O‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish;
muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya qila bilish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;
media vositalardan zarur bo’lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish.
O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o’z-o’zini rivojlantirish, hayot davomida o’qib-o’rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;
ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;
I. Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy: O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.
b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish
v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.
II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar, globus, xarita.
V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.
VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:
Darsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
daqiqa
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
daqiqa
|
Yangi mavzuni yoritish
|
daqiqa
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
daqiqa
|
Darsni yakunlash
|
daqiqa
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
daqiqa
| VIII. Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX. O’tilgan mavzuni takrorlash
X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:
1990-yillarda Italiya. Italiyada postindustrial jamiyatning asoslari o‘tgan asrning 80-yillarida shakllandi. Keng miqyosda sanoat ishlab chiqarishining texnik bazasi va texnologiyasini yangilash jarayoni — ishlab chiqarishga kompyuter boshqaruv tizimini joriy qilish, robotlardan keng foydalanish boshlandi. Eng asosiysi, bu jarayonning oldingi safida kichik korxonalar bordi.
1992-yil fevral oyida mamlakatda «Halol qo‘llar>> kampaniyasi boshlanib, hokimiyatning yuqori qatlami va asosiy partiyalar rahbariyatida ommaviy korrupsiya holatlari aniqlandi. Pora olish bilan bogiiq yangi siyosiy janjal avj oldi. Yirik tadbirkorlar, Xristian-demokratlar partiyasi (XDP) va Italiya sotsialistik partiyasi (ISP) yetakchilari, deputatlar va senatorlar, bir necha vazirlar tergovga tortildi. Italiya prezidenti F.Kossiga iste’foga chiqdi. Jami 20 ming kishi tergov ro‘yxatiga kiritildi. 1992-yil fevraldan boshlab ikki yil ichida poraxo‘rlikda ayblanib uch mingga yaqin kishi, jumladan, sobiq bosh vazirlar, parlament deputatlari, vazirlar qamoqqa olindi. Hokimiyatning oliy rahbariyati bilan mafiya o‘rtasidagi aloqani ochib tashlagan sud jarayoni butun jamiyatni hayratga soldi. Qarshilik harakati to‘lqinida shakllangan partiyaviy-siyosiy tizimning qulashi boshlandi. 1992-yilgi parlament saylovlari asosiy siyosiy partiyalar, jumladan, XDP va ISPning ham jamiyatdagi nufuzi pasayganligini ko‘rsatdi. 1993-yili XDP bazasida Italiya xalq partiyasi tuzildi. ISP tarqalib ketdi. 1994-yil martda boiib o‘tgan parlament saylovlari avvalgi partiyaviy tizimning qulaganligini namoyish qildi. Yangi, hali tanilmagan guruhlar: «O lg‘a, Italiya!», «Shimol ligasi», «M illiy alyans» — neofashistlar va o‘ng natsionalistlar birlashmasi oldingi maydonga chiqdi.Hukumatni «Shimol ligasi» va «Milliy alyans» koalitsiyasi asosida S.Berluskoni shakllantirdi. Hukumat 1994-yil oxirigacha tura oldi, xolos. Korrupsiyaga qarshi kurash e’lon qilgan S.Berluskonining o‘zi soliq qoidalarini buzganlikda ayblandi va iste’foga chiqdi. Italiyaning yangi hukumati partiyasiz-
lardan tashkil qilindi.1996-yildan hokimiyatda so‘1 markazchilar koalitsiyasi turdi. Biroq, ijtimoiy ta’minot tizimini o‘zgartirishga urinish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha koalitsiyada kelishmovchiliklar yuz berdi. Ayni paytda bir qator mafiya guruhlari boshliqlarining qamalishi jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Italiya XXI asrda. Zamonaviy Italiya — yuqori darajada rivojlangan industrial mamlakat. X X asrning so‘nggi yillarida va X X I asr boshlarida u o‘z taraqqiyotida sezilarli natijalarga erishdi. Inflatsiya ancha pasaydi, ishsizlik kamaydi, yangi korxonalar soni tez o‘sdi. Puxta o‘ylangan yoshlar siyosati olib borilmoqda. Faqat 1998-yili 12 ming kichik va o‘rta biznes korxonalari yaratilgan bo‘lib, ularning asosiy qismini yoshlarga qarashli firmalar tashkil qiladi. Ayni paytda Italiya yuqori texnologik mahsulotlar ishlab ehiqarish bo‘yicha yetakchi davlatlardan ortda qolmoqda.
So‘nggi o‘n yil ichida Italiyada Y IM o‘sishi o‘z beqarorligi bilan ajralib turadi. Bu faqat 2008 — 2009-yillardagi jahon moliyaviy inqirozi bilan bog‘liq bo‘lmasdan, Italiya iqtisodining o‘ziga xos tuzilishi bilan ham bog‘liq. Y IM kichik bo‘lsa-da, doimiy o‘sish xarakteriga ega. Ammo davlatning qarzi ham juda katta, hozir u YIM ga nisbatan 130% ni tashkil qiladi.
2014-yil fevral oyidan boshlab Italiya hukumatini boshqargan Matteo Rensi soliqlarni pasaytirish evaziga italyanlarning daromadini oshirish maqsadini e’lon qildi. U 2015-yildan ta’lim tizimini isloh qilishni ham boshladi. 2016-yil dekabrda bosh vazir
Do'stlaringiz bilan baham: |