Umumiy xirurgiya – qishloq xo‘jalik hayvonlarida uchraydigan xirurgik kasalliklarni sabablarini, rivojlanish qonuniyatlarini, klinik belgilari, oqibati, davolash hamda oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Xususiy xirurgiya - ayrim organ va to‘qimalarda uchraydigan kasalliklarning kelib chiqish sabablarini, rivojlanishini, klinik belgilari, davolash va oldini olish choralarini o‘rganadi.
Antiseptika - deb mexanik, fizik va kimyoviy omillar bilan yaralarni kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblardan tozalash (anti-qarshi va septic - mikrob) hamda yaralarning yiringlab, zurayib ketishining oldini olishga deyiladi.
Aseptika – deb yaralarni davolashda ishlatiladigan hamma xirurgik asboblarni fizik omillar ta’sirida zararsizlantirishga deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |