O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma'naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqyea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
I. Darsning maqsadi:
«Davlat va huquq asoslari» o‘quv fanining o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir
a) Ta’limiy: O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.
b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish
v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.
II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.
VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:
Darsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
daqiqa
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
daqiqa
|
Yangi mavzuni yoritish
|
daqiqa
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
daqiqa
|
Darsni yakunlash
|
daqiqa
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
daqiqa
|
VIII. Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX. O’tilgan mavzuni takrorlash
X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:
UQAROLARNING HUQUQIY HOLATI
Fuqarolik instituti har bir suveren davlat uchun majburiy hisoblanadi. Fuqarolik jismoniy shaxslar va davlat o‘rtasida barqaror siyosiy-huquqiy aloqalar mavjudligini anglatadi. Fuqarolik shaxsning huquqiy holatini qonunan tartibga soladi va uning tegishli huquqlari va majburiyatlarini belgilab beradi.Biroq fuqarolik maqomi har bir insonga berilmaydi, chunki mamlakatda yashaydigan hamma odamlar ham uning fuqarolari hisoblanmaydi.Boshqa davlatlarda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham ma’lum hayotiy holatlardan kelib chiqib, vaqtinchalik yoki muntazam yashaydigan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan odamlar ko‘plab topiladi. Bu toifaga xorijiy fuqarolar hamda boshqa davlat fuqarosi ekanligini isbotlay olmaydigan fuqaroligi
bo‘lmagan shaxslar kiradi. Biroq O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishmasa ham, bu shaxslar uning qonunlariga rioya etishlari, Konstitutsiyada, qonunlarda va xalqaro shartnomalarda belgilangan majburiyatlarni bajarishlari shart.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
FUQAROLIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN
«O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi Qonun 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik to‘g‘risidagi qonunlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida qabul qilingan ushbu Qonundan va O‘zbekiston Respublikasining shu Qonunga muvofiq chiqariladigan boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGINI OLISH
«O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi Qonunda fuqarolikni olishning bir nechta asosi keltirilgan:
— tug‘ilganligi bo‘yicha;
— O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi natijasida;
— O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra;
— «O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.Bolaning tug‘ilishi tug‘ilgan davlati fuqaroligini o‘z-o‘zidan olish uchun tabiiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bola O‘zbekiston hududida yoki undan tashqarida tug‘ilganiga qaramay, agar uning ota-onasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lishsa, u o‘z-o‘zidan uning fuqaroligini oladi. Agar ota-onasidan biri O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmasa ham, bola O‘zbekiston fuqaroligini olishga haqli. Ota-onasi apat rid bo‘lib, ular doimo O‘zbekiston hududida yashashsa ham, bola O‘zbekiston fuqaroligini oladi. Hatto ota-onasi noma’lum bo‘lgan taqdirda ham bola o‘z-o‘zidan fuqarolikka ega bo‘ladi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGINING TO‘XTATILISHI
O‘zbekiston fuqaroligining to‘xtatilishiga quyidagilar asos bo‘ladi:
— davlat fuqaroligidan chiqish;
— fuqarolikning yo‘qotilishi oqibatida;
— O‘zbekiston xalqaro shartnomalarida nazarda tutgan boshqa asoslarga ko‘ra.
FUQAROLIKDAN CHIQISHNI TAQIQLASH
Iltimosnoma bilan murojaat qilgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan
yoki unga nisbatan ijro etiladigan sud hukmi kuchga kirgan hollarda fuqarolikdan chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi.Fuqarolikdan chiqishi O‘zbekiston davlat xavfsizligi manfaatlariga zid bo‘lgan taqdirda ham bunday iltimosnoma rad etiladi.
o‘lgan taqdirda ham bunday iltimosnoma rad etiladi.
FUQAROLIKNI YO‘QOTISH UCHUN ALOHIDA ASOSLAR
Qonunda shuningdek fuqarolikdan chiqishning alohida asoslari keltirilgan. Bunday asoslarga quyidagilar kiradi:— shaxs chet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati idoralariga, politsiyaga, adliya idoralariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa idoralariga ishga kirganligi natijasida;— agar chet elda doimiy yashovchi shaxs uch yil ichida uzrli sabablarsiz
konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa;— agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi yolg‘onligi shak-shubhasiz ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olingan bo‘lsa;
— agar shaxs chet davlat foydasini ko‘zlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan, shuningdek, terrorchilik tashkilotlarida ishtirok etgan bo‘lsa;
— agar shaxs chet davlatning fuqaroligini olgan bo‘lsa.
XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Fanning metodologik poydevorini, nima tashkil etadi?
2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.
XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish
XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: huquq 10-sinf darsligi, qo`shmcha adabiyotlar.
O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _____ __________.
Sana ___ ______”______-yil DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI fani Sinf: 10_____
Mavzu: 5-§. INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINI HIMOYALASH
MEXANIZMI
Do'stlaringiz bilan baham: |