Sana “ ” 201 yil


IV.Yangi mavzuning bayoni



Download 0,59 Mb.
bet97/192
Sana23.01.2022
Hajmi0,59 Mb.
#403161
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   192
Bog'liq
9-sinf jahon tarix.YANGI TAXRIRDAGI

IV.Yangi mavzuning bayoni. . Avstriya-Vengriya imperiyasi 1867- yilda Avstriya va Vengriyaning hukmron tabaqalari o`rtasidagi bitim asosida vujudga keldi. Imperiyaning Avstriya qirolligi tarkibiga Chexiya, Moraviya, Galitsiya va Bukovina, Vengriya tarkibiga esa Slovakiya, Xorvatiya va Transilvaniya kirgan. Shu yilning o`zida imperiyaning yangi konstitutsiyasi qabul qilingan. Unga ko`ra, imperiyaning umumiy hukmdori Avstriya imperatori bo`lgan. Imperator Gabsburglar sulolasi vakili edi. Sulola imperiyani 1867- yildan 1918- yilgacha boshqargan. Imperiya tashkil etilgan paytda imperator Frans Iosif edi. Avstriyada imperator hokimiyati rasman Reyxstag, Vengriyada esa Seym tomonidan cheklangan. Binobarin, Avstriya-Vengriya Konstitutsiyaviy monarxiya edi. Imperiya tashkil etilgach, quyidagi 3 ta umumimperiya vazirligi tashkil etilgan: 1. Tashqi ishlar. 2. Harbiy va dengiz. 3. Moliya. Boshqa vazirliklar imperiyaning har ikki qismida ham mustaqil faoliyat yuritganlar. Vengriya o`z parlamentiga, ijroiya hokimiyatga, siyosiy va ma'muriy muxtoriyatiga ega bo`lgan. Imperiyadagi 50 mln. aholining 30 millioni bo`ysundirilgan slavyan xalqlaridan iborat edi. Avstriya-Vengriyaning iqtisodiy taraqqiyoti. 1) XIX asrning so'nggi choragida Avstriya-Vengriya Yevropadagi eng qoloq mamlakatlardan biri edi. Mamlakatda feodalizm sarqitlarining saqlanib qolganligi ilg`or Yevropa mamlakatlariga nisbatan sanoat taraqqiyoti suriatlarining sekinlashuviga olib bordi. 90-yillarda shahar aholisi butun Avstriya-Vengriya aholisining faqat uchdan birini tashkil qilardi. Hatto imperiyaning eng rivojlangan qismi bo`lgan Avstriyada ham qishloq aholisi ko`pchilikni tashkil etar edi. Vengriya esa ko`proq agrar, yarim feodal mamlakatligicha qolaverdi. 1867- yilda tuzilgan Avstriya-Vengriya bitimi Vengriyaning iqtisodiy jihatdan rivojlanishi uchun malum turtki bo`ldi. Vengriya ko`miri bazasida sanoatning metallurgiya tarmog`i rivojlana boshladi. Lekin Vengriyaning asosiy sanoat tarmog`i oziq-ovqat sanoati bo`lib qolaverdi. 1898- yilda Vengriyaning un tortish, vino tayyorlash, qand va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo`yicha imperiyadagi hissasi 47,3 foizni tashkil etdi. Mamlakatning industrial tumanlari Quyi Avstriyada va Chexiyada ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi va monopoliyalarning vujudga kelish jarayoni jadallik bilan bordi. XX asr boshlariga kelib ssuda kapitali, asosan, Venadagi bir necha yirikbankda (Milliy, «Kreditanshtalt», «Bodenkreditanshtalt» va Vena banklari birlashmasida) to`plandi. Mamlakat hayotida moliya oligarxiyasining ta'siri kuchayib bordi. Ayni paytda, imperiya taraqqiyotining o`ziga xos yana bir xususiyatini uning chet el kapitaliga qaramligi kuchayib borganligi tashkil etdi. Fransiya, Belgiya, Germaniya banklari zayom berish, sanoatga mablag`lar solish bilan Avstriyani o`z kapitallari bilan to`ldirib yubordi. Ayniqsa, german kapitali ustunlikka erishdi. Avstriya-Vengriya sanoatining metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika va shu kabi tarmoqlari Germaniya firmalari tomonidan moliyaviy jihatdan ta'minlanib turildi. Nemis kapitahning to'qimachilik va mashinasozlik korxonalarida ham mavqeyi yuqori edi. Nemis kapitali qishloq xo`jaligiga ham suqilib kirdi. Avstriyaning 200 000 gektar yeri nemis pomeshchiklariga tegishli edi. V. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:

  1. Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.

  2. Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.


Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish