Samarqand viloyati Samarqand shahri


-bob. Bank xodimlarining odob-axloq qoidalari



Download 32,48 Kb.
bet13/13
Sana13.01.2022
Hajmi32,48 Kb.
#357026
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2 5458527670822245380

6-bob. Bank xodimlarining odob-axloq qoidalari

37. Kengash bankda yagona korporativ madaniyatni yaratish maqsadida:bank faoliyati qonuniy va odob-axloq qoidalari asosida yuritilishi uchun korporativ qadriyatlar va standartlarini o‘z ichiga olgan bankning odob-axloq kodeksini qabul qilishi va ularda belgilangan qoidalarga barcha xodimlar, shu jumladan, bankning boshqaruv organlari tomonidan rioya etilishini ta’minlashi;korporativ qadriyatlar va standartlari, odob-axloq kodeksi hamda bank tomonidan ishlab chiqilgan tegishli siyosatlar barcha xodimlarga tushuntirilishi va ijro uchun yetkazilishi ustidan nazorat qilishi;nomaqbul xatti-harakat va (yoki) qoidabuzarlikni amalga oshirgan xodimlar, shu jumladan, bank boshqaruviga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi lozim.

38. Odob-axloq kodeksi korporativ boshqaruvning quyidagi jihatlarini o‘z ichiga olishi lozim:kengash, boshqaruv va boshqa xodimlar uchun majburiy hisoblangan odob-axloq qoidalari hamda ularni buzganlik uchun tegishli choralar;noqonuniy va nomaqbul faoliyat yoki xatti-harakatlar, shu jumladan, noto‘g‘ri moliyaviy va statistik hisobotlarni taqdim etish, manipulatsiya qilish yoki bunga urinish, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qo‘llanilgan choralarga rioya qilmaslik, shuningdek, insofsiz raqobat va korrupsiya holatlarining taqiqlanishi va ular yuzasidan ko‘riladigan choralar;

iste’molchilar huquqlarini buzish, shu jumladan, bank xizmatlarini ko‘rsatishda mijozlarni chalg‘itishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha talablar;kengashi,boshqaruv va boshqa xodimlar tomonidan bankning mulkiga zarar yetkazilishining oldini olish tartibi;kengash, boshqaruv va boshqa xodimlarning xizmat mavqeyidan foydalangan holda shaxsiy ustunlikni qo‘lga kiritish yoki bunday ustunlikni uchinchi shaxslarga taqdim etish uchun foydalanishlariga taqiqlar;korrupsiya haqida xabar berish mexanizmi;konfidensial axborotni qayta ishlash, saqlash va tarqatish tamoyillari;xodimlarning rahbar xodimlar tomonidan noqonuniy, nomaqbul yoki shubhali xatti-harakati yuzasidan fikrlarini yetkazish imkoniyatini yaratuvchi va bunda rahbarlarning mazkur xodimga nisbatan salbiy ta’siridan himoyalash mexanizmi.

39. Odob-axloq kodeksiga bank tashkiliy tuzilmasining barcha pog‘onalaridagi xodimlari, shu jumladan, kengash va boshqaruv a’zolari rioya etishlari zarur.

40. Odob-axloq kodeksida kengash va boshqaruv a’zolari hamda boshqa barcha xodimlar o‘z faoliyatini odob-axloq normalari asosida olib borishi hamda mas’uliyatni his qilgan holda javobgarlikni, jonkuyarlikni va sodiqlikni namoyon qilgan holda faoliyatini amalga oshirishi belgilab berilishi lozim.

41. Bankda qonunchilik hujjatlari va odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakat sodir bo‘lganda, tegishli choralarni o‘z vaqtida ko‘rish maqsadida noo‘rin xatti-harakatlarni aniqlash va ular haqida xabar berishning samarali tizimi ishlab chiqilishi va amaliyotga joriy etilishi lozim.Mazkur tizim xodimlarga bankda sodir bo‘lgan noo‘rin va qonunga xilof xatti-harakatlar to‘g‘risida maxfiylik va xavfsizlik ta’minlangan holda kengashni xabardor qilish imkonini yaratishi kerak.Noo‘rin xatti-harakatlar haqida xabardor qilish tizimining maqsadlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:ehtimoliy noo‘rin xatti-harakatlar haqida o‘z vaqtida xabardor qilishni rag‘batlantirish;noo‘rin xatti-harakatlar haqida maxfiy tartibda va xavfsiz xabar qilish uchun vosita (kanal) bilan ta’minlash;noo‘rin xatti-harakatlarga doir xabar yuzasidan izchil va o‘z vaqtida chora ko‘rilishini ta’minlash hamda xabardor qiluvchi shaxslarni o‘z huquqlari to‘g‘risida boxabar qilish;kengash tomonidan xodimlar noo‘rin xatti-harakatlar yuzasidan maxfiy tarzda xabar qilishlarini belgilovchi qoidalarga rioya etilishi ustidan tegishli nazorat ta’minlanishi;bank va uning aksiyadorlari huquqlarini himoya qilish.

42. Noo‘rin xatti-harakatlar haqida xabar qilish tizimi samaradorligini ta’minlash maqsadida kengash quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:o‘z a’zolaridan biriga yoki tegishli qo‘mitaga noo‘rin xatti-harakatlarga oid xabarlarni qabul qilish vazifasini yuklaydi;noo‘rin xatti-harakatlar haqida xabar qilish mexanizmlari va ular yuzasidan keyingi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni belgilaydi;noo‘rin xatti-harakatlarning aniqlanishi va o‘rganib chiqilishiga oid choralar ko‘rilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

43. Xabar qilinayotgan (ma’lum qilinayotgan) axborot ehtimoliy noo‘rin xatti-harakatlar sodir bo‘lganligi yoki sodir bo‘lishi to‘g‘risida dalolat beruvchi, tekshirish imkoni mavjud bo‘lgan faktlarga yoki shart-sharoitlarga asoslangan bo‘lishi lozim.

44. Noo‘rin xatti-harakatlar haqida xabardor qilish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:mansabni suiiste’mol qilish yoki nomaqbul xatti-harakat, shu jumladan, firibgarlik yoki korrupsiya;nomaqbul yoki odob-ahloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan xatti-harakat;huquqiy majburiyatlarga amal qilmaslik;bank ustaviga asosan boshqa holatlar.

45. Basharti ma’lumot haqqoniy va ishonchli bo‘lsa, bankning har qanday xodimi yoki manfaatdor shaxs noo‘rin xatti-harakatlar yuzasidan xabar qilishi lozim.

46. Xabar qiluvchi noo‘rin xatti-harakatlarga doir o‘z kuzatuvlari yuzasidan quyidagi usullardan biri orqali arz qilishi mumkin:

ehtimoliy yoki amalda sodir bo‘lgan qoidabuzarlik yuzasidan bevosita rahbarni xabardor qilish. Bunda, agar xabar qiluvchi o‘zining bevosita rahbarini xabardor qilishni istamasa, u bankda yuqoriroq darajadagi rahbar lavozimini egallab turuvchi shaxsni, shu jumladan, kengashning tegishli a’zosini yoki tegishli qo‘mitani boxabar qilishi mumkin;

kengashni yoki tegishli qo‘mitani bevosita yoki bilvosita (ichki audit yoki komplayens-nazorat xizmati orqali) yozma tarzda boxabar qilish;

o‘rnatilgan aloqa kanali, shu jumladan, elektron pochta orqali xabar berish. Bunda xabar qilish uchun elektron pochta manzili bankning veb-saytida aniq belgilangan bo‘lishi lozim.

47. Boshqaruv bankni boshqarishning ijro etuvchi organi bo‘lib, u bankning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan faoliyat strategiyasi va uni boshqarish tizimiga muvofiq bankning faoliyatiga operativ boshqaruvni amalga oshiradi hamda bankning faoliyati uchun javobgarlikni to‘liq zimmasiga oladi.

48. Boshqaruv raisi bank faoliyatini boshqarish va bank xodimlari ustidan nazoratni amalga oshirish uchun zarur bilim, malaka va yaxshi xulq-atvorga ega bo‘lishi kerak.

49. Boshqaruv o‘z vazifalarini amalga oshirish doirasida quyidagilar talab etiladi:

bankning strategik maqsadlari, biznes-rejasi va korporativ boshqaruvga oid siyosatda belgilangan vazifalarni amalga oshirishi;

tashkiliy tuzilmaning barcha darajalarida kengash tomonidan tasdiqlangan siyosatlarga, tartib va lavozim yo‘riqnomasiga rioya etishi yuzasidan samarali monitoring tizimini o‘rnatish va davriy ravishda ushbu tizim samaradorligini tekshirishi;

boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun muhim axborotning tegishli tarzda tayyorlanishi va o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlovchi ishonchli axborot tizimlarini o‘rnatishi;

biznes-reja ko‘rsatkichlari va bank strategiyasi bajarilishini baholash imkonini beruvchi, o‘z ichida moliyaviy va boshqa faoliyatning amaldagi natijalarini aks ettirgan hisobotlarning o‘z vaqtida kengashga taqdim etilishini ta’minlash;

bankning moliyaviy ahvoli yomonlashuvi yoki bunday holat yuz berishi xavfi hamda biznes-reja, strategik maqsadlar, tavakkalchiliklarni boshqarish strategiyasi va risk-appetitdagi o‘zgarishlar, tavakkalchilik chegaralari (limiti) va prudensial talablar buzilishi, ichki nazoratdagi xatoliklar, huquqiy yoki tartibga solish bilan bog‘liq muammolar yuzasidan kechiktirilmagan tarzda kengashga xabar berish;

bankni boshqarishning tegishli va ochiq tashkiliy tuzilmasini, shuningdek, o‘z vakolatlari doirasida bank xodimlari o‘rtasida vakolatlar va majburiyatlar taqsimlanishini ta’minlash;

bank xodimlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;

xodimlarni, jumladan, boshqaruv a’zolari, agar bank ustavida o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, muhim ahamiyatga ega xodimlarni ishga qabul qilish va bo‘shatish, ularning o‘zgartirilishi (rotatsiyasi) va lavozim bo‘yicha ko‘tarilish, malakasini oshirish, malakali xodimlarni saqlab qolish tartibini ishlab chiqish, shuningdek, xodimlar o‘z majburiyatlari, odob-ahloq qoidalarini buzgan hollarda ularga nisbatan choralar ko‘rish;

bank ustavi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarni bajarishi lozim.

50. Boshqaruv a’zolari bank manfaatlari yo‘lida vijdonan va oqilona harakat qilishga majbur bo‘lib, ular quyidagi fidutsiar majburiyatlarga rioya etishlari lozim:

qonunchilik hujjatlari, bank ustavi hamda bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi hamda kengash tomonidan qabul qilingan strategiya va siyosatlarni amalga oshirishga doir qarorlarga rioya etgan holda majburiyatlarini o‘z vakolatlari doirasida bajarish;

o‘zlarining vazifa va funksiyalarini amalga oshirishi uchun o‘z vakolatlari doirasida faoliyat yuritish;

zarur va oshkora ma’lumotni belgilangan muddatlarda olish, ular bilan bog‘liq tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish hamda shaxsiy malaka va tajribaga tayangan holda qarorlar qabul qilish;

manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqarmaslikka oid talablarga rioya etish;

bank boshqaruvi organlari, shu jumladan, bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi va kengashga nisbatan tenglik tamoyiliga rioya etish;

benuqson ishchanlik obro‘siga ega bo‘lish.

 

«Bank ishi» mustaqil fandir. Chunki u o‘zining mustaqil predmeti, ob’ekti va metodiga ega. u:



     bank faoliyatining huquqiy asoslari;

     banklarni tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish tartibi;

     bank faoliyatini tartibga solish;

     banklarning huquq va majburiyatlari;

     banklarga vasiylik qilish tartibi;

     banklarning moliyaviy ahvoli;

     bank operatsiyalarini amalga oshirish tartiblari;

     pul tizimi hamda pul muomalasini tashkil etish qoidalari;

     valyutani tartibga solish va xalqaro rezervlarni boshqarish;

     banklarni nazorat qilish;

     banklarda hisob yuritish va hisobot;

     bank menejmenti;

     bankning rivojlanish tarixi kabi masalalarni o‘rganuvchi fandir.

Aynan shular «Bank ishi» fanining predmeti bo‘lib hisoblanadi. Bank va uning turli ko‘rinishlari «Bank ishi» fanining o‘rganish ob’ekti bo‘lib hisoblanadi.



 Har qanday fan o‘z ob’ektini ma’lum usullarni qo‘llash yordamida o‘rganadi. Bank faoliyati, undagi sir-sinoatlarni ilmiy asosda o‘rganish, tahlil qilishda «Bank ishi» fani quyidagi usullardan foydalanadi

Ilmiy jihatdan asoslangan tahlil qayd qilingan usullarni chambarchas ravishda bog‘lab olib borilishini taqozo etadi.
Download 32,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish