati, xalqimiz maqollari, afsona va rivoyatlari, qo‘shiqlaridagi chuqur ma’noli fikrlar, dunyo faylasuflarining mumtoz asarlari shular jumlasidandir. Buyuk donishmand ajdodlarimizning ozodlik to‘g‘risidagi g‘oyalari, inson va hayot haqidagi fikrlari ham jahon falsafasi durdonalari hisoblanadi. Ular ayni paytda milliy g‘oyamiz oziqlanadigan manba hamdir. Shu bilan birga, jahon falsafasidagi erkinlik va ozodlik, inson haq-huquqlari, adolatli demokratik jamiyat qurish haqidagi fikrlar ham milliy g‘oyani boyitishga xizmat qiladi. Milliy g‘oyaning ma’no-mazmuni, asosiy g‘oya va tamoyillari, falsafasi Prezident Islom Karimov asarlarida bugungi taraqqiyot talablari nuqtayi nazaridan har tomonlama asoslab berilgan. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng aynan Yurtboshimizning tashabbusi bilan milliy g‘oyamizni yuqorida tilga olingan asoslarni hisobga olgan holda shakllantirish masalasi kun tartibiga qo‘yildi. Mamlakatimizdagi taniqli olimlar, faylasuflar, siyosatshunoslar, yozuvchi va shoirlar Prezidentimiz asarlari asosida milliy g‘oyamizning asosiy tushuncha va tamoyillarini ishlab chiqishdi. Shu asosda 2000 yili “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasi nashr etildi va unda milliy g‘oyamizning ma’no-mazmuni ifoda etildi. Yurtboshimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida milliy g‘oyamiz haqidagi nazariy va amaliy fikrlar yanada boyitildi. Shuni esda tutingki, milliy g‘oya faqat bir millatga mansub bo‘lib qolmasdan, tabarruk diyorimiz – O‘zbekiston tuprog‘ida yashayotgan, uni o‘z ona Vatani deb biladigan barcha millat va elatlarga birdek daxldordir.

Download 17,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish