Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
N atija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”,“Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”,Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Vatan tanlanmaydi, Vatan ardoqlanadi! Vatan saralanmaydi, Vatan siylanadi! Vatanning issiq-sovug`idan ozorlanmaydilar aksincha uning sarhadida ogoh turib, tinchligini saqlaydilar, dalayu dashtiga oro beradilar! Shundan cho`llarida bahorlar kuladi!” Zaminida duru gavharlar unadi!”.
O`qituvchi:
“Tarixdan saboq olib, zamon bilan hamqadam bo`lib yashash – bugungi hayotning o`tkir talabi” degan chiqishi bilan Prezidentimiz Islom Karimov 2012-yil 9-may kuni Poytaxtimiz Toshkent shahrida Xotira va qadrlash kuniga bag`ishlab o`tkazilgan marosimda ishtirok etib, ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga javob qaytarar ekan, mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning bugungi va ertangi hayoti, jahonda va yon-atrofimizdagi mavjud vaziyat haqida o`ta muhim va dolzarb fikrlarni bayon etdi.
Davlatimiz rahbarining bu chiqishi, uning barcha nutq va ma’ruzalari kabi, o`zining dolzarbligi, keng qamrovi, teran mantiqiy asosi, amaliy xulosa va takliflar bilan xalqimiz, jamoatchiligimiz o`rtasida katta qiziqish uyg`otdi.
“Agarki ana shu dahshatli urushda 1,5 million yurtdoshimiz qatnashganini, shundan taxminan 500 ming vatandoshimiz halok bo`lganini inobatga oladigan bo`lsak, bu fojia O`zbekistondagi birorta xonadonni chetlab o`tmagani ayon bo`ladi”.
Darhaqiqat, bu raqamlarning mag`zini chaqadigan bo`lsak, ular xalqimiz boshiga tushgan cheksiz qayg`u-alam va iztiroblardan dalolat berishi o`z-o`zidan ravshan bo`ladi.
“Oradan yillar o`tadi, zamonlar o`tadi, lekin xalqimizning ko`ksidagi, qalbidagi mudhish urush azob-uqubatlari, ayriliq yarasi hech qachon unutilmaydi,- dedi davlatimiz rahbari. – Barchamizning ishonchimiz komil: fashizmga qarshi kurashda o`z ona yurtining tinch, osoyishta hayotini, beg`ubor osmonini asrash uchun mardlik, jasorat va qahramonlik ko`rsatgan, jon fido etgan yurtdoshlarimizning xotirasi abadiy yashaydi, xalqimiz o`z o`g`lonlarining aziz nomlarini minnatdorlik bilan eslaydi, ularning oxirati obod bo`lishini Yaratganimizdan so`raydi”.
O`tganlar xotirasini o`z yodida saqlab, e’zozlab yashash xalqimiz uchun eng muqaddas fazilat bo`lib kelgani va qon-qonimiz, suyak-suyagimizga singib ketgani ushbu chiqishda alohida qayd etildi.
Xotira maydonida jurnalistlar bilan bo`lib o`tgan suhbatda tarixiy xotira tushunchasiga har tomonlama ilmiy va hayotiy asosda ta’rif berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |