Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Asalari uyalarini joylashtirish



Download 14,3 Mb.
bet56/262
Sana27.12.2021
Hajmi14,3 Mb.
#123967
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   262
Bog'liq
2 5305518344210744334

Asalari uyalarini joylashtirish - uchun ularning biologik talablari, mikroiqlim, ser o‘t yaylovlar, asalari normal hayot kechirishi uchun erta bahorda uzoq muddat gullaydigan asal beruvchi o‘simlikli yaylovlar tanlanadi. Uya tashqi tomondan o‘sib turgan usimliklar bilan himoya qilingan joylarda saqlanib yoki kirish tuynuklari propolis bilan yopilib 2-3 asalari kiradigan bo‘lishi kerak. Asalarichini asosiy vazifasi asal olingandan keyin – har bir asalari uyasini qish fasliga yaxshi tayyorlashi kerak ya’ni uyalarni issik saqlash, ularni hayotini saqlab qolish uchun haroratni +340-35oC holida saqlashi zarur. Yaxshi isitilgan uyalarda asalarilar qishdan tulig‘iga sog‘lom chiqadi. Qishda – asalarilar yozdagidek aktiv bo‘lmaydi, bir-biri bilan ozuqa almashmaydi. Ular alohida o‘zining ishlatgan ozukasiga qarab oziqlanadi. Asalari 3-16 mg asal is’temol qilib harorat +150-20oC bo‘lganda ushbu ozuqa 24-36 soatga etadi.

Asalari uyalari noyabr oylarida tozalanib doimo ventilyasiyasi nazorat qilinib harorat 00 + 3oC, nisbiy namlik 75 – 58holatida saqlanadi. Yil fasliga qarab asalari uyalarida mikroiqlim qo‘rsatkichlari o‘zgarib turadi. Optimal mikroiqlim ko‘rsatkichlari uyadagi asalari soniga, fiziologik holatiga, yoshiga, yosh asalarini chiqishiga, ozuqa miqdori va sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Mikroiqlim ko‘rsatkichlarini me’yorda saqlash asalarilarni ko‘payishiga, yosh asalari hamda ona asalarini normal rivojlanishiga ta’sir qiladi.

Harorat rejimi – uyaning ichidagi harorat asalari oilasining fiziologik holatiga bog‘liq bo‘ladi. Ichki harorat asosan kuz-qish faslida hamda bahor – yoz fasllarida ishchi asalarilar va ona asalarilar ko‘payishi vaqtida o‘zgarib turadi.

Asalarining optimal tana harorati +340 - 36oC, ko‘krak bulimining harorati qorin bo‘shlig‘iga nisbatan yuqori bo‘ladi. Asalarilarni tana harorati tashqi muhitda +14oC ga ishchi asalarilarni tana harorati +16oS tashqi haroratga nisbatan yuqori bo‘lishi mumkin. Asalarilarni tana harorati tinch holatda turganda +10oC bo‘ladi. Bu asosan oziqaga bog‘liq bo‘ladi.

Havoning namligi – asalari uyalarida havoning nisbiy namligi 25-100 % bo‘ladi. Bu holat oilaning tarkibiga, kunning vaqti, yilning fasli, obu-havoga bog‘liq bo‘ladi. Eng yuqori nisbiy namlik 85 - 95% asalari tuxumlari, tuxumdan chiqayotgan yosh asalarilar saqlangan uyada bo‘ladi. Nisbiy namlik 50% bo‘lganda tuxumlar quriydi, 70% da ko‘pchiligi o‘ladi. Shuning uchun tuxumlan chiqayotgan asalarilar uchun nisbiy namlik 90% bo‘lishi kerak. Nisbiy namlikni yuqori bo‘lishi asalarilar o‘rtasida nezematoz, akarapidoz, varroatoz, Evropa chirishi kasalligi va boshqa kasallaklarni kelib chiqishiga sababchi bo‘ladi. Namlikni ko‘payishini oldini olish maqsadida asalari uyalarini namlik yuqori bo‘lgan dalalar, suv havzalaridan uzoqda erdan 40-50 sm balandlikda joylashtirish kerak. Namlik kirishini oldini olish maqsadida asalari uyalarini pastki qismi yog‘li buyoqlar bilan buyalgan bo‘lishi kerak. Atmosfera havosining isishi bilan uya ichidagi ventilyasiyani kuchaytirish kerak. Pestitsidlar ishlayotgan vaqtlari asalarilar uchib chiqadigan teshiklarni 2-3 kungacha yopish kerak.

Asalarilar suv ichadigan joylari uyadan kamida 88 m, maksimal 2387 m gacha bo‘lishi kerak. Olib kelingan suv tomchilarini yosh asalarilar uyachalariga tomchilab qo‘yadi. Ularning harakati yosh asalarilarni suvga bo‘lgan talabiga bog‘liq. Yosh asalarilar bir kunda 10-20 ml suv is’temol qiladi. Suv ta’minotini yaxshilash uchun uyaga yaqin joyda suvdonlar o‘rnatiladi.

Karbonat angidrid gazi - asalarilar uchun tashqi atmosfera havosida kislorod gazi, asalari uyasi ichida esa CO2 gazi ko‘p uchraydi.Yil davomida karbonat angidrid va kislorod gazining miqdori doimo o‘zgarib turadi. CO2 gazining miqdori kamayadi va 0,05-0,15% bo‘ladi. Agar asalarilaruchmay uyada qolganda uning miqdori 1,6-2,2% gachako‘paysa, kislorod miqdori 19,9-20,3% atrofida saqlanadi.

Yoz va kuz oylarida CO2 i O2 gazining miqdori oshib boradi uyaning o‘rtasida CO2 gazi 0,9-2,5%, uchib kirish tomonida 0,4-1,2%, O2 10 - 16% va 19% atrofida saqlanadi. Bu gazlarning miqdori qish faslining oxiriga kelib karbonat angidrid miqdori 3,5-4,5% ga, kislorod esa 14 – 16% gacha ko‘payadi.

Yorug‘lik asalarilar uchishiga ta’sir ko‘rsatadi. Tong vaqti yorug‘lik 0,05 lk bo‘lganda asalarilar uchishga harakat qiladi. Asalarilar asosan uyalaridan 25-50 m uzoqlikda qo‘yilgan saxarozaga yorug‘lik 0,1-0,2 lk bo‘lganda uchib borishadi. Yorug‘lik 3 lk bo‘lganda uyadan 1000 m uzoqlikdagi ozuqa oxurlariga uchib borishadi. 875 metrgacha yorug‘lik 15 lk kam bo‘lmaganda harakatlanadi. Kechqurun yorug‘lik 4 lk bo‘lganda 50 metrgacha, 16 lk bo‘lganda 1000m gacha va 216 lk bo‘lganda 3375 m gacha uchib boradi.

Asalarilar ko‘pgina kasalliklarga uchraydi va bu ularning umrini qisqarishiga, mahsuldorligini kamayishiga va o‘limiga sababchi bo‘ladi. Asalari kasalliklari qishqi, bahorgi va yozgi kasalliklarga bo‘linadi. Klinik belgilariga qarab ich ketish, chirish, qotib qolishi, falajlanish va zaharlanish xarakteriga hamda kelib chiqishiga qarab bo‘linadi.




Download 14,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish