Tayanch iboralar:
Saqlash usullari, molxona-yaylov, molxona-yayratish, molxona-lager, boglab, boglamay, uzluksiz sex usuli, mikroiqlim kursatgichlari, namlik, xarorat, chang, mikroblar, maxsus kiyim, termometr, psixrometr, dezinfeksiya va h.k
Qoramollarni saqlash usullari – Qoramolchilik fermalari texnologiyani loyihalash me’yorlari (TLM) 1-89 asosida quriladi. Mustaqil mamlakatimizda qoramolchilik chorvachilikning asosiy tarmogi hisoblanib, hozirgi kunda 6,5 mln bosh qoramol, shundan 2,8 million sigir mavjud.
Qoramollar molxona, molxona-yayratish, molxona-yaylov, molxona-lager, yaylov-lager, uzluksiz sex usulida bog‘lab va bog‘lamay boqiladi. Qaysi usulni tanlash xo‘jalikka keladigan foydaga qarab qabul qilinadi. Hayvonlar yil davomida doimo bog‘lashda turishi ham mumkin yoki faqat qish paytida bog‘lanadi. Ammo ularni har kuni yayratish maydoniga chiqarish lozim. YOz faslida esa hayvonlar yozgi yaylovlarga, lagerlarga chiqariladi. Lagerlarda maxsus bostirmalar, sug‘orish joylari va yaylovlar tayyorlanadi. YOzgi lagerlar ko‘k o‘t ekilgan va tabiiy o‘tlarga boy joylarga yaqin joylarda quriladi. Ba’zi bir xo‘jaliklarda burdoqi mollar ham bog‘lanib boqiladi. Bunday maxsus burdoqichilik xo‘jaliklarida ular uchun alohida binolar qurilib, molxonalar panjarali pollar bilan jihozlanadi. Sug‘orish, go‘ng yig‘ishtirish va ozuqa tarqatish mexanizatsiyalashtirilgan bo‘ladi.
CHorva mollari bog‘lamay boqilganda maxsus jihozlangan molxonalar quriladi. Bunday usulda boqishda mollar orasida yuqumli kasalliklar bo‘lmasligi kerak. Bog‘lamay boqilgan sog‘in sigirlar yil davomida yaxshi dag‘al ozuqa, shirali va em ozuqa bilan hamda to‘shama bilan ta’minlangan, yayratish maydoni jihozlangan, ozuqa tarqatish, go‘ng chiqarish, sug‘orish va sog‘ish mexanizatsiyalashgan hamda elektrofikatsiyalangan bo‘lishi kerak.
Mamlakatimizning iqlimi, er tuzilishi, xo‘jalik yunalishiga qarab qoramolchilik quyidagi xo‘jaliklarga bo‘linadi:
Naslchilik xo‘jaligi – yangi zotlar yaratish va qimmatbaho nasllik yosh hayvonlarni etishtirish bilan shug‘ullanadi.
Tovar xo‘jaligi – sut - go‘sht hamda go‘sht – sut etishtirish Bilan shug‘ullanadi.
Maxsus yosh mollarni etishtiruvchi xo‘jaliklar- tovar xo‘jaliklari uchun yosh mollarni etishtirib berish Bilan shug‘ullanadi.
Maxsus burdoqichilik xo‘jaliklari – Qishloq xo‘jalik mollarini go‘sht uchun semirtirish bilan shug‘ullanadi.
Har bir yo‘nalishdagi xo‘jaliklarda molxonalar maxsus Texnologiyani loyihalash me’yorlari (TLM) asosida quriladi. Sut yo‘nalishdagi fermalarda qoramollar bog‘lab boqilsa TLM № 819 – 64, 65, 66; bog‘lamay boqilsa № 819 – 53; sut – go‘sht yo‘nalishida bog‘lab boqilsa № 819 – 58; go‘sht yo‘nalishdagi burdoqi mollar uchun № 801 – 104, 105, 108 va 109 asosida qurilishi zarur.
Bog‘lab boqish gigiyenasi - Qoramolchilik madaniyatini rivojlan-tirish, ozuqa xarajatini kamaytirish va hayvonlarning mahsuldorligini hisoblab borishda bog‘lab boqish yaxshi hisoblanadi. Bunda hayvon turlari uchun alohida binolar moslashtirib quriladi, ya’ni sigirlar uchun, buqalar, o‘sishdagi buzoqlar, bo‘rdoqi mollar uchun alohida molxona quriladi. Har bir katta yoshdagi hayvonlar uchun tovar xo‘jaligida 1,7 – 2,2 m2, naslchilik xo‘jaliklarda 2,1 – 2,4 m2 joy ajratiladi. To‘g‘riqxonada sigir uchun 3 m2 va nasllik buqalar uchun 3 – 3,3 m2; o‘sishdagi yosh mollar va bo‘rdoqilar uchun 0,76 – 1,36 m2, yangi to‘g‘ilgan buzoqlar 10 – 15 kunlik yoshgacha bir boshdan alohida kataklarda, keyinchalik 4 – 6 boshda guruhlarda, 4 – 6 oyligida 20 boshdan kataklarda saqlanadi. Agar mollar 6 – 7 oylab molxonada saqlansa, har bir sigir uchun 14 – 18 m3, buzoqga 8 – 10 m3; 4 – 5 oy tursa sigirga 25 m3 va buzoqga 12 – 14 m3 hajmdagi bino ajratiladi. Binoning balandligi 2,2 – 2,8 m dan kam bo‘lmasin.
Sigirlarni sog‘ish vaqti yaqinlashsa tinch, keng va yorug‘ sog‘ish binosiga o‘tkaziladi. Bu erda tug‘adigan sigirlar va buzoklar saqlanadigan bo‘limlar bo‘ladi. Umuman xo‘jalikda to‘g‘riqxona umumiy sigirlar bosh soniga nisbatan 10 – 12% hisobidan quriladi.
Sigirlarni bog‘lab boqishdan bog‘lamay boqishga o‘tkazilganda ularni yaxshilab veterinariya ko‘rigidan o‘tkaziladi va keyinchalik ham xaftasiga bir marta tekshirilib boriladi, tuyoqlari tozalanadi, o‘sgan shoxlari kesiladi. Buzoqlar 10–15 kunligida kimyoviy yo‘l bilan shoxsizlantiriladi. Bunda kuper qaychisi bilan shox joyidagi juni va epidermisi qirqilib, tayyorlangan joy 25 – 30 sekund davomida uyuvchi natriy yoki kaliy bilan hullangan paxta bilan artiladi va yana 5 daqiqadan keyin ikkinchi marta qaytariladi. YAra 20 – 25 kunda tuzalib, yaxshi bo‘lib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |