Elektron sanoat.
Konsernning 70 foizdan ortiq savdosi elektron sanoat sohasiga to’g’ri keladi.
Mazkur bo’linma kompaniyalari:
•Samsung Electronics
• Samsung SDI
• Samsung Electro-Mechanics
• Samsung SDS
• Samsung Networks
Kompaniyaning elektron sanoati bo’linmalari butun dunyoda faoliyat olib boradi, mahsulotlarning ko’p qismi eksport qilinadi.
1969-yilda tashkil etilgan Samsung Electronics kompaniyasi kichik bir eksport korxonasidan to katta elektron mahsulotlar kompaniyasigacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdi. Hozirgi kunda kompaniya turli kategoriyadagi eng yaxshi mahsulotlar ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.
Bugun Samsung Electronics — yarimo’tkazgichli va telekommunikatsiya uskunalar sohasida hamda raqamli texnologiyalar sohasida jahonda yetakchilardan hisoblanadi. Kompaniya ofislari jahonning 57ta mamlakatlari hududlarida mavjud, ularda 70 mingga yaqin ishchi-xodim mehnat qiladi. Kompaniyaning sof daromadi 2013-yilda $7,6 milliard tashil etib, smartfonlar ishlab chiqarishdagi asosiy raqobatchisi Appleni ortda qoldirib ketishga erishdi.
Gartner kompaniyasi ma’lumotlariga ko’ra, hozirda Smartfon bozorining 31,1 foizini Samsung , 15,6 foizini Apple, qolgan 53,3 foizni esa ZTE, Heawai, HTC, LG va boshqa kompaniyalar egallab turibdi.
"Samsung Electronics" 2005 yildan " Chelsi ” futbol jamoasining (Angliya) nishon homiysi hisoblanadi. Shu davrdan boshlab jamoa futbolchilari ko’kragiga kompaniya belgisi tushirilgan moviy-oq rangli kiyimda maydonga tushadi. Shartnoma 2010 yili nihoyasiga etgach, yana uch yilga uzaytirildi.
“ Samsung” kompaniyasi haqida nimalarni bilasiz?
Eng yirik kompaniyalardan biri bo‘lgan “Samsung”- mobil va elektronika sohasida gigant kompaniyaga aylanib ulgurgan. 1938-yilda asos solingan kompaniya mana shu davrga qadar katta o‘zgarishlarni boshdan kechirdi, shuningdek, butun dunyo bozorlariga innovatsiyalarni olib kirgani holda ulkan burilishlarga sabab bo‘ldi.
Kompaniya asoschisi Li Bying-chul kompaniyaning katta ahamiyat kasb etishiga ishonardi. “Samsung” nomi ham aynan shu maqsadni o‘zida aks ettirgan. Koreys tilida “Uch yulduz” ma’nosidagi brend nomi ushbu xalq madaniyatida katta, ulkan va qudratli kabi tushunchalar ramzi sanaladi.
“Samsung”ning ishchilari soni 489 mingdan ziyod.
Balkim, bundan xabardorsiz, balkim yo‘q, lekin koreys korporatsiyasi faqatgina elektronika yoki mobil qurilmalar bilan cheklanib qolgan emas. Samsung Groupga qarashli listingi o‘tkazilmagan 59 ta va listing qilingan 19 ta kompaniya mavjud bo‘lib, ularning hammasi, asosan, Koreya fond birjasida savdo qiladi. Bular qatoriga qurilishdan tortib, moliya, kemasozlik va hattoki tibbiyot sohasiga ixtisoslashgan kompaniyalar ham kiradi. Yuqoridagi tarmoq korxonalari ishchilarining umumiy soni 80 ta mamlakat bo‘ylab 489,000 dan ortiq xodimlarni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |