O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma'naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqyea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
I. Darsning maqsadi:
«Davlat va huquq asoslari» o‘quv fanining o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir
a) Ta’limiy: O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.
b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish
v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.
II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.
VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:
Darsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
daqiqa
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
daqiqa
|
Yangi mavzuni yoritish
|
daqiqa
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
daqiqa
|
Darsni yakunlash
|
daqiqa
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
daqiqa
|
VIII. Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX. O’tilgan mavzuni takrorlash
X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:
KONSTITUTSIYAVIY TUZUMNING TARKIBI
Konstitutsiyaviy huquq sohasi har bir mamlakat milliy huquq sohasining tarkibiy qismi, davlat va jamiyat hayotining muhim jihatlari, asosiy ijtimoiy munosabatlar tizimi hisoblanadi. Ushbu ijtimoiy munosabatlar, o‘z navbatida jamiyat hayotining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ma’naviy sohalarida namoyon bo‘ladi.
Mamlakatimiz milliy huquq tizimida O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi deb keng ma’noda konstitutsiya va qonunlar asosida qurilgan, umuminsoniy qadriyatlar ustuvor deb topilgan xalqimizning hayot tarzi tushuniladi.Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi, ularda inson huquq va erkinligining eng oliy qadriyat sifatida mustahkamlanishi, xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan normalarining tan olinishi kabi qoidalar bugungi kunda
konstitutsionalizm ning asosi sifatida qaralmoqda.Konstitutsiyaviy huquq milliy huquq tizimidagi ko‘plab huquq tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Biroq ta’kidlash joizki, huquq fanida «konstitutsiyaviy huquq» atamasi turli ma’nolarda qo‘llaniladi. Bir tomondan, bu huquqning aniq
bir tarmog‘i, bunda «konstitutsiyaviy huquq» huquqning ko‘plab xilma-xil tarmoqlaridan biri sifatida qatnashadi. Ikkinchi tomondan, mazkur atama «konstitutsiyaviy huquq»ning yuridik fan tarkibiy qismi sifatidagi mazmunini ochib beradi. Uchinchidan esa, bu atama ostida ta’lim muassasalarida o‘rganiladigan o‘quv predmeti tushuniladi.
KONSTITUTSIYAVIY TUZUM VA KONSTITUTSIYAVIY
TAMOYILLAR
Konstitutsiyaviy tuzumning mazmun–mohiyatini anglash borasida konstitutsiya tomonidan o‘rnatilgan tamoyillar salmoqli ahamiyat kasb etadi.
Konstitutsiyaviy tamoyillarning ahamiyatli jihati yana shunda namoyon bo‘ladiki, ushbu tamoyillar shaxs, jamiyat va davlat munosabatlarining ustuvor yo‘nalishlarini, eng ahamiyatli jihatlarini o‘zida ifoda etadi. Birgina «davlat tuzumi» yoki «konstitutsiyaviy tuzum» deb ifodalanuvchi konstitutsiyaviy tushunchalarni qo‘llashda qaysi manfaatlar ilgari surilayotganligini ilg‘ab olish qiyin emas. Agar «davlat tuzumi» tushunchasining zamirida davlat manfaatlari yoki davlat hokimiyatining ustuvorligi kabi g‘oyalar mujassam bo‘lsa, «konstitutsiyaviy tuzum» tushunchasi asosan konstitutsiyaviy qoidalarning ustuvorligi, ya’ni konstitutsiya tamoyillarining amaliy ifodasini namoyon etadi va shu orqali konstitutsiyaviy-huquqiy munosabat himoya qilinayotganligi ko‘proq anglanadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi aniq ishlab chiqilgan tuzilmasi bilan ajralib turadi. Uning tuzilmaviy qismlariga muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob va 128 modda kiradi. Konstitutsiyamizning kirish qismi — muqaddimada O‘zbekiston xalqi inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish vazifasini nazarda tutishi ko‘rsatilgan.
KONSTITUTSIYAVIY TUZUM VA HUQUQIY TARTIBOT
Har bir davlatda huquq va tartibotning mavjudligi konstitutsiyaviy tuzumning kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Aslida ham bu ikki tushuncha bir-birining mavjudligini taqozo etadi. Konstitutsiyaviy tuzumning tarkibidan huquq-tartibot ham o‘rin oladi va o‘z o‘rnida konstitutsiyaviy tuzumning amalda bo‘lishini ta’minlaydi.
XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Fanning metodologik poydevorini, nima tashkil etadi?
2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.
XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish
XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: huquq 10-sinf darsligi, qo`shmcha adabiyotlar.
O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _____ __________.
Sana ___ ______”______-yil DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI fani Sinf: 10_____
Mavzu: 9-§. INSONPARVARLIK PRINSIPI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYAVIY TUZUMINING ASOSI
Do'stlaringiz bilan baham: |