rzda namoyon bo‘lganini ta’kidlash joiz.
Unda insonning faqat o‘ziga xos xususiyatlari emas, balki butun insoniyatga, jamiyatga, tabiatga, olam va odam munosabatlariga daxldorligi ham alohida e’tibor bilan tasvirlangan.
Bu tasvirlarning birortasi kishini befarq qoldirmaydi. Ular insondagi yaxshi fazilatlarning ko‘payishiga va, aksincha, yomon xus usiyatlarning bartaraf etilishi, yo‘qotilishiga undab
turadi. Inson ma’naviyatini boyitish uchun har qanday adabiyot emas, balki yuksak badiiyat talablariga javob bera oladigan asarlar zarur bo‘ladi. Badiiy asar ta’sirli va yaxshi bo‘lishi, u har qanday kitobxon qalbiga zavq-shavq bag‘ishlashi bilan birga ezgu o‘y hamda orzular yo‘liga yaqinlasht irishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |