Mavzu: Dezinfeksiya vositalarida faol moddalarni aniqlash.
Darsning maqsadi: veterinariya-sanitariyasida dezinfeksiya vositalarining turlai haqida bilimga ega bo’lish. Dezinfeksiya vositalari, ularning tarkibidagi faol moddalarni aniqlash usullarini o’zlashtirish, dezinfektantlarni mikroorganizmlarga ta’sir mexanizmlarini o’rganish.
Material va jihozlar: mikroskop, tarozi, o’lchov kolbalari, spirtovka yoki gazli gorelka, shisha idishlar, maxsus kiyimlar, himoya vositalari, distillangan suv, 0,01 n natriy gipo sulfat eritmasi, 0,01 n kaliy bixromat eritmasi, kaliy yodid, xlorid kislota eritmasi (1:5), 0,5% li kraxmal eritmasi.
Ishqorlar, kislotalar, xlorfaol preparatlar va boshqa dezinfeksiya vositalari guruhlari mikroorganizmlar xujayrasiga ta’sir etib unda o’ziga xos biokimyoviy va morfologik o’zgarishlar chaqiradi.
Mikroorganizmlar xujayrasida dezinfeksiya vositasi tushgach kechadigan jarayonlar bir xilda emas hamda dezinfeksiya vositasini kimyoviy tabiatiga, uning xujayrani ayrim komponentlariga ta’sir ko’rsatish xususiyatiga, shuningdek, mikrob xujayrasini ultrastrukturaviy tuzilishiga bog’liq.
Kimyoviy moddalarning ma’lum sharoitda mikroorganizmlarning o’sishini to’xtatadigan, ammo ularni olishiga olib kelmaydigan ta’siri bakteriostatik ta’sir deyiladi.
Kimyoviy moddalarning mikroorganizmlarni o’ldiruvchi ta’sirga bakteriosit ta’sir deyiladi.
Eritma tarkibidagi kimyoviy dezenfeksiya vositalarining mikrob xujayrasi bilan kontakti vaqtida unga adsorbsiyalanadi yoki ichiga kiradi hamda u yerda xujayrani tashkil etuvchi moddalar bilan u yoki bu darajada birikadi.
Kimyoviy vositalarini ta’siri ularning eritmalari konsentratsiyasi, harorati va ekspozitsiya vaqtiga bog’liq bo’ladi.
Veterinariya amalyotida dezinfeksiya uchun ishqorlar, kislotalar, oksidlovchi moddalar fenol, krezol, ksilinol, og’ir metal tuzlari, gazlar va boshqalar ishlatiladi.
Ishqorlar – bu birikmalar suvda erigan holda manfiy zaryadli gidroksil ionlarini ajratadi. Veterinariya amaliyotida o’yuvchi natriy, o’yuvchi kaliy so’ngdirilgan ohak, natriy karbonat, kaliy karbonat, ammiakni suvli eritmasi kabilar ishlatiladi.
Gidroksil ionlarining konsentratsiyasi qancha yuqori bo’lsa ishdorining zararsizlanishi ta’siri shuncha kuchli bo’ladi.
Kislotalar – bu vodorod saqlovchi va uning metallar bilan o’rin almashinishi natijasida tuzlar hosil qiluvchi birikmalardir. Kislotalarning mikroblarga ta’sir kuchi tarkibida musbat zaryadli vodorod ionlari saqlovchi suvli eritmalarining konsentratsuyalariga bog’liq bo’ladi.
Kislota eritmalarining harorati ularning zararsizlantiruvchi kuchiga sezilarli darajasida ta’sir ko’rsatadi. Eritmalarning harorati 100 C ga ko’tarilsa ularning bakteriositlik xususiyati 2-3 marta ortadi.
Ftorid, nitrat, uch xlor sirka kislotalari eritmalari ayniqsa yuqori bakteriosit ta’sir ko’rsatadi. Ushbu dezinfeksiya vositalari kuydirgi kasalligi mikroblarning sporalarini zararsizlantirish xususiyatiga ega.
Xlorid, sulfat va fosfat kislotalari biroz kushsizroq ta’sir ko’rsatadi.
Sirka, chumoli, sut kislotasi va boshqa kislotalar yanada kushsizroq bakteriosit xususiyatga ega.
Xlor saqlovchi preparatlarga xlorli ohak, xloramin, gipoxlorit va boshqa birikmalar kiradi. Bu preparatlar eritmada nafaqat xlor, balki, kislorod ham ajratadi. Ushbu preparatlar eritmalarining bakteriosid xususiyati ajratadigan faol xlor va atomar kislorodning konsentratsiyasiga bog’liq bo’ladi.
Xlor - Cl2 kuchli spetsifik xidga ega bo’lgan sarg’ish – yashil rangli ko’z va yo’qori nafas yo’llarini qitiqlash xususiyatiga ega bo’lgan gaz, havodan 2,5 marta og’ir. Xlor suvda yaxshi eriydi. Harorat qancha past bo’lsa xlor suvda shuncha yaxshi eruydi.
Fizikaviy dezinfeksiya vositalaridan veterinariya amaliyotida ultrabinafsha nurlardan, quritish, yuqori harorat, ionlanuvchi nurlanishlar qo’llaniladi.
Dezinfeksiya amalyotida ultrabinafsha nurlarini tabiiy manbalaridan quyosh nuri, sun’iy manbalardan gaz va yorug’lik (simob–kvarsli) lampalari ishlatiladi.
Harorat yordamida zararsizlantirishda 500C dan yuqori harorat mikroorganizmlarga salbiy ta’sir etadi. Bularga qaynoq suv, suv bug’i, olov yordamida zararsizlantirishlar kiradi.
Biologik vositalardan veterinariyada go’ngni biologik usulda zararsizlantirish usuli ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi.
Xlorli ohakdagi xlor miqdorini aniqlash.
Solinadigan xlorli ohak tarkibi har xil bo’ladi: unda turli miqdorda Ca(OCl)2, CaCl2 va Ca(OH)2 uchraydi. Xlorli ohakning yuqumsizlantiruvchi ta’siri kalsiy gipoxlorid Ca(OCl)2 ning OCl – ionini ajratib chiqarishiga asoslangan, shu ion bakteriyalarga ta’sir ko’rsatuvchi xlor bilan kislorodga parchalanadi.
Xlorli ohakdagi aktiv xlor miqdorini aniqlash usuli kalsiy gipoxloridga kalsiy yodid bilan xlorid kislota ta’sir ettirilganda, xlor alralib, kaliy yodiddan ekvivalent miqdorda yod siqib chiqarilishiga asoslangan:
Ca(OCl)2 + 4HCl = CaCl2 + 2H2O +2Cl 2
2Cl2 + 4KI = 4KCl + I2
Ajralib chiqqan yod kraxmal ta’sirida hosil qilgan ko’k rang yo’qolib ketguncha 0,01 n natriy giposulfat eritmasi bilan titrlanadi:
2I2 + 4Na2S2O3 · 5H2O = 2Na2S2O2 + 4NaI + 5H2O
Titrlashga sarflangan natriy giposulfat miqdoriga qarab analiz uchun tortib olingan ohakdagi xlor miqdori hisoblab chiqiladi.
Ishlash tartibi. Xlorli ohakning o’rtacha namunasidan 3,55 g tortib olinib, ozgina distillangan suv solib chinni hovonchada bir jinsli bo’tqa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Bo’tqa suv bilan suyultirilib, 1000 ml li o’lchov kolbasiga ohista quyib olinadi. Havoncha bilan dastasi bir necha marta suv bilan chayilib, chayindi suv har safar o’lchov kolbasiga quyilaveradi. Kolba ichidagi suyuqlik distillangan suv bilan belgigacha yetkaziladi va yaxshilab aralashtiriladi.
Tiqin ishqalab berkitiladigan 20 ml li konussimon kolbaga 0,5 g kaliy yodid solinib, 1-2 ml distillangan suv bilan eritiladi, 5 ml xlorid kislota (1:5) va yaxshilab aralashtirilgan xlorli ohak eritmasidan 10 ml qo’shiladi. Kolba tiqin bilan berkitiladi, 5 daqiqa o’tgach 100 ml distillangan suv qo’yiladi. Ajralib chiqqan yod och sariq rang paydo bo’lguncha 0,01 n natriy giposulfat eritmasi bilan titrlanadi, shundan keyin 0,5 % li kraxmal eritmasidan 2 ml qo’shilib, ko’k rang yo’qolib ketguncha titrlash davom ettiriladi. Aktiv xlorning foizlar bilan ifodalangan miqdori mana bu formulaga muvofiq hisoblab chiqiladi:
n·K · 0,000355·1000·100
X = ---------------------------------------
α·β
bu yerda, n – titrlashga sarf bo’lgan 0,01 n natriy giposulfat miqdori, ml; K – 0,01 n natriy giposulfit eritmasining tuzatish koeffitsienti; 0,000355 – 0,01 n natriy giposulfit eritmasining 1 millilitriga ekvivalent xlor miqdori, g; α – 1000 ml eritma tayyorlash uchun sarflangan xlorli ohak miqdori, g; β – analiz uchun olingan ohak eritmasi miqdori, ml.
Tortib olingan xlorli ohak 3,55 g ga teng va uni titrlash uchun shu ohak eritmasidan 10 ml olingan bo’lsa formula soddalashadi:
n·K · 0,000355·1000·100
X = --------------------------------------- = n·K
3,55·100
Misol: 1000 ml eritma tayyorlash uchun 3,55 g xlorli ohak olingan edi. Titrlash uchun 10 ml xlorli ohak eritmasi olindi. Titrlashga 28,5 ml 0,01 n natriy gidrosulfit eritmasi sarflandi, bu eritmaninag tuzatish koeffitsienti 0,9920.
X = 28,5·0,9920 = 28,27%
Do'stlaringiz bilan baham: |