Samsung kompaniyasi tarixi. Samsung haqida siz bilgan va bilmagan faktlar. “Samsung” kompaniyasi haqida nimalarni bilasiz?


Samsung Group Koreya YIMning katta qismini tashkil qiladi



Download 0,92 Mb.
bet5/6
Sana28.10.2022
Hajmi0,92 Mb.
#857434
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot

Samsung Group Koreya YIMning katta qismini tashkil qiladi.
Hozirgina Samsung Group tarkibiga qancha kompaniya va ishchi xodim kirishi haqida ma’lumot berib o‘tdik.
Bularning barchasi Samsung, o‘zi joylashgan Janubiy Koreya davlati yalpi ichki mahsulotining anchagina qismini tashkil etishini anglatadi, albatta. 2017 yilda CNN nashri Samsung Group Koreya YIMning 15% ulushiga egalik qilishi haqida ma’lumot bergan edi. Hozirda esa, Koreya fond birjasida Samsung Groupning subsidiyalari 20% ulushga ega. Bu ulushning katta qismini esa birgina Samsung Electronics bo‘limi tashkil qiladi.
Samsung”ning elektronika sohasiga kirib kelishi 1970-yilgi oq-qora televizor bilan bo‘ldi.

Samsung yaratgan ilk elektron qurilma bu 1970-yilgi rangsiz televizor edi. Keyingi o‘n yilliklar ichida esa kompaniya sezilarli darajada kengayib, o‘zining 1986-yilgi avtomobilga o‘rnatiluvchi telefoni bilan mobil olamga qadam tashladi. Kompaniyaning dastlabki oynai jahon qurilmalarini iste’molchilar iliq kutib oldi, biroq telefon apparati esa tijoriy jihatdan muvaffaqqiyatsiz bo‘ldi.
Samsung” logosi atigi 3 marta o‘zgartirilgan.

Kompaniya logosi 70-yillardan oldin bir necha marta o‘zgartirilgan bo‘lsa-da, bu davrdan so‘ng, ancha barqaror bo‘lib keldi. 1993-yilda hozirgi logotip yaratilgan, shu bilan Samsung o‘z logotipini 3 marta o‘zgartirgan, xolos.
Samsung Electronics kompaniyasining haqiqiy faoliyati 1993-yilda boshlangan.
Samsung bir necha o‘n yillardan buyon elektronika mahsulotlari biznesi bilan shug‘ullanib kelayotgan bo‘lsa-da, faqatgina 1993-yilga kelib kompaniya Raisi Li Kun Hi tashabbusi bilan mahsulot sifatini ta’minlashni eng ahamiyatli jihatga aylantirish siyosati ilgari surildi. Ilk CDMA telefon.

1996-yilda Samsung CDMA texnologiyasidan foydalanuvchi dunyodagi birinchi SCH-100 telefon modelini yaratdi. Foydalanuvchiga unchalik ham ko‘p qulaylik yaratmaydigan, GSMdek darajada emas, deb baholangan bo‘lsa-da, o‘sha davr uchun yangi standart bo‘lgan CDMAning GSMdan ba’zi afzalliklari bor edi. Ilk soat-telefon.
Hozir smartfoningizni “bezovta qilmas”dan zamonaviy qurilmalar vositasida SMS xabar yozishingiz yoki telefon qo‘ng‘irog‘i amalga oshirishingiz mumkin, biroq aslida soat-telefonlar bozori, ancha oldin 1999-yilda boshlangan. O‘ziga xos bu soat-telefonda nafaqat vaqtni ko‘rish, balki 90 daqiqagacha telefon qo‘ng‘irog‘ini amalga oshirish mumkin bo‘lgan. Akkumulyator shu funksiyalarga xizmat qila olardi, xolos. Bu gadjetning ekraniga to‘xtalsak, soatga LCD tipdagi ortdan yorituvchi monoxrom displey o‘rnatilgan. Klavishli tugmalar ham bo‘lgan. Eng qizig‘i, xotirada saqlangan kontaktlarga ovozli buyruq orqali qo‘ng‘iroq qilish ham mumkin edi.
Samsung”ning smartfon ishlab chiqarishi Android yoki IOS chiqarilishidan oldin boshlangan.
Samsung smartfon ishlab chiqarishda ilk bo‘lmasligi mumkin, biroq kompaniya bu sanoatga birinchilardan bo‘lib jiddiy kirishganligi bilan ahamiyatlidir. 2001-yilda koreys kompaniyasi AQSh bozorida rangli displeyli ilk cho‘ntak kompyuterini namoyish qildi. CPH-i300 nomini olgan qurilma Sprint telekommunikatsiya tarmog‘i uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Palm nomli operatsion tizimda ishlagan. Unda odatiy cho‘ntak kompyuterlarining barcha funksiyalari va bunga qo‘shimcha ravishda telefon qo‘ng‘irog‘ini amalga oshirish imkoni ham bor edi.
Samsung”ning eng ko‘p sotilgan telefoni E1100 dir.
“Samsung”ning eng ko‘p sotilgan telefoni siz taxmin qilgan telefon bo‘lmasligi mumkin: 2009-yili chiqarilgan E1110 modeli dunyo bozorini zabt etgan. 2012-yilda bu modelning ishlab chiqarilishi to‘xtatilgunga qadar 150 mln dona qurilma sotilgan. Bu ko‘rsatkich bilan esa E1110 butun dunyodagi eng ko‘p sotilgan sakkizinchi telefon bo‘lgan.
Samsung”ning eng ko‘p sotilgan smartfoni - Galaxy S4.
Samsung ishlab chiqargan ikkinchi eng muvaffaqiyatli
telefon bu butun dunyoda xaridlar soni bo‘yicha 14-o‘rinda turuvchi – Galaxy S4dir. Smartfonni 80 mln foydalanuvchi xarid qilgan, bu ko‘rsatkich bilan esa u Samsungning smartfon sohasidagi o‘z rekordi bo‘ldi. Ta’kidlash kerakki, aqlli telefonlar savdosida hozirgacha S4 eng ko‘p sotilganlik reytingida iPhone 6, iPhone 6 Plus va Symbian OTida ishlovchi Nokia 5230 dan keyingi 3-o‘rinni egallab kelmoqda.
Samsung” haqida faktlar:
- 1930-yillari koreyalik ishbilarmon Li Byon Chxol guruch uni ishlab chiqarish ishiga kirishadi. Tegu shahrida uncha katta bo‘lmagan ombor quradi. Ana shu ombor “Samsung” kompaniyasiga tamal toshi bo‘ladi.
- Kompaniya 1938-yilda “Samsung Trading Company” savdo belgisi bilan ro‘yhatdan o‘tdi.
- Samsung 1983-yildan shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarila boshlandi.
- 1991 – 1992 yillarda shaxsiy mobil vositalar va mobil telefonlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
- 1999-yili konsern elektron maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha «Forbes Global» jurnalining mukofotiga sazovor bo‘ldi.
- Konsernga tegishli LCD monitorlari va televizorlar ishlab chiqaradigan zavodlar Janubiy Koreya – Suvon shahri (1981), Vengriya (1990), Malayziya (1995), Buyuk Britaniya (1995), Meksika (1998), Xitoy (1998), Braziliya (1998), Slovakiya (2002), Hindiston (2001), Vetnam (2001), Tailand (2001) va Ispaniyada (2001) faoliyat yuritadi. Bu tarmoq kompaniyaga yiliga 5 mlrd. AQSh dollari olib keladi.
- “Interbrand” konsalting kompaniyasi o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, “Samsung” kompaniyasi savdo belgisining qiymati bo‘yicha dunyoda 21-o‘rinda turadi. Uning asosiy raqobatchisi “Sony” esa 25-o‘rinda. 1995-yilgacha o‘zgarish bo‘lmadi... 1995-yilga kelib, kompaniyada hali hanuz hech qanday o‘zgarish sodir bo‘lmagan
edi va janob Li mahsulot sifatidan qoniqish hosil qilmaydi. O‘z siyosatini amalga oshirish uchun u o‘zlari ishlab chiqargan telefon, televizor, faks apparat va boshqa texnikalarni bir joyga tog‘dek qilib yig‘diradi. So‘ng, direktorlar kengashidagilar bilan bu texnikalarning har birini bolg‘a va boshqa qurollar yordamida parcha-parcha qilib tashlaydi. Li bu voqeani tomosha qilish uchun 2000 nafar xodimini ham o‘sh joyga chaqirtirib, hozir qilgandi. Bu voqea natijasida 50 mln dollar miqdoridagi qurilmaviy ta’minot vositalari kuli ko‘kka sovurilgan va talafot yangi Samsung'ning dunyoga kelishiga sabab bo‘ldi. Shundan so‘nggina "Uch yulduz" uchun yangi boshqaruv davri boshlandi, izchil rivojlanish kuzatildi, jahon bozorlarida ham muvaffaqiyatlarga erishildi va keyingi o‘n yilliklar ichida ham shunday bo‘lib qoldi.

Samsung mijozlari janob Li va o‘sha voqeada ishtirok etgan boshqa dirketorlarga minnatdorchilik bildirishlari kerak. Sababi aynan ularning tavakkal qilishga bo‘lgan jasorati bugun mijozlar foydalanayotgan sifatli mahsulotlar sababchisidir. O‘sha kundan boshlab, kompaniya elektronika sanoatida o‘z innovatsiyalari bilan ko‘plab marotaba pionerlik qilib kelmoqda. Samsung Android'ni sotib olishi mumkin edi, lekin. . . Android fonlar haqida gapirar ekanmiz, bir jihat e’tiborga molikdir: Samsung'da Android startapini sotib olish imkoni bor edi, biroq buni qo‘ldan boy bergan.

O‘zining «Dahanaki jang: Apple va Google'ning janjallashishi va revolyusiya boshlashi» nomli kitobida Fred Vogelshteyn (Fred Vogelstein) 2004-yilda Android startapi ustida ishlayotgan jamoaning loyihani davom ettirish uchun mablag‘ qidirgan paytlari haqida so‘z borgan.


Loyihaning 8 nafar barcha a’zosi Janubiy Koreyaga Samsung'ning 20 nafar ijrochi direktori bilan uchrshishga boradi. Jamoa direktorlar kengashiga o‘zining mobil telefonlar uchun operatsion tizim ishlab chiqish g‘oyasini ma’lum qiladi.

Biroq Android yaratuvchilaridan biri Endi Rubin (Andy Rubin)ning so‘zlariga ko‘ra, taqdimotdan so‘ng Samsung'dagilar bir og‘iz ham gapirmagan. Direktorlar bunday kichik startap bilan operatsion tizim yaratish mumkinligiga ishonchsizlik bilan qarashgan. Ikki haftadan so‘ng esa jamoadagilar ayni taklifni Google'ga kiritadi va shunday qilib Google startapni 50 mln dollarga xarid qiladi. Keyingi yillar davomida Android jamoasi va Google hamkorlikda ishlab, OTni yaratdi. 2008-yil oktabr oyida tizim butun dunyoga namoyish qilindi. Samsung o‘sha paytda Android'ni sotib olganda qanday o‘zgarishlar yuz bergan bo‘lishini bir o‘ylab ko‘rish kerak. Lekin bir narsa aniqki, agar xarid amalga oshirilganida, Android'ni hozir Google emas, balki Samsung boshqarayotgan bo‘lardi.

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish