___-Maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbari: _______________
___-Katta guruh tarbiyachisi: Nazarova Gulsora_____________
Samarqand viloyat Oqdaro tuman MTB tasarrufidagi 7-son Maktabgacha ta'lim tashkiloti Katta guruh tarbiyachisi Nazarova Gulsoraning markazfaoliyatlari bo‘yicha 2020 yil dekabr' oyida amalga oshirgan ishlar
HISOBOTI
Dekabr oyi mavzusi: “ZUMRAD QISh”
1-hafta mavzusi:Zumrad qish. Konstitusiya kuni (01.12.2020 dan 05.12.2020 yilgacha)
Dekabr' oyi davomida boshqa oylar qatorida bolalar bilan birgalikda mashg‘ulot va faoliyatlari o‘z vaqtida “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi va “Davlat talablari”, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim jarayonining mavzuli rejasi asosida amalga oshirildi. Har bir hafta mavzusidan kelib chiqqan holda slayd, ko‘rgazmalar, videoroliklar, tarqatmalar va boshqa resurslardan foydalangan holda tarbiyalanuvchilarga mavzuga oid bilim va tushunchalar berildi.
Guruhda tashkil etilgan rivojlantiruvchi markazlar bo‘yicha:
Qurish-yasash va matematika markazida:Bolalarga faoliyat davomida predmetlarni to‘g‘ri va teskari sanashni,geometrik shakllar yordamida rasm xosil qilish (shar, kub, silindr)ni o‘rgatildi.
Syujetli rolli o‘yin va drammalashtirish markazida: Bolalarga «Do‘kon» (sotuvchilik kasbi), «Oila» mavzulari asosida niqoblar, belgilar, otributlar kabi resurslardan foydalangan holda sotuvchi faoliyati bilan tanishishda davom etish, aktyorlik mahorati ko‘nikmalarini orttirish, avtobuslarni farqlash, chiptachilar vazifalari to‘g‘risida bilish, nomlarni bilishga ahamiyat berildi va o‘rgatildi.
Til va nutq markazida: Ushbu markazdagi faoliyat davomida bolalarga “Yog‘ yog‘aver oppoq qor”, “Sirpanchiq uchamiz”, “Xayvonlarning qishga tayyorgarligi”, “Mening xuquq va burchlarim” kabi mavzular asosida, she'rlar, topishmoqlar yodlatildi va o‘rgatildi.
Fan va tabiat markazida:Rasmlar, al'bomlar, maxsus idishlar, bo‘yoqlar, batareykalar va boshqa resurslardan foydalangan holda ushbu markazdagi faoliyatlar davomida bolalarga “Qor bilan tajriba”, “Yil fasllari”, “Bu qachon sodir bo‘ladi”, mavzulari asosida tajribali faoliyatlar va mashg‘ulotlar o‘rgatildi.
San'at markazida: Ushbu markazda hafta davomida tarbiyalanuvchilarga “Qish” rasmi chizdirildi, jamoa bilan ishlash bo‘yicha“Chanada uchamiz” turlari bo‘yicha yopishtirish, ixtiyoriy tabiiy materiallar bilan ishlash, qog‘oz, rangli qog‘oz, tabiiy materiallar resurlardan foydalangan holda faoliyatlar olib borildi.
2-ҳафта мавзуси:Sog” tanda sog’lom aql’(14.12.2020 dan 19.12.2020 yilgacha)
Qurish-yasash va matematika markazida: Tarbiyalanuvchilarga“Stadion quramiz”(geometrik shakllardan), “Rasmni yig‘”raqami bo‘yicha terib bermavzulari asosida qurilish bloklari, lego, konstruktor, tangram kabi resurslardan foydalanib bolalarga qurilish materiallari o‘rgatildi va qurilish rejalashtirib yasaldi.
Syujetli rolli o‘yin va drammalashtirish markazida:Niqoblar, kiyimlar, otributlar, sharbatlar va boshqa resurslardan foydalanib “Sport anjomlari do‘koni” mavzusi asosida bolalar bilan syujetli o‘yinlar o‘ynaldi.
Til va nutq markazida:Seriyali rasmlar orqali “Yo‘l xarakati qoydalari xaqida suhbat”, “Butunni qismini nomla” mavzulari asosida bolalarni til va nutqlari riqvojlantirildi. Syujetli rasmlar, materiallardan foydalanib mavzuga mos xikoya va she'rlar yodlatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |