Bunda o`qituvchi baholanayotgan o`quvchilarni davraga chorlab, bir-birlarining qo`llarini zanjir shaklda ushlashni buyuradi. So`ng ularga “Sohibqiron”dramasining qahramonlarini aytishni buyuradi. O`quvchilar soat strelkasi bo`yicha o`sha asar qahramonlarini ayta boshlaydi. Navbati kelgan o`quvchining javobi bo`lmasa, o`yindan chiqariladi.
«Muzyorar» mashqlar (fikrlarni erkin bayon etishga, samimiy, o‘zaro iliq munosabatlarni yaratishga yordam beradi). Bunda o’quvchilar ixtiyoriy sherigi bilan birgalikda asar matnida uchraydigan til xususiyatlarini topishga harakat qiladilar. O’qituvchi tomonidan maxsus topshiriqli savollar beriladi va belgilangan vaqtda o’quvchilar uni bajarib oz’ fikr-mulohazalarini erkin bayon etishadi.
Savollar:
“Sohibqiron” dramasidan uchraydigan maqollardan misol keltiring va izohlang.
drama matnida qo’llangan iboralarnng tahlilini erkin bayon eting.
dramada qanday antonym so’zlarni uchratdingiz?
Asar matnida sinonim so’zlardan misollar keltiring va sharhlang.
Asarda qanday tarixiy so’zlardan foydalanilgan?
“Kichik guruhlarda ishlash” metodi
Ushbu metod tahsil oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga ajratgan holda o`quv materiallarini o`rganish yo`li topshirig`ini bajarishga qaratilgan metod bo’lib, bizning mavzuni o’qitishda ham katta samara beradi. Kichik guruhlarga bo’lingan o’quvchilarga maxsus topshiriq beriladi va natijasi nazorat qilinadi.
1-guruh
2-guruh
3-guruh
“Klaster” usuli
FIKRLARNING TARMOQLANISHI - pedagogik strategiya bo‘lib, u o‘quvchilarning biron-bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, ularni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrlarni erkin va ochiq uzviy bog‘lagan ketma-ketlikda tarmoqlashni o‘rgatadi. “Sohibqiron” dramasi matni bilan ishlashda ham ushbu metos yuqori samara beradi.
XULOSA
A.Oripovning “Sohibqiron” dramasi ulug’ bobokalonimiz A. Temurning hayot yo’lini aks ettirgan voqealarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lib katta tarixiy haqiqatlarni namoyon etadi. Keyingi yillarda adabiyot darsliklarida maktab o’quvchilariga ushbu asarning o’qitilishi ham yuqoridagi fikrlarga hamohanglikni kasb etadi. Asar yozuvchi tomonidan yuksak badiiy mahorat bilan yozilgnki, o’quvchi uni o’qishi bilan tarix ko’z o’ngida gavdalanadi. qahramonlar kechinmalari, his-tuyg’ulati, holati juda ajoyib tasviriy vositalar biln yozilgan, uni o’qiyotgan kitobxon beixiyor o’sha muhit, o’sha holatga tushib qoladi va unda yashay boshlaydi. Bu esa yozuvchining til mahorati yuksak ekanligidan dalolat beradi.
Endilikda til ta’limini o’rganishda matn bilan ishlash masalasi ilgarilab bormoqda. O’quvchilarni mustaqil tahlilga o’rgatish orqali ham ularning Grammatik bilimlarini mustahkamlashga, ham asar syujeti bilan tanishishga, uning tub mohiyatini anglashiga ko’maklashgan bo’lamiz. Xuddi shu maqsadda yuqorida A.Oripovning “Sohibqiron”dramasining til xususiyatlari bilan bog’liq ayrim tahlillarni va ularni o’quvchilarga o’qitish usullarini keltirib o’dik.