O‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish;
muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya qila bilish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;
media vositalardan zarur bo’lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish.
O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o’z-o’zini rivojlantirish, hayot davomida o’qib-o’rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;
ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;
I. Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy: O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.
b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish
v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.
II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar, globus, xarita.
V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.
VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:
Darsning texnik chizmasi:
VIII. Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX. O’tilgan mavzuni takrorlash
X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:
X X asr oxirlarida Fransiya. 1980-yillar oxirida Fransiya hukumati korxonalar, banklar va sug‘urta kompaniyalarini ommaviy xususiylashtirish siyosatini e’lon qilgan edi. Xususiylashtirish yo‘llaridan biri — korxonaning uning ishchilari tomonidan sotib olinishi bo‘ldi. Ishchilar soni 500 dan 1 ming nafargacha bo‘lgan korxonalarning chorak qismi shu yo‘l bilan sotib olindi. Iqtisodiy taraqqiyotning 1989 — 1992-yillarga moijallangan rejasi pul aylanishi barqarorligini ta’minlashni, inflatsiyaning pasayishini va iqtisodning raqobatbardoshligini qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutardi.
Fransiyani sotsialistlar boshqargan 1980 — 1990-yillar boshlarida xalqaro hayotda eng muhim voqealar sodir bo‘ldi: «sovuq urush» yakunlandi, Germaniya birlashdi, Sovet Ittifoqi va Yugoslaviya tarqalib ketdi, G‘arbiy Yevropa birlashdi. Fransiya prezidenti Fransua Mitteran va uning hukumati Germaniya bilan yaqinlashish va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining birlashishini o‘zining asosiy vazifasi deb bildi. Germaniya bilan birga Fransiya G ‘arbiy Yevropani birlashtirishning eng faol ishtirokchisi boidi. 1990-yil yanvarda Lyuksemburgning Shengen shahrida Fransiya hukumati Shengen kelishuvini imzoladi. Unga binoan Yevropa Iqtisodiy Hamkorligi (Y IH ) mamlakatlari fuqarolari vizasiz va bojxona nazoratisiz bir-biriga bemalol o‘tishi mumkin bo`ldi.
Postindustrial jamiyat. 1990-yillari Fransiyada postindustrial jamiyatning shakllanish jarayoni davom etdi. Ilmiy-texnik inqilobning shiddat bilan rivojlanishi Fransiyaning qiyofasini o4zgartirdi. Parij va boshqa yirik shaharlarda osmono‘par binolar paydo bo‘ldi. Butun mamlakatni avtomobil yo‘llari va soatiga 250 — 300 km tezlik bilan yuradigan temiryo‘l trassalari qamrab oldi. Angliya bilan hamkorlikda qurilgan La-Mansh bo‘g‘ozi ostidan o‘tgan temiryo‘l tonneli (Yevrotonnel) — X X asrning eng buyuk muhandislik yutuqlaridan biri 1994-yil may oyida tantanali ravishda ochildi.
Boshqa rivojlangan mamlakatlardagi singari Fransiyada ham elektronika, informatika va ular bilan bog‘ liq sanoat sohalari jadal rivolandi. Industrial jamiyatning ramzi boigan sanoat sohalari — metallurgiya, ko‘mir qazib ehiqarish kabi sohalar asta-sekin tushkunlikka yuz tutdi.
XXI asrda Fransiya. X X — X X I asrlar chegarasida Fransiya barcha muhim ko‘rsatkichlar bo"yicha dunyoning eng rivojlangan davlatlari qatoriga kirdi. Ammo 2008 — 2009-yillardagi jahon moliyaviy inqirozi Fransiya iqtisodiga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 2007-yili Fransiya prezidenti etib saylangan Nikolya Sarkozi o‘ng konservativ «Xalq harakati uchun ittifoq» partiyasining yetakchisi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |