SAMARQAND VILOYATI
TOYLOQ TUMANI XALQ TA’LIMI BO’LIMIGA
QARASHLI 18-UMUMTA’LIM MAKTAB
O’qituvchi: ASADULLAYEVA ZAHRO
Fan: Alifbe
Mavzu: M tovushi va M m harflari
Sinf: 1-sinf
Mavzu: Sodda fazoviy shakllar
Dars maqsadi:
O’quvchilarga fazoviy shakllar haqida tushuncha beriladi va 1 dan 3 gacha bo’lgan sonlarni to’gri sanashni o’rganadilar.
Vazifalar:
Ta’limiy: bilim: 3 ichida to’g’ri
va teskari sanashni o’rganadilar;
ko’nikma: 3 ichida sonlarni xonadan
o’tmasdan qo’shish va ayirish amallarini
bajarish ko’nikmalari rivojlanadi;
malaka: o’quvchilarda og’zaki hisob malakalari
shakllanadi;
Tarbiyaviy:o’quvchilarda mustaqillik, qa’tiyatlilik,
ishchanlik kabi xarakter xususiyatlarini tarbiyalash
Korreksion maqsad: Fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, xotirani mustaxkamlash va diqqatni jamlash.
Dars turi:Yangi bilim beruvchi
Dars uslubi: Noa’nanaviy
Dars jihozi: Darslik, didaktik tarqatmalar,sanoq cho’plar, mavzuga oid rangli rasmlar ,hisobcho’ti,rag’barlantiruvchi tarqatmalar,kubiklar, video proyektor,multimediyali ilovalar.
Darsning borishi :
I.Tashkiliy qism
a) salomlashish
b)sana,ob-havo,fasl haqida suhbatlashish.
II.O’tilgan mavzuni mustahkamlash:
-Avvalgi darslarimizda biz sizlar bilan 2 sonini hosil qilishni o’rgangan edik.Qani, 2 gacha to’g’ri va teskari tartibda sanaymiz:
1,2 2,1
Turli fazoviy shakllar
1 soni haqida sh’er eshitamiz:
Bir degan sanoq sonman,
Sanash uchun osonman,
Bitta yurak,bitta bos
Bitta oyu,bitta quyosh.
Yozishga ham o’ng’ayman
Qoziqchaga o’xshayman.
Rasmlar yordamida sanash:
2 soni nima deydi ?
Ikki degan nomim bor,
Ikki birdan men tayyor,
Ikki qo’l ,ikki oyoq,
Ikki ko’z,ikki quloq. Ota-ona ikki jon
Ikkisi ham mehribon.
Juft bo’ladi ikki to’g’,
Buni yaxshi bil o'rtoq!
Rasmdagi predmetlar yordamida sanash;
O’quvchilar diqqatini jamlash maqsadida sanoqqa doir multfilm parchasini namoyish qilish.
III.Yangi mavzuni tushuntirish:
O’quvchilarga 3 soni va raqami haqida tushuncha berish.
Meni derlar uch soni,
Mukammal va ma’noli
Bo’lsam hamki nomim uch
Mujassamdir menda kuch.
Sanoq cho’plar orqali 3 sonini va uchburchak shaklini hosil qilamiz.Qani, kim menga 3 gacha to’g’ri va teskari sanab beradi?
O’quvchi:1,2,3
O’quvchi: 3,2,1
Ko’rgazmadagi olmalarni nechtaligini sanash.
1 2 3
O’quvchilar bilan birgalikda “Sonning qo’shnisini toping” didaktik o’yinini multimediyali ilova orqali o’ynash.O’quvchilarga 1,2,3 nomlari beriladi,o’quvchilar sanoq tartibida joylarini egallashlari kerak.
O’quvchilar tafakkurini rivojlantirish maqsadida
“2 kuchukcha va sichqon” ertagidan parcha namoyish qilish.
Ekrandagi quyon,jo’ja.olma,tarvuz,nok,choynak rasmlari orqali 3 sonini hosil qilishga doir og’zaki misollar tuzish va yechish.
1+2=3 2+1=3
3-2=1 3-1=2
Dam olish daqiqasi o’tkazish.
IV.Mustahkamlash
O’quvchilarga 3 sonini yozilishini ekranda ko’rsatish.Birgalikda havoda va doskada yozishni mashq qilish.Daftarlariga musiqa tinglab ,
3 sonini yozdirish:
3, 3, 3, 3, 3, 3 ,3, 3, 3, 3, 3,3, 3, 3, 3, 3, 3, 3
Xotirani mustahkamlash va rahglarni to’g’ri ajratish maqsadida “Soyabonni bo’ya” mashqini bajartirish.
V.Yakuniy qism.
a) Faol ishtirok etgan o’quvchilarni rag’batlantirish
b)Uyga vazifa:1dan 3 gacha to’g’ri sanash va yozish
1,2,3.
Do'stlaringiz bilan baham: |