Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Mavzu: Hayvonot olamidan olinadigan oziqalarni



Download 14,3 Mb.
bet108/262
Sana27.12.2021
Hajmi14,3 Mb.
#123967
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   262
Bog'liq
2 5305518344210744334

Mavzu: Hayvonot olamidan olinadigan oziqalarni

gigiyenik baholash.
Darsning maqsadi: Hayvonot olamidan olinadigan oziqalarni orgonoleptik, bakteriologik va biologik usuli bilan baholashni o‘rganish.

Darsga kerakli ko‘rgazmali qurollari, asboblar va reaktivlar. Kerakli ko‘rgazmali qurollar, jadvallar, qon, gusht-suyak va baliq unlari, termostat, 1mm bo‘lgan elak, distillangan suv, 0,1 n kumush nitrat (Ag2NO3), indikator - kaliy xromat (K2CrO4), fiziologik eritma, 1 % glyukoza qo‘shilgan gusht pepton agar, probirkaga zelin moyi qo‘shilgan jigar buloni.



Darsning mazmuni. Qon, gusht, suyak va baliq uni davlat standarti bo‘yicha sanoat ishlab chiqarishda tayyorlanib, sifatliligi va xavfsizligi tuliq ta’minlanadi. Ammo noto‘g‘ri tashish va saqlash natijasida ular ko‘pincha buziladi va ifloslanadi. Dastlab standartni talabi bo‘yicha oziqalar zavodida maxsus qoplarga joylashtirib yuboriladi. Qoplarda ishlab chiqarilgan korxonaning nomi, adresi, qopning tarkibi, nomeri va og‘irligi yozilgan bo‘ladi. Har bir chiqarilgan partiyasida oziqa tarkibidagi protein mineral moddalar yog‘, namlik umumiy tuyimliligi va tayyorlangan vaqti yoziladi. Bu oziqalar toza, quruq va yaxshi shamollatiladigan binolarda saqlanishi kerak. Bundan tashqari, oziqalarning yaqinida kuchli hid beradigan narsalar saqlanmasligi kerak, chunki bu oziqalar hidni o‘ziga juda tez oladi.

O‘rtacha namuna olish - xuddi unsimon oziqalar bajariladi va analizga yuboriladi. Har bir yuborilgan oziqa sertifikatidan sifat guvohnomasida yozilgan ma’lumotlar tuliq bo‘lishi kerak.

Rangi - qon uni jigarrang, kung‘ir, ko’kishsimon bo‘lib, diametri 1 mm bo‘lgan elakdan utadi. Suyak uni oq kukun bo‘lib, 0,4 mm li elakdan o‘tadi. Baliq uni bir necha xil rangda bo‘ladi: Oliy navli ochiq kulrang, birinchi sorti sariqroq, ikkinchi sorti sariq ko’kish yoki qo’ng‘ir rangda bo‘ladi. Gusht uni sariq kulrang yoki qo’ng‘ir ko’kish bo‘ladi.

Hidi - hayvonot dunyosidan olingan oziqalar o‘ziga xos hidga ega bo‘ladilar, chirigan, sasigan yoki yod hidlarning paydo bo‘lishi oziqaning buzilganligini bildiradi.

Namlgini aniqlash - quritish shkafida tortish yo‘li bilan bajariladi. Quruq qon uning namligi 10 % dan oshmaydi, o‘rtacha qurug‘ida 10-12 % namlik bo‘ladi. Baliq uning namligi: oliy navli 10 % birinchi sortiniki 12 % va ikkinchi sortiniki 13 % dan oshmasligi kerak. Suyak va gusht-suyak uniniki ham 10 %dan yuqori bo‘lmasligi kerak.

Baliq - suyak unidagi osh tuzini aniqlash - kolbaga 10 gramm baliq-suyak uni solib ustiga 50 ml distillangan suv qo‘shiladi. YAxshilab aralashtiriladi va 2 soat saqlangandan keyin qaytadan aralashtirilib filtrlanadi. Shu filtratdan 20 ml olib, 0,1 n kumush nitrat (Ag2NO3) eritmasi bilan indikator kaliy xromat (K2Cr4O4) yordamida qizil rang yo‘qolguncha titirlanadi. 1 ml 0,1 n kumush nitrat eritmasi titrlashda 5,845 mg osh tuziga teng bo‘ladi.

Baliq - suyak unidagi, omixta em tarkibidagi osh tuzining miqdorini aniqlash uchun qo‘yidagi formulada foydalaiiladi:

X = A x 0,0058 x 50 x 100 / 10 x 20

Bu erda, A - titrlash uchun sarf bo‘lgan kumush nitrat miqdori, ml

0,0058 - 1 ml 0,1n kumush nitratga teng bo‘lgan osh tuzi, g

50 - olingan distillangan suvning miqdori:

10 - olingan baliq - suyak unining miqdori, g:

20 - filtratning miqdori, ml.

Baliq - suyak unining tarkibida osh tuzi 3 - 5 % dan oshmasligi kerak. (Oliy nav bo‘lsa - 3 %, birinchi navda - 4 % va ikkinchi navda 5 % bo‘ladi).

Bakteriologik va biologik tekshirish - uchun sterillangan idishda namuna yaxshilab aralashtirilgandan so‘ng undan 1 g olib sterillangan fiziologik eritmada 1:100 va 1:1000 miqdorda eritma tayyorlanadi. Bu eritma yaxshilab chayqatilib 5-10 minut tindiriladi. Har ikkala eritmadan sterillangan pipetka yordamida 0,1 ml dan olib, eritilgan 1 % glyukoza qo‘shilgan go’ht-pepton agariga ekamiz. Bundan tashqari ikkinchi probirkaga vazelin moyi qo‘shilgan jigar buloniga ekamiz. Mikrorganizmlar ekilgan Petri kosachasi 33 - 48 soat davomida +370С li termostatda saqlanadi va o‘sgan mikroblar koloniyasi sanaladi. Agar muhitda xavfli kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar hamda ichak tayoqchalari bo‘lsa bunday oziqalar yaroqsiz hisoblanadi.

Jigar bul’yoni quyilgan probirkalar kamida 5 kun termostatda saqlangandan keyin 2 ta oq sichqonning terisi ostiga 0,3 - 0,5 ml dan yuboriladi. O‘lgan sichqonlar yorib ko‘rilib, odatdagi usul bilan mikroorganizmlar aniqlanadi. Oziqalardan E.сoli va b. proteus larning topilishi, ularni ishlab chiqarishda, saqlashda, tashishda sanitariya qoidalarining buzilganligini ko‘rsatadi. Agar bu oziqalardan kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar topilsa, hayvonlarga berish ma’n etiladi.


Topshiriq № 1 – hayvonat olami oziqalarini gigienik baholash natijalari.




Kursatgichlari

Oziqa namunalari

№ 1

№ 2

№ 3

1

Hidi










2

Rangi










3

Namligi










4

Osh tuzi miqdori









Nazorat savollari.



  1. Hayvonot olamidan olinadigan oziqalarni ahamiyati.

  2. O‘rtacha namuna olish usullari.

3. Hayvonot olamidan olinadan oziqalarni baholash usullari.

Download 14,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish