4) Subscriptio – bu qismda vrach farmasevtga tayyorlanadigan dori qanday shaklda bo’lishligi to’g’risida ko’rsatma beradi.
Misce fiat – aralashtir biron xil shakl xosil bo’lsin.
Misce – aralashtir, fiat – hosil bo’lsin.
Retseptda qisqacha qilib M.f. ko’rsatiladi.
Misol uchun: Misce fiat (m. f.) pulvis – aralashtir kukun hosil bo’lsin yoki m.f. Solutio – aralashtir eritma xosil bo’lsin va xokazo.
Rp.: Phthalazoli – 10,0
Natrii salicylici – 15,0
M. (misce), f. (fiat) pulvis.
Agarda retseptda ko’rsatilgan dori shakli kasal hayvonga iste’mol uchun bir necha kunga belgilab beriladigan bo’lsa u holda (Misce fiat) dori shakli ko’rsatilgandan so’ng, talab qilinayotgan dori miqdori va soni tuliq ko’rsatilib utiladi. Retseptda Dentur tales doses Numero qisqacha (D.t.d.N.), ya’ni – ber shunday miqdordagi dori sonini, deb yoziladi.
Misol uchun: Misce fiat. pulvis.
Dentur tales doses Numero 10.
qisqacha M.f. Pulvis. D.t.d. N 10.
bu yerda 10 dona kukun dori shakli
tayyorlab berilishi talab etilmoqda.
#
Rp.: Coffeini natrii-bensoatis – 0,2
Diuretini – 0,3
M.f. pulvis
D.t.d. N 10.
5. Signatura yoki Da. Signa – (retseptda qisqacha S yoki D.S. bosh harflari yoziladi.) – bu qismda tayyorlangan dori vositasining qanday qabul qilish usuli milliy tilda yozib ko’rsatiladi va quyidagilar e’tiborga olinadi.
Dorini qabul qilish usuli (ichga, tashqi teri yuzasiga va xokazo).
Dorini qanday miqdorlarda qabul qilish (1 kukundan, 2 osh qoshiqdan va xoqazo).
Dorini necha martadan va qanday vaqtlarda qabul qilish (bir kunda 2 maxal, ertalab va kechqurun, ovqatdan oldin).
Dorini nima bilan qabul qilish (suvga qushib ichirish, yemga aralashtirib berish va xokazo).
Signatura qismida barcha ko’rsatmalar tuliq va tushinarli qilib yozilishi shart, chunki dori vositalarini kasal hayvonga berilishi davolovchi vrach tomonidan yoki uning nazorati ostida amalga oshirilishi shartdir.
Dori vositalarini tavsiya etishda adashmaslik uchun, dorixonalardan tayyor dori shakllari –sanchish (inyeksiy*A) uchun bo’lsa kuk rangdagi yorliqda (etiketkad*A), ichga qabul qilish uchun – oq va tashqi tomonga qullanilsa sariq yoki qizil yorliqlarda (etiketk*A) chiqariladi.
6. Nomen medici – retsept davolovchi vrachning imzosi va muxri bilan yakunlanadi.
Bitta blankada zaharli yoki narkotik dori vositalaridan iborat bitta retsept yozish mumkin. Oddiy vositalardan iborat retseptlar bo’lsa bu xolatda bir retseptni ikkinchi retseptdan blankada ajratish uchun # belgi quyiladi.
Retseptda dori vositalarini tezda tayyorlab berilishi talab etilsa, retsept blankasining yuqori chap burchagiga quyidagi so’zlar yozib ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |