Cito – tezda, Statim – usha vaqtning o’zida, Citissime – zudlik bilan.
Olinadigan dori zaharga qarshi qo’llash uchun bo’lsa – Antidotum (zaharga qarshi) so’zi yoziladi.
Retseptda bunday so’zlar yozib ko’rsatilganda dori vositalari dorixonalarda navbatsiz tezda tayyorlab beriladi.
Agar retsept tarkibi A ro’yxatga kiruvchi zaharli vositalardan tashkil topgan bo’lsa bu retseptlar yozilgan kunidan boshlab 5 kungacha, uyqu chaqiruvchi va neyroleptik vositalar bo’lsa 10 kungacha xaqiqiy hisoblanadi va dorixonalardan bir marta olish uchun ruxsat etiladi. Qolgan umumiy ta’sir etuvchi vositalardan iborat retseptlar esa yozilgan kundan boshlab 2 oygacha xaqiqiy xisoblanadi.
Agarda retseptda yozib ko’rsatilgan dori vositalarini qaytadan ikkinchi marotaba olish kerak bo’lsa, retsept blankasining bush joyiga Repetatur – qaytarilsin so’zi yozilib, qaytadan usha kun va vrach imzosi quyiladi. Retseptlar oddiy va murakkab bo’lishi mumkin.
Oddiy retseptlar tarkibi bitta dori vositalaridan iborat bo’lsa, murakkab retseptlarda bir necha xil dori vositalari yozib ko’rsatilgan bo’ladi.
Amaliyotda kuproq kukun, pilyula, tabletka, ampuladagi suyuq dori shakllari tayyor xolatida retseptlarda dispenzasion – (kupaytirish) usulida yoziladi. Dori shakllarini tayyorlash uchun retseptlarda tarkibiy qismlarini kursatib berish uchun kuproq divizion (bulinish) usulidan foydalaniladi.
24-mavzu: Retseptda tabletka, shamcha va ko‘z plyonkasini ishlatilishi
Darsning maqsadi: Retsepturada kimyoviy elementlar: Kislotalar, oksidlar. Tuzlar. Kationlar va anionlarni terminlari bo‘yicha umumiy mashg‘ulot bajarish bo’yicha qoidalar va kerakli adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirish.
Darsning o’tkazish usuli – kafedrada mavjud bo’lgan adabiyotlar, amaliy mashg’ulotlar uchun tayyorlangan ishlanmalar, tanishtirilib ko’rsatiladi. Interfaol metodlar qo’llaniladi.
Amaliy dars uchun kerakli jixozlar: Tarqatma materiallari va plakatlar.
I. Murakkab dori-darmon qo‘shtirnoq ichida beriladi:
Tabulettae “Codterpinum”
“Kodterpin” tabletkalari.
Suppositoria “Neo-Anusoium”
“Neo-Anuzol” shamchalari.
II. Tabletkalar bitta ta ’sir etuvchi moddadan iborat b o isa , dori shakiidan keyin qaratqich keiishigida yoziladi:
Tabulettae Cordigiti 0,0008
Kordigit tabletkalari 0,0008
III.Shamchalar bitta ta ’sir etuvchi moddadan iborat bo‘lsa uning nomi dori shakliga “cum” yordamida qo‘shiladi va Ablyativda yoziladi, keyin doza belgilanadi. Suppositoria cum Cordigito 0,0012 Shamchalar Kodigit bilan 0,0012
IV.Reseptlarda tabletkalar va shamchalar qisqartiriiib berilsa unda dori shaklini Akkuzativda ko‘plikda yozishni unutmang. Tabulettas, tabulettas obductas, suppositoria, suppositoria vaginalia. Tabletkalar, gilofchali tabletkalar, shamchalar, vaginal shamlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |