Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 14,3 Mb.
bet4/262
Sana27.12.2021
Hajmi14,3 Mb.
#123967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   262
Bog'liq
2 5305518344210744334

Tayanch iboralari:

Fanning ta’rifi, maqsadi, vazifalari, o‘rganish usullari, tajriba, fizik, kimyoviy, biologik, fiziologik kuzatuv, sanitariya tekshiruv, havo, tuproq, suv, oziqa, molxona, mikroiqlim ko‘rsatgichlari, tashqi muhit va organizm.


Zoogigiyena fani chorva mollari va parrandalarga tashqi muhitni, ya’ni iqlim, tuproq, suv, o‘simliklar, saqlash va boqish usullarining ta’sirlarini, chorva mollari, parrandalarni saqlash sharoitlarini, chorvachilik fermalarini sanitariya holatini himoya qilish hamda zararli ta’sirlarning oldini olish usullarini o‘rganadi. Zoogigiyena ( grek tilida Zoon – hayvon, gigienos – sog‘liq) hayvonlar sog‘ligiga tashqi muhit ta’sirini o‘rganadigan fandir. Sanitariya – gigiyena me’yorlari, talablari va qonun qoidalarini amalga oshirish demakdir. Uning asosiy muammosi – organizm bilan tashqi muhitning o‘zaro munosabati – hozirgi vaqtda muhit bilan organizmning o‘zaro ta’siri va birligi deb talqin qilinadi. I. M.Sechenov fikricha «Organizmning hayotini quvvatlab turadigan tashqi muhitsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi». SHuning uchun ham organizmning ilmiy ta’rifiga unga ta’sir qilib turadigan muhit ham qushilishi kerak, chunki organizm shu muhitsiz yashay olmasligi va chambarchas bog‘ligligini I.P.Pavlov ham ilmiy yo‘l bilan asoslab bergan.

Organizm bilan muhitning birligi ular kimyoviy tarkibining umumiyligi, shuningdek, ular o‘rtasida bo‘ladigan moddalar va energiya almashinuvi jarayonlarining tinmay bo‘lib turishi bilan isbot etiladi. Tashqi muhitning organizmga ko‘rsatadigan ta’siri organizm jarayonlaridan nafas olish, oziqlantirish, issiqlikni boshqarilishi (termoregulyasiya) va boshqalarni o‘zgartirish bilan namoyon bo‘ladi. Organizmning eng muhim hayotiy jarayonlari tashqi muhitning ana shu ta’sirlari, sifati va miqdoriga bog‘liqdir. Tashqi muhit omillari hayvonlar va parrandalar sog‘lig‘iga yaxshi ta’sir qilish ham, yomon ta’sir qilishi ham mumkin.

I.Pavlov odam kuchi va sifati odatdan tashqari bo‘lgan omillar ta’siriga uchrab qolganida kasallik kelib chiqadi, chunki bunda tashqi muhit bilan organizm o‘rtasidagi muvozanat buziladi deb ko‘rsatib o‘tgan edi. Tirik organizmga ta’sir ko‘rsatib turadigan tashqi muhit omillarini, ularning tabiatiga qarab, bir necha guruhga bo‘lish mumkin.

Fizik omillar jumlasiga havoning harorati, namligi, harakat tezligi, atmosfera bosimi, quyosh nurlari (radiatsiya), shovqin, tebranish va boshqalar kiradi. Kimyoviy omillarning ta’siri havo, suv va oziqa tarkibiga kiradigan elementlar va birikmalarning organizmga ko‘rsatadigan ta’siri bilan ifodalanadi. Patogen mikroblar, zamburug‘larni ba’zi turlari, gelmintlar, hashoratlar biologik omillardir. Bular organizmga ta’sir qilar ekan infeksion yoki parazitar kasalliklarni keltirib chiqaradi



Fanning maqsadi - chorvachilikni rivojlantirishning gigienik ahamiyati, xalq xo‘jaligiga keng joriy qilinishi, turli chorva mollari va parrandalarni saqlashda gigiyena talablarini amalga oshirishdir. Hayvonlarni sogligi va tabiiy chidamliligi, yangi sharoitga moslashishi, tashqi muhit faktorining o‘rni, har xil sharoitlarda hayvonlarni saqlash usullari, chorvachilik mahsulotlarini etishtirishda zoogigienik chora tadbirlar, tuproq, suv, xavo, oziqa, molxonalar gigiyenasi, zoogigienik tadbir choralarini iqtisodiy samaradorligini o‘rganish bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdan iboratdir.

Fanning vazifasi - hayvonlarni saqlash, boqish, oziqlantirish qoidalari bilan birgalikda chorva mollari bosh sonini ko‘paytirish, mahsuldorligini oshirish, chorvachilik mahsulotlarining sifatini yaxshilash, ekologik muhitni himoya qilish uchun bajariladigan tadbirlarni amalga oshirish, zooveterinariya tadbirlarining xalq xo‘jaligini rivojlantirishdagi ahamiyatini o‘rganish hisoblanadi. Bundan tashqari chorvachilik aholini xilma – xil sifatli oziq – ovqat mahsulotlari bilan, engil sanoatini xom – ashyo bilan ta’minlaydigan muhim tarmoqdir. Sut, go‘sht va tuxum inson uchun yuqori kaloriyali va to‘la qiymatli oziq – ovqat hisoblanadi. Jun, tivit, teri kiyim – kechak, poyafzal va boshqa sanoat mollari ishlab chiqarish uchun asosiy xom – ashyo hisoblanadi. Mollarning shoxi, tuyog‘i va suyagi ham qayta ishlash uchun foydalaniladi. Ulardan har xil buyumlar, elim va hokazolar tayyorlanadi. Qushxona chiqitlaridan, yaroqsiz nimtalardan go‘sht – suyak uni, qon uni, ba’zi bir organ va to‘qimalardan esa dorivor preparatlar tayyorlanadi. Ot, xachir, ho‘kiz, tuya, bug‘i va boshqa hayvonlardan har xil ishlarni bajarishda foydalaniladi. Chorva mollarining go‘ngi qimmatli organik o‘g‘it hisoblanadi.

CHorvachilik qishloq xo‘jaligining bir tarmog‘i hisoblanib qoramolchilik, cho‘chqachilik, qo‘ychilik, echkichilik, yilqichilik, tuyachilik, quyonchilik va muynachilik, parrandachilik sohalarini o‘z ichiga oladi. Har xil hayvon turlarini boqib ko‘paytirish, xilma – xil oziq – ovqat mahsulotlari va xom – ashyo etishtirishni ta’minlaydi. Chorvachilikning bosh vazifasi aholini sifatli oziq – ovqat mahsulotlari va sanoatni qishloq xo‘jalik xom – ashyosi bilan ta’minlashdir.

Bu vazifalarni bajarishda mustahkam va sifatli ozuqa bazasini yaratishda agronomiya, zootexniya, veterinariya fanlarining yutuqlaridan va ilg‘or tajribalaridan foydalanish hamda qishloq xo‘jaligining hamma tarmoqlarida mexanizatsiya, elektrofikatsiya va avtomatizatsiyani keng qo‘llashni taqozo qiladi. Hayvonlar va parrandalar bosh sonini ko‘paytirish, ularning mahsuldorligini oshirish va mahsulot tannarxini kamaytirish yo‘llarini izlash zarur. Bunga ixtisoslashtirish, mehnat unumdorligini oshirish va hayvonlarni bir joyga yig‘iish hisobiga erishish mumkin.

Hayvonlarni saqlash, oziqlantirish va ulardan foydalanishda jadal texnologiyani, mexanizatsiya va avtomatizatsiyani keng joriy etib ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida, parrandachilik fabrikalarida mehnat unumdorligini 5–6 martaga oshirib, mahsulot tannarxini 20 – 30% ga pasaytirish hamda ishlab chiqarilgan mahsulotga oziqa harajatini 1,5 – 2 marta tejashga erishish zarur.

Chorvachilikni ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida ko‘paytirish, ishda ilg‘or texnologiyani qo‘llash, hayvonlar va parrandalar organizmining fiziologik talabiga qarab tuyimli oziqa ratsionini tuzish, sifatli oziqa va suv bilan ta’minlash, mikroiqlim talabiga javob beradigan binolar qurish, hamma ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi. YUqori mahsuldor hayvonlarni ko‘paytirish, xo‘jaliklarga har xil yuqumli kasalliklarni kirib kelishini oldini olish, veterianriya – sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish kabi ishlar hozirgi davr talabidir. SHu tadbirlar asosida qabul qilingan, texnologik loyiha me’yorlariga, ayniqsa chorvachilik ferma, ayrim binolarni qurish, loyihalash va qayta qurishda zoogigienik, veterinariya sanitariya talablariga qat’iy amal qilish kerak.

Fermer xo‘jaligi sharoitida hayvonlarni oziqlantirish, saqlash va turli kasalliklarni oldini olishda zoogigiyena va veterinariya – sanitariya qoidalari va talablariga rioya qilish lozim. Zoogigiyena va veterinariya – sanitariya tadbir choralarga qat’iy amal qilingandagina hayvonlarni sog‘lig‘ini, yuqori mahsuldorligi va nasldorligini saqlab qolish mumkin. Chorvachilikda zoogigienik me’yor, qoida va talablarni keng qullash chorva mollarining mahsuldorligini oshirishda alohida ahamiyatga egadir.

Hozirgi vaktda zoogigiyena fanining rivojlanishida bir- biriga chambarchas bog‘langan asosiy uchta vazifani ajratib ko‘rsatish mumkin; 1. Hayvonlarni mahsuldorligini, tabiiy chidamlilik qobiliyatini oshirish uchun ularning turiga, yoshiga qarab optimal sharoitlarni yaratish. 2. Yuqumli va yuqumsiz kasalliklarni ayniqsa antropozoonoz kasalliklar oldini olish xamda ulardan olinadigan maxsulotning sifatini yaxshilash buyicha chora tadbirlarni ishlab chiqish 3. Tashqi muhitni chorvachilik chiqindilarni bilan ifloslanishini oldini olish.


Download 14,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish