8-masala(1078). 1) 2 ta; 2) 3 ta aylana eng ko‘pi bilan nechta kesishish nuqtasiga ega bo‘lishi mumkin?
Yechimi.
1) Ma’lumki, 2 ta aylana eng ko‘pi bilan 2 ta kesishishi nuqtasiga ega bo‘lishi mumkin;
2) 3 ta aylana esa eng ko‘pi bilan 6 ta kesishish nuqtasiga ega bo‘lishi mumkin.
9-masala(1079). Stolda olma, nok, shaftoli, uzum bor. 2 ta turli mevani necha xil usulda olish mumkin?
Yechimi. Ushbu masalada shunisi ahamiyatliki, usullar soni olingan 2 ta turli mevaning olinish tartibiga bog’liq emas, ya’ni, masalan olma va nokni tanlab olish bilan nok va olmani tanlab olish bitta usul hisoblanadi.
Olma, nok, shaftoli va uzumdan esa 2 ta turli mevani quyidagi usullar yordamida ajratish mumkin:
Olma va Nok; Olma va Shaftoli; Olma va Uzum;
Nok va Shaftoli; Nok va Uzum; Shaftoli va Uzum.
Demak, jami usullar soni 6 ta.
Do'stlaringiz bilan baham: |