Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Mavzu: Dag‘al oziqalarni gigienik baholash



Download 14,3 Mb.
bet103/262
Sana27.12.2021
Hajmi14,3 Mb.
#123967
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   262
Bog'liq
2 5305518344210744334

Mavzu: Dag‘al oziqalarni gigienik baholash.
Darsning maqsadi: Dag‘al oziqalarni sanitariya gigiena tomonidan baholash usuli bilan tanishish.

Kerakli ko‘rgazmali qurollar: Jadvallar, diametri 3 mmlik elak, lupa, shisha buyum oynachasi, mikroskop.

Darsning mazmuni - Oziqaning sifatliligi va tuyimliligini tekshirish veterinar vrach va zootexnikning vazifasi hisoblanadi. Sifatli oziqa esa oshqazon – ichak kasalliklarini oldini olishni ta’minlaydi va ulardan olinadigan mahsulotni ko‘paytiradi. Ko‘p tajribalarda va chorvachilik amaliyotida fermalarda o‘chraydigan yuqumsiz kasalliklarning asosiy qismi (50 – 70 %) tuyimliligi past va sifatsiz oziqalarni ishlatishdan kelib chiqishi tasdiqlangan.

Oziqalar sifatsizligi tufayli kelib chiqadigan asosiy kasalliklarga qo‘yidagilar sabab bo‘ladi:

zaharli moddalar, pestitsidlar, zamburug‘lar va mikroorganizmlarning toksinlari, alkaloidlar, nitridlar va boshqalarning bo‘lishi. Hozirgi kunda chorvachilikning intensiv rivojlantirishda, har xil kasalliklarning oldini olishda xo‘jalikdagi oziqalarni gigiena tomonidan nazorat qilib borish asosiy rol o‘ynaydi.



Dag‘al oziqalarning sifati ular saqlanayotgan joyda organoleptik yo‘l bilan aniqlanadi, bunda ularning botanik tarkibi, rang, hidi, mexanik aralashmalar bilan ifloslanganlik, mog‘orlash, chirish kabi sifatlariga ahamiyat beriladi. Dag‘al oziqalar organoleptik ya’ni ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan ushlab tekshirish va labarotoriya usullarida baholandi.

O‘rtacha namuna olish - namuna har 25 tonnasiga 5 kg hisobida g’aramning kamida 20 joyidan olinadi. Oziqalar shibbalangan bo‘lsa har 50 tonnadan 3 % va 50 tonnadan ko‘p bo‘lsa 1 % hisobida olinadi, ya’ni namuna har bir bog‘dan bir tutamdan olinadi. Olingan namuna brezent ustiga yoyilib yaxshilab aralashtiriladi. Har xil joyidan (kamida un joydan) ozroqdan – botanik tarkibini o‘rganish uchun 500 g va laboratoriyada namligini aniqlash uchun 300 g olinadi. Namuna og‘zi mahkam yopiladigan shisha bankaga solinib, kuzatish hujjati bilan laboratoriyaga yuboriladi.

Bir xilligi - ko‘pincha bir joyning o‘zida har xil joydan yig‘ilgan sifati ham, partiyasi ham turlicha bo‘lgan em – xashak saqlanadi. Bunday pichanga bunday baho berish qiyin. Yuqoridagi holda har bir partiyaga alohida – alohida baho beriladi.

Hidi - yaxshi pichan o‘ziga xos yoqimli, xushbuy hidga ega. Ba’zan xushbuy hid pichan orasidagi boshqa o‘simliklarniki bo‘lishi mumkin. Agar pichan uzoq muddat saqlangan bo‘lsa, uning hidi yuqoladi. Pichan kuchliho’l langan bo‘lsa, undan jigar hidi keladi, agarda hidini aniqlashga imkon bo‘lmasa, biroz pichan olib 600C dagi issiq suvli stakanga solinib, usti oyna bilan yopiladi. 3 – 2 minutdan keyin usti ochilib hidlanadi va hidi aniqlanadi.

Rangi - pichanning rangi uning yig‘ib olingan vaqtiga, saqlanish joyiga va o‘simliklar tarkibiga bog‘liq. Yaxshi pichannig rangi kuk yoki sal kukish randa bo‘ladi. Intensiv yashil rang achchiq utlarga, kung‘ir yashil dukkaklilarga xos. Och yashil esa beda pichaniga, sariq oqish donli oziqalar poyasiga xosdir. Oqimtir bo‘lsa bu pichanlarning uzoq vaqt quyoshda turib qolganligini ko‘rsatadi. Och sariq va och yashil bo‘lsa pichanning yog‘ingarchilik paytida yig‘ib olinganligini, kung‘ir sariq, kung‘ir qora rangda bo‘lsa pichan sifati buzilganligini ko‘rsatadi.

Namligi - pichan va poxollarning namligi 15 % gacha bo‘lsa quruq hisoblanadi. 17 % o‘rtacha, 17 - 20 % nam va 20 %dan yuqori bo‘lsa ho’l pichan hisoblanadi. Orgonoleptik yo‘l bilan oziqalarning namligi qo‘yidagicha aniqlanadi: bir tutam pichan olib sindirib ko‘riladi, charsillab sinsa quruq, to’liq sinmasa o‘rtacha quruqlikda, buraganda qo’lga nam urilsa ho’l pichan hisoblanadi.

Urish davri - pichanni o’rish davri o’simliklarning gullash va boshoqlash davriga qarab aniqlanadi. Vaqtida o’rilgan pichanning urug‘i to’la va barglari bo‘lib, poyasi sariqroq rangda bo‘ladi. Erta o’rilsa pichan ko’m – ko’k va achchiq bo‘ladi. Kech o‘rilsa esa poyasi qotib barglari tushib ketadi.

Pichanning namligini aniqlash - uchun quritish shkafida quritilib, avvalgi og‘irligidan keyingi og‘irlikning farqi aniqlatilib, avvalgi og‘irligidan keyingi og‘irlikning farqi aniqlanib foizi chiqariladi. Namlikni to‘g‘ri hisoblash uchun uchta namuna tekshirilib, o‘rtachasi olinadi.


Pichanning namligini elektron asbob yordamida aniqlash
Har xil aralashmalar - Pichan namunasi extiyotlik bilan tarozida tortilib, keyin brezint yoki kardon qog‘oz ustiga yaxshilab qoqiladi. Tagiga tushgan maydasi - diametri 3 mm bo‘lgan elakdan o‘tkaziladi. Elakdan utgan tuproq, qum va o‘simliklarning mayda bo‘lakchalari 0,1 g gacha aniqlikda tortilib avvalgi og‘irligiga nisbatan foizi aniqlanadi. Birinchi klass pichanlarning iflosligi 2% gacha, ikkinchi va uchinchi klass – 3 % gacha va klassizi 3 - 10 % gacha bo‘ladi. Agar iflosliklar 10 % dan yuqori bo‘lsa, bunday pichanlar yaroqsiz hisoblanadi.

Botanik tarkibi uchun pichandan 100 - 300 g o‘rtacha namuna olinib guruhlarga bo‘linadi:

1) dukkakli o‘simliklar;

2) donli o‘simliklar

3) boshqa eyiladigan o‘simliklar;

4) eyilmaydigan o‘simliklar;

5) zararli va zaharli o‘simliklar.

Har bir guryh o‘simliklari alohida olinib, olingan namunaning avvalgi og‘irligiga nisbatan foizi aniqlanadi. Pichanlarning hamma gruppasi va klasslari tarkibida zararli va zaharli o‘simliklar 1% dan oshmasligi kerak. Alohida o‘simlik yaylovlarida esa zararli o‘simliklar 500 g dan, zaharli o‘simliklar 200 g dan oshmasligi kerak.

O‘sayotgan usimliklarda parazitlik qiladigan zamburug‘larni aniqlash - qator zamburug‘lar: zang zamburug‘i, qorakuya, sporinyalar, fuzarium oilasidagi zamburug‘lar va boshqalar boshoqli va dukkakli o‘simliklarni vegetatsiya davrida zararlaydi. Zang zamburug‘lari o‘simliklar poyasini, bargini, boshog‘ini, qorakuya gullarini zararlaydi; sporinyalar, fuzariumlar esa donli oziqalarning donlanish davrida rivojlanadi. O‘simlikning hamma qismlaridan: poya, barg, gul, donidan olingan namuna kamida 100 gr bo‘lishi kerak. Olingan namuna qog‘oz ustida quritiladi va sezgi organlari yordamida tekshiriladi. Bunda poyasida, bargida, boshoqlarida zanglar izi, boshoqlarning qorayishi, gullaridan yomon hid kelishi, kaftda ishqalaganda tuq jigarrang yoki qora chang qolishi, donalari mayda va qizg‘ish, kung‘ir rangda bo‘lishi va boshqalarga e’tibor beriladi. Namunani mikroskop yordamida ham tekshiriladi.

Aniqlash tartibi - qog‘oz ustiga o‘simlikning guli, poyasi qoqiladi yoki doni eziladi. Qog‘ozga tushgan changlardan shisha buyum ustiga ozroq olib, unga bir necha tomchi distillangan suv yoki glitserin tomizib, yopqich oynacha bilan yopib mikroskopni kichik ko‘rsatgichida ko‘riladi va zamburug‘lar turi aniqlanadi.

Topshiriq № 1 – Dag‘al oziqalarni gigienik baholash natijalari.



Kursatgichlari

Oziqa namunalari

№ 1

№ 2

№ 3

1

Botanik tarkibi










2

Hidi










3

Rangi










4

Namligi










5

Zaharli usimliklari










6

Mayda aralashmalari










7

Zamburg‘ bilan ifloslanishi










8

Mexanik aralashmalari









Nazorat savollari.



  1. Dag‘al oziqalarni baholash usullari.

  2. Oziqalarni sifatiga ta’sir qiluvchi sabablarni ayting.

  3. Zaharli o‘simliklarni turlarini aytib bering.

  4. Dag‘al oziqalarni tashishga bo‘lgan gigienik talablar.



Download 14,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish