Samarqand viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi kattaqo’RG’on tumani 3-son kasb-hunar maktabi tikuvchilik o’quv ustaxonasi jihozlaridan foydalanish uchun uslubiy qo’llanma ishlab chiqarish ta’limi



Download 4,94 Mb.
bet3/6
Sana22.12.2022
Hajmi4,94 Mb.
#894230
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
jihozlardan foydalanish uslubiy qo\'llanma

Ish usullari. Bu mashinaning bitta pedali bo’lib, maxsus ish stoliga o’rnatilgan pedal mashina asosiy valining aylanish chastotasini rostlashga xizmat qiladi. Tepki uzelida tizza bilan tepkini ko’taradigan qurilma ishlatiladi. Kronshteynning barmog’iga sharnirli vint yordamida zvenoning ostki kallagi biriktirilgan bo’lib, ustki kallagi richagga payvandlangan sterjenga kiydirilgan. Richagni ikkita sharnirli vint tutib turadi. Richag chiqig’ining teshigiga tortkining ustki uchi kiritilgan. Tortkining holati ajraluvchi shtift yordamida fiksatsiyalanadi. Tortkining ostki uchi mashina platformasi tagiga o’tkazilgan bo’lib, unga prujina bilan shayba kiydirilgan. Tortki teshigiga shtift kiritilgan. Tepkining materialga bosimini vint yordamida rostlanadi.

Tikishni boshlashdan oldin mashinaning ishga tushirish tugmachasi-yashil tugmacha bosiladi, Ajratgich 13 ni ungga surilsa, elektr yuritgich ulanib, salt tartibda ishlay boshlaydi.




Rostlashlar. Ostki ip tarangligi vint yordamida rostlanadi. Ustki ip tarangligini, tepkining materialga bosimini va tepkining balandligini o’rnatilgan vintlar yordamida rostlanadi. Baxya yirikligi richaglarning gaykalarini bo’shatgandan keyin, ularni burib rostlanadi. Richaglar yuqoriga burilsa, baxya yiriklashadi, bunda richag burilganda ustki reyka baxyasining yirikligi o’zgaradi, richag burilganda esa ostki reyka baxyasining yirikligi o’zgaradi. Baxyaqatorni puxtalash dastani vertikal harakatda bisib bajariladi.

Anysew” Model: JH811ATF va “DIAS” siniq baxyaqator hosil qiluvchi tikuv mashinalari.


Siniq baxyaqatordan (4-rasm, a) tikuvchilik sanoatida keng foydalaniladi. Bunday baxyaqator moki baxya mashinalarda ham, zanjirsimon baxya mashinalarda ham yuritilishi mumkin. Siniq baxyaqator qavish va bukib tikish ishlarida, turlarni, qoplama bezaklarni ulashda, detallarni tutashtirib tikishda, bezak guli takrorlanib turadigan eng oddiy kashta baxyaqatorlar yuritishda, xalqalarni yurmashda ishlatiladi.


Siniq moki baxyaqator yuritishda igna vertikal harakatdan tashqari baxyaqatorning ko’ndalangiga (platformaning uzunasiga) ham harakatlanadi, shuning uchun moki shunday burilgan bo’ladiki, uning aylanish tekisligi ignaning og’ish tekisligiga parallel bo’lsin.
Siniq moki baxyaqator qo’yidagicha hosil bo’ladi: igna chapki teshik 1 ni teshadi va eng pastki holatdan ko’tarilayotganda ustki ipdan xalqa hosil qiladi, bu xalqani mokining uchi ilib olib, naycha atrofidan aylantirib utadi; keyin igna materialdan chiqib, baxyaqatorning ko’ndalangiga ogadi (reyka bu paytda materialni bir baxyaqator kengligicha suradi) va ikkinchi teshik 2 ni teshadi. Keyin jarayon takrorlanadi.



4-rasm. Siniq baxyaqatorning turlari.

Bezak ishlarini bajarishda detallarni bir-biriga juda pishik qilib o’lash uchun ko’p sanchiqli siniq moki baxyaqator yuritiladi. Bu baxyaqatorlar bir ignali va ikki ignali mashinalarda bajariladi. Bunday baxyaqatorlar 4-rasm, b da tasvirlangan. Bu rasmlarda ko’rinishicha (ularga chapdan o’ngga tomon qaralsa), ko’p sanchiqli baxyaqatorlar uchta, oltita, un ikkita va ikkita ketma-ket takrorlanadigan baxyalardan iborat bo’ladi.
Ikki chiziqli siniq baxyaqator yuritish uchun bitta moki bilan ishlaydigan ikkita igna maxsus igna tutgichga o’rnatiladi. Ignalarni gorizontal harakatga kopir g’ildiragi keltiradi.
Siniq baxyaqator hosil qilib tikish mashinalarida igna va mokining o’zaro harakatini ko’rib chiqamiz (5-rasm). Krivoship 1800 ga burilganda, igna uzining eng ostki holatini egallaydi.





5-rasm. Igna va mokining o’zaro harakat sxemasi.

Igna ostki holatidan DZ1 uzunlikka ko’tarilganda, ustki ipdan xalqa hosil qiladi. Bu vaqtda moki b1 burchakka buriladi. Xalqani ilib olish davrida moki uchi m nuqtada igna ko’zidan S1 masofada joylashgan bo’ladi. Ignaning ung tomonga sanchilishida moki burilish burchagi ga teng bo’ladi. Igna ipi xalqasini ilib olish vaqtida moki uchi h nuqtada joylashadi.


Ignaning DZ2 ko’tarilish balandligi DZ1 ga karaganda kichiq, masofa esa S2

  1. Moki diametrini kattalashtirish bilan h va b2 burchaklarni kamaytirishga erishish mumkin. Biroq moki diametrining kattalashishi natijasida igna ipining yeyilishi oshadi.

  2. Mokining notekis harakatini ta`minlash orqali mokining ikkinchi holatidagi aylanishini kamaytirish mumkin. Bu usulni yukori tezlikda ishlaydigan mashinalarda qo’llab bulmaydi.

3. Moki uchi O1 ni siljitish yo’li bilan moki uchining igna ipi xalqasini uz vaqtida ilib olishni ta`minlash mumkin.
5-rasm, a dan ko’rinib turibdiki, O2 nuqtadan o’tgan R radius aylanasi m va n nuqtalarda igna ukini kesib utadi va S1 hamda S2 orasidagi masofalar farqi kamayadi. Mayatnik tipidagi igna mexanizmli mashinalarda (5-rasm, b) moki uqi bosh val uki bilan bir tekislikda yotadi. Ignaning ung (I) va chap (II) tomondagi ostki holatida va krivoship turli holatlarni egallaydi.
Krivoship harakatida hosil bo’lgan g burchak igna og’ishiga bog’liq bo’ladi. Krivoship va moki aylanish harakatlari turli bo’lgan holatda, ya`ni AV1 dan AV2 holatga o’tganda, bosh val j-360-g burchakka buriladi.

  1. Bu vaqtda moki 2j-720-2g burchakka buriladi. SHunday qilib, ignaning ung tomonga sanchilishda mokining xalqani ilib olish burchagi b1, chap sanchilishda esa b2+2g+b1+h ga teng bo’ladi.


6-rasm. Siniq baxyaqatorli tikuv mashinasi ko’rinishi.





Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish