O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma'naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqyea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
I. Darsning maqsadi:
«Davlat va huquq asoslari» o‘quv fanining o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir
a) Ta’limiy: O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.
b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish
v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.
II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.
VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:
Darsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
daqiqa
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
daqiqa
|
Yangi mavzuni yoritish
|
daqiqa
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
daqiqa
|
Darsni yakunlash
|
daqiqa
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
daqiqa
|
VIII. Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX. O’tilgan mavzuni takrorlash
X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI —
MAMLAKATNING ASOSIY QONUNI
Konstitutsiya har bir davlatning asosiy qonuni hisoblanadi. Uning normalari nafaqat davlat qurilishi, davlat hukumati va boshqaruvini tashkil qilish tamoyillarini, shu bilan birga ijtimoiy hayot normalarini ham tartibga soladi.Konstitutsiyada mustahkamlangan qoidalar yuridik asosni hosil qiladi, unga tayangan holda huquqning boshqa barcha tarmoqlari — fuqarolik, moliyaviy, jinoiy, mehnat va boshqalarning normalari yaratiladi. Barcha me’yoriy-huquqiy hujjatlar (qonunlar, farmonlar, qarorlar va hokazolar) Konstitutsiyaga asoslanadi. U barcha qonun hujjatlarining asosiy manbayi hisoblanadi.
Konstitutsiyada barcha joriy qonunlar uchun asosni tashkil qiladigan g‘oyalar va nizomlar mustahkamlangan. Har bir davlatning huquqiy tizimida Konstitutsiyaning ustuvorligi aynan shu bilan belgilanadi.Konstitutsiyaning yetakchi o‘rni shunda ham ko‘rinadiki, mazkur davlatning fuqarolari bilan birga davlat va uning organlari ham unga amal qilishga majbur. Huquq va davlatning aynan shunday mutanosibligida jamiyatda Konstitu tsiya va qonunlarning amaliy ijrosi ta’minlanadi.
Inson butun hayoti davomida qonunga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Kishi samolyotda uchganda, uy sotib olganda, mashina haydaganda, uylanganda, o‘qiganda yoki ishlaganda — shu singari hamma hollarda u yoki bu qonunlarga ishi tushadi.
XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Fanning metodologik poydevorini, nima tashkil etadi?
2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.
XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish
XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: huquq 10-sinf darsligi, qo`shmcha adabiyotlar.
O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _____ __________.
Sana ___ ______”______-yil DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI fani Sinf: 10_____
Mavzu: 7-§. Amaliy mashg’ulot 1
Do'stlaringiz bilan baham: |