5.Parenteral yo‘l. Bu yo‘l dorilar organizmga tushishini tezlashtiradi. Buning uchun sterillangan eritmalar kuydiruvchi va qitiqlovchi ta’sir ega emas dorilar qo‘llaniladi. Dorilar turli shirin va ignalar yordamida aseptika qoidalari asosida ine’ksiya qilinadi.
a) Teri ostiga yuborish. Bu yo‘l orqali suvli, spirtli va moyli eritmalar mayda hayvonlarga 0,1-2 ml, katta hayvonlarga 2-20 ml miqdorda yuboriladi. Dorilar teri ostiga qoramollarga bo‘yin yuzasiga, quylarga-son oblasti ichki qismiga, it va mushuklarga –en qism yoki ichki son oblastiga, chuchqalarga-quloqga yoki son ichki qismiga yuboriladi. Dori ta’siri 2-15 minutdan keyin boshlanadi.
b) Muskul ichiga. Bu yo‘l bilan ham dorilarni suyuq shaklidagilar muskul ichiga yuboriladi. Bu yo‘l bilan yuborilganda teri ostidagiga qaraganda ta’sir tez bo‘ladi.
v) Vena ichiga. Bu yo‘l bilan dorilar maxsus shpritslar yordamida (jane), vositasiz to‘g‘ri qonga ta’sir ko‘rsatish uchun yuboriladi.
Ot va tuyalarga dorilar buyintiriq venasiga, qoramol, quy –echkilarga buyinturiq venasiga , chuchqa quloq venasiga, itlar elka yoki tirsak venasiga asosan suvli eritmalari yuboriladi.
g) Arteriya ichiga. Bu yo‘l juda kam qo‘llaniladi, ko‘pincha bosh va oyoq kasalliklarida ximioterapevtik vositalar yuboriladi.
6. Ingalyasiya yo‘l bilan. Bu nafas organlari orqali dorilarni yuborish .Bu yo‘l bilan gaz, par va azrozol holatdagi dorilar yuboriladi va mahalliy, rezorbtiv, reflektor ta’sir qiladi. Dorilar o‘pkaga tushgach yaxshi va tez so‘riladi.
Ingalyasiya yo‘li nafas organlarini o‘tkir va surunkali kasalliklarida, narkoz chaqirish maqsadida, yuqumli kasalliklarni davolashda ximioterapevtik dorilar individial va guruh holda qo‘llaniladi.
Dori moddalarining dozalari
Dorivor moddalarning hayvonlarga bir marta beriladigan miqdori doza deb ataladi. Dozaga qarab dorivor moddalar har xil ta’sir etadi, ishlab chiqarishdagi vrachlar dorivor moddalarning profilaktik va davolash dozalarini yaxshi bilish bilan bir qatorda, unga dorivor moddalarning organizmni zaharlash va o‘ldirish dozalarini ham bilish kerak.
Ko‘p maxallar davolash muddati uzok bo‘ladi, bu maxalda dori moddalarining necha kun yoki soatda organizmdan chiqishini hisobga olib, necha kundan keyin yoki soatdan keyin davolash qo‘rsini davom ettirilishi aniqlanadi. Agar dorivor moddalar organizmda uzoq vaqt saqlanadigan bo‘lsa, davolash mahalida dori berish muddati uzun bo‘lib, davolash muddati qisqa bo‘ladi.
Kunlik doza – bu bir kunlik beriladigan dorining miqdoridir. Bir kunlik doza bir marta beradigan dorining 2-4 miqdoridan iborat bo‘ladi.
Davolash oldidan kunlik davolashda qancha dori ketishini ham bilish kerak. Bir xil dorilarning bir marta berilishi 1kurs davolashga teng bo‘ladi (gemosporidin – piroplazmoz kasalida) ko‘p mahalda hayvonlar, yaxshi bo‘lgancha dori berishni davom ettirish kerak bo‘ladi. Bu mahalda qo‘rsavoy doza har xil bo‘ladi. Oldini olish va davolash dozalari maksimal va minimal bo‘ladi.
Minimal doza – bu eng kichik doza bo‘lib, buni yana ham kamaytirsa u vaqtda bu davolash xususiyatini ko‘rsatmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |