Germaniyada fashistlarning hokimiyatga kelishi va xalq aro muno sabat lar. 1933-yil yanvarda Germaniyada A. Gitler boshchiligidagi natsional-sotsialistik ishchi partiyasi hokimiyatga keldi. U Ger-
maniyaning Birinchi jahon urushidagi mag‘lubiyati uchun o‘ch olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan urush part iyasi edi
Ikkinchi jahon urushining boshlanishi. 1939-yil 1-sentabr kuni Germaniyaning Polshaga bostirib kirishi bilan Ikkinchi jahon urushi boshlandi va 1945-yil 2-sentabrgacha davom etdi. Polshaga yordam
berishni va’da qilgan Buyuk Britaniya va Fransiya 3-sentabr kuni Germaniyaga urush e’lon qildi.Sovet rahbarlari paytdan foydalanib qoldi. 1939-yil 17-sentabr kuni Polshaga sovet qo‘shinlari kiritildi. Germaniya bilan SSSR o‘rtasida do‘stlik shartnomasi imzolanib, unda Polsha davlati siyosiy xaritadan butunlay o‘chirib tashlandi.1939 – 1940-yillarda sovet – fi n urushi bo‘lib o‘tdi. Sovetlar juda katta yo‘qotishlar evaziga Kareliyani Viborg shahri bilan birga SSSR tarkibiga qo‘shib oldi. Ammo tezkor g‘alaba qilish va Finlandiyani qaram davlatga aylantirish rejasi amalga oshmadi. SSSR tajovuzkor davlat sifatida Millatlar Ligasi tarkibidan chiqarildi. 1940-yil martda SSSR Finlandiya bilan sulh tuzishga majbur bo‘ldi.1940-yil sentabrda Germaniya, Ya poniya va Italiya o‘rtasida harbiy
hamkorlik to‘g‘risida kelishuv – Uchlar pakti imzol andi. Tez orada bu pakt ga Vengriya, Ruminiya, Slovakiya va Bolgariya ham qo‘shildi. Germaniyaning SSSRga bostirib kirishi. Germaniya bilan SSSR o‘rtas idagi urush muqarrar bo‘lib, G‘arbiy Yevropaning egallanishini Gitler o‘zin ing asosiy rejasi – Sharqqa yurish uchun tayyorgarlik sifatida qarayot gan edi. Gitler SSSRni shidd at
bilan tor-mor qilishni ko‘zda tutgan «Barb arossa» rejasini tasdiqladi.1941-yili 22-iyunda Germaniya SSSRga bostirib kirdi. Germa niya ning hujumi SSSR uchun kutilmaganda yuz berganligi I. Stal inning eng yirik xatolaridan biri bo‘ldi.
Antigitler koalitsiyaning tuz ilishi. Germaniya SSSRga hujum boshlashi bilan Bu yuk Brit aniya bosh v aziri U. Cherchill va AQSH prezi denti F.D. Ruzv elt sovetlar bilan birdamligini e’lon qildi.
1941-yil avgustda AQSH va Buyuk Britaniya urush payti va undan keyingi hamkorlik tam oyillari to‘g‘risida deklarats iyani – Atlantik xar tiya ni imz oladi. Bu hujjatni imz olagan tomonlar hududiy va boshqa boyl iklarni egallab olishga intilmasl ik, xalqlarning o‘z boshqaruv shaklin i erkin tanl ash huquqini hurmat qilish, zo‘ravonlik yo‘li bilan suverenit eti dan mahr um qilingan xalqlarn ing o‘z huquqlarini tiklashga intilishini qo‘llab-quvvatlash majburi yati ni o‘z zimmasiga oldilar. 1941-yil sentabrda SSSR Atlantik xartiyaning asosiy tamoyill arini qabul qildi.Tinch okeanida Yaponiya boshl agan jangovar harakatlar AQSHning urushga qo‘shilis hini va ant igitler koalitsiyaning batamom shakllanishini tezlashtirdi.1941-yil dekabrda AQSHning urushga qo‘shilishi bilan antif as histik koalitsiya tashkiliy jihatdan rasmiyl ashtirildi. Koalitsiya a’zolari va Uchlar ittifoqiga qarshi urushay otgan boshqa davlatl ar hukumatlari Deklaratsiya imzoladilar. Unda dushman ust id an g‘alabaga erishish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar qilish, separat sulh tuzmaslik majburiyatla ri yuklandi, urushdan keyin dunyo tartibi At lan tik xartiya tamoyillari asosida o‘rnatilishi belgilab qo‘yildi. Urushning borishi. AQSH urushga qo‘shilishi bilan antigitle r koalitsiya davlatlari moddiy va insoniy resurslarda so‘zsiz ust unlikka erishdi.
1944-yili Sovet Ittifoqi o‘z hududini to‘liq ozod qildi, sov et qo‘shin lari Sharqiy Yevr opaga kirib keldi. 1944-yili ittif oqchilar Fransiyaning shimoli-g‘arbiga qo‘shin tushirib, Fransiya va Belgiyani ozod
qil di. Urush Germaniyaning o‘z hududl ariga yetib keldi. Fashizmga qarshi kurashda Italyan – German qo‘shinlari tomonid an zabt etilgan hududlardagi mill iy-vatanparvar kuchlari – general de Goll boshchiligidagi «Ozod Fran siya» Qarshilik harakati, I.B. Tito boshchiligi dagi Yugoslaviyaning ozodlik harakati katta rol o‘ynadi. Urush yillari gitlerc hilarga qarshi koalitsiya davlatlarining o‘zaro
munosabatlariga oid asos iy masalalar SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya liderlarining uchrashuvl arid a hal qilindi. Urush davomida shunday uchras huvlar uchta– T ehronda (1943), Qrim (Yalta)da (1945-yil, fevral), Potsdamda (1945-yil, iyul-avgust) bo‘lib o‘tdi.Germaniyaning taslim bo‘lishi. 1945-yil 16-apreldan 2-maygacha Berlin operatsiyasi amalga oshirilib, shu vaqt ichida Uchinchi reyxning poyt axti o‘rab olindi va shturm bilan zabt etildi. Reyxstag ustida sovetl arning qizil bayrog‘i o‘rnatildi.1945-yil 8-may kuni Oliy bosh qo‘mondon o‘rinbosari G.K. Jukov Sovet Ittifoqi nomidan Germaniyaning so‘zsiz taslim bo‘lganligi to‘g‘risidagi aktni imzoladi. 9-may SSSRda «G‘alaba kuni» deb e’lon qilindi. Urush yillari SSSR tarkibida bo‘lgan O‘zbekiston ham fashizmga qars hi kurashda faol ishtirok etdi. Harbiy xizmatga chaqir ilganlarning bir qismi halok bo‘ldi, o‘n minglab kishilar bedarak yo‘qoldi, nogiron bo‘lib qaytdi. Frontda qahramonlik ko‘rs atgan yuzlab o‘zbekistonliklar Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga, orden va medallarga sazov or bo‘ldi lar. Urush yillari front oldi hududlaridan 1 mln. dan oshiq kishi O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi, shundan 200 mingdan oshig‘i bolalar edi. Ular o‘zbek oilalarida boshpana va mehr topdi. Bundan tashqari, SSSRning frontga yaqin hududl aridan bir qancha sanoat korxona lari O‘zbekistonga ko‘chirib keltirildi. Ular front uchun harbiy mahsulotlar yetkazib berdi. Urush yillari o‘zbek xalqi juda katta matonat namunasini ko‘rsatdi.