Umumiy epizootologiya - epizootiyani paydo bo‘lishi, rivojlanish qonuniyatlarini hamda yuqumli kasalliklarning oldini olish va tugatishda zarur bo‘lgan umumiy tadbirlarni ishlab chiqadi.
Xususiy epizootologiya - ayrim yuqumli kasalliklarni kelib chiqish sabablari va sharoitlari, klinik belgilari, oqibati, patologoanatomik o‘zgarishlari, diagnozi, davolash va kasallikni oldini olish tadbirlarini o‘rganish bilan shugullanadi.
Epizootik jarayon - deb infeksiyaning chorva mollari orasida tarqalish yullari va ularni zararlanishiga deyiladi.
Reinfeksiya deb - organizmning qayta zararlanishi va takror kasal bo‘lish holatiga aytiladi.
Superinfeksiya deb - infeksiya rivojlanish jarayonida organizm bilan qo‘zg‘atuvchi orasida tenglik vujudga keladi, lekin bunday organizmga qo‘zg‘atuvchi qo‘shimcha miqdorda kirganda kasllikning yangidan kuchayishiga aytiladi.
Retsidiv – deb kasallikning klinik belgilar yo‘qolganidan keyin organizm qo‘zg‘atuvchidan xolos bo‘lmaydi va ma’lum sharoitda kasallikning klinik belgilarini paydo qilishiga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |