Samarqand viloyati Samarqand shahri



Download 32,48 Kb.
bet1/13
Sana13.01.2022
Hajmi32,48 Kb.
#357026
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 5458527670822245380


Samarqand viloyati Samarqand shahri

Samarqand iqtisodiyod va servis instituti talabasi Sodiqov Said Akbarning bank etikasi

fanidan konspekti

Mavzu: Kirish. Fanning maqsad predmet va vazifalari.

1.“Bank ishi” fanining predmeti va metodi.

2. Fanning boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligi.

3. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida fanning maqsadi va vazifalari.

4. Fanning tarkibiy tuzilishi.

«Bank ishi» mustaqil fandir. Chunki u o‘zining mustaqil predmeti, ob’ekti va metodiga ega. u:

     bank faoliyatining huquqiy asoslari;

     banklarni tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish tartibi;

     bank faoliyatini tartibga solish;

     banklarning huquq va majburiyatlari;

     banklarga vasiylik qilish tartibi;

     banklarning moliyaviy ahvoli;

     bank operatsiyalarini amalga oshirish tartiblari;

     pul tizimi hamda pul muomalasini tashkil etish qoidalari;

     valyutani tartibga solish va xalqaro rezervlarni boshqarish;

     banklarni nazorat qilish;

     banklarda hisob yuritish va hisobot;

     bank menejmenti;

     bankning rivojlanish tarixi kabi masalalarni o‘rganuvchi fandir.

Aynan shular «Bank ishi» fanining predmeti bo‘lib hisoblanadi. Bank va uning turli ko‘rinishlari «Bank ishi» fanining o‘rganish ob’ekti bo‘lib hisoblanadi.

 Har qanday fan o‘z ob’ektini ma’lum usullarni qo‘llash yordamida o‘rganadi. Bank faoliyati, undagi sir-sinoatlarni ilmiy asosda o‘rganish, tahlil qilishda «Bank ishi» fani quyidagi usullardan foydalanadi

Ilmiy jihatdan asoslangan tahlil qayd qilingan usullarni chambarchas ravishda bog‘lab olib borilishini taqozo etadi.

Demak, bank - bu pul mablag‘larini o‘zida mujassamlashtiruvchi va jamg‘aruvchi, kredit beruvchi, pul hisobini olib boruvchi, pul va qimmatli qog‘ozlarni emissiya qiluvchi, oltin va chet el valyutalari bilan operatsiyalarni bajaruvchi yirik muassasadir.

Ko‘pgina moliya institutlari, shu jumladan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi dilerlar, broker firmalari, sug‘urta kompaniyalari o‘zlarining ko‘rsatgan xizmatlari bilan ko‘proq banklarga tenglashishga va bankka xos ishlar bilan shug‘ullanishga harakat qiladilar.

Ana shunday moliya institutlari o‘zlarini bank bo‘lmagan banklar deb ataydilar

«Bank» so‘zi italyancha «Banca» so‘zidan olingan bo‘lib, «stol», aniqrog‘i «pulli stol» degan ma’noni anglatadi. XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni «Bancherii» deb atashgan. Agar puldorlardan birortasi ishonchni oqlamasa va o‘z ishiga mas’uliyatsizlik qilsa, u o‘tirgan stolni sindirib tashlashgan va uni «Banco rotto», ya’ni «bankrot» deb atashgan. Bugungi kunda bizga ma’lum bo‘lgan «bankrot» so‘zi ham italyancha «Banca» so‘zidan olingan.

O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunida bankka quyidagicha ta’rif berilgan:

«Bank - tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini, ya’ni:

     yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish;

     qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish;

     investitsiyalash uchun foydalanish;

     to‘lovlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir».

80-yillarda qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi va brokerlik bilan keng faoliyat boshlagan «Meril Linch» va «Dreyfus korporeyshn» firmalari bank bo‘lmagan banklarga misol bo‘la oladi.

Tovar-pul munosabatlarining vujudga kelishi va ularning rivojlanib borishi banklarning paydo bo‘lishiga asos soladi. O‘rta asrlarda banklar dastlab puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat shahar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar bo‘sh turgan mablag‘laridan foyda olish maqsadida qarz so‘ragan subektlariga vaqtinchalik foydalanishga bergan. Bu hol pul almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishga olib kelgan.

Dastlabki banklar jirobanklar nomi bilan XVI asrlarda (aniqrog‘i 1587 yilda) Florensiya va Venetsiyada kichik banklar vujudga kela boshlagan. Ular turli shaharlar va mamlakatlarning pul belgilarini almashtirishga ixtisoslashgan bo‘ladilar. Keyinchalik shunday banklar Amsterdamda (1605 y), Gamburgda (1618 y), Milanda, Nyurnbergda, Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar asosan o‘z mijozlari-savdogarlarga xizmat qilishgan. Ular hisob-kitobni asosan naqd pulsiz amalga oshirishgan.

 Tarixda birinchi yirik bank 1694 yilda Angliyada tashkil etilib, unga davlat tomonidan banknotlar chiqarishga ruxsat berilgan. U bank aksiyador-emmission bank deb hisoblangan. Keyingi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, xususan, sanoatning rivojlanishi natijasida banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil qilina boshlanadi.

 Natural xo‘jalik munosabatlarining tugashi, savdo-sotiq munosabatlarining rivojlanishi pullik hisob-kitoblar olib borishiga, kreditning rivojlanishiga yo‘l ochdi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi yollanma mehnatni borgan sari ko‘p jalb qilishga olib kelgan. g‘llanma mehnat uchun haqning pul shaklida to‘lanishi doimiy pul aylanishni yuzaga keltiradi. Pul aylanishi esa muayyan boshqaruvni talab qildi. Bu vazifani banklar bajara boshladi.

 SHunday qilib, banklar mablag‘larni yig‘ish va taqsimlash orqali ssuda kapitali harakatini boshqara boshladi.

XX asrning boshlarida yirik Evropa mamlakatlarida o‘zining ko‘p filiallariga ega bo‘lgan, yirik sanoat monopoliyalari bilan uzviy bog‘liq faoliyat ko‘rsatayotgan banklar vujudga keldi. Bular jumlasiga xalqaro pul, hisob va kredit munosabatlarini olib boruvchi quyidagi xalqaro banklarni kiritish mumkin:

     Evropa rivojlanish va taraqqiyot banki;

     Xalqaro valyuta fondi;

     Xalqaro Moliya korporatsiyasi;

     Xalqaro hisob-kitoblar banki;

     Evropa investitsiya banki va boshqalar.

Xorijiy banklar to‘liq yoki qisman chet el investitsiyalariga tegishli bo‘lgan banklar bo‘lib, ular o‘z faoliyatini mahalliy qonunlar doirasida olib boradi. Hozirgi vaqtda bunday banklar yirik banklarning sho‘‘balari sifatida faoliyat ko‘rsatadi.


Mavzu: Bank hodimining odob axloq kodeksi.


Download 32,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish