O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI FARMAKOLOGIYA, TOKSIKOLOGIYA VA VETERINARIYA SANITARIYA EKSPERTIZASI VA GIGIYENA KAFEDRASI «VETERINARIYA FARMAKOLOGIYASI» FANIDAN amaliy-laboratoriya mashg’ulotlari uchun TARQATMA MATERIAL
Samarqand-2019 Ushbu tarqatma material 5440100-Veterinariya, 5111000-Kasb ta’limi (Veterinariya) yo’nalishlari uchun mo’ljallangan.
AMALIY MASHG’ULOTLAR
1-Mavzu: Amaliy mashg’ulotlarni bajarish qoidalari, dorilarning lotincha nomlarini yozish tartibi.
Darsning maqsadi: Kafedrada farmakologiya fanidan amaliy mashg’ulotlarni o’tish, topshiriqlarni bajarish bo’yicha qoidalar va kerakli adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirish.
Darsning o’tkazish usuli – kafedrada mavjud bo’lgan adabiyotlar, amaliy mashg’ulotlar uchun tayyorlangan ishlanmalar, har xil tayyor dori vositalaridan namunalar, dori tayyorlash uchun ishlatiladigan maxsus idish va jixozlar tanishtirilib ko’rsatiladi.
Amaliy mashg’ulotni o’tkazishda avvalo kafedrada mavjud bo’lgan farmakologiya fanidan asosiy va qo’shimcha adabiyotlar bilan tanishtirishdan boshlanadi.
Mavjud bo’lgan adabiyotlar ko’rsatib o’tiladi.
1.I.Ye.Mozgov «Farmokologiya» darslik Moskva,1985 g.
2.S.S.Azizova «Farmakologiya» darslik Toshkent, 1994, 2000,2006 y.
3.M.N.Maxsumov, M.M.Malikov «Farmakologiya» darslik,Toshkent 1997
4.M.I.Rabinovich «Praktikum po farmakologii i retsepture» uchebnik, 1983
5.M.D.Moshkovskiy «Lekarstvennыye sredstva» 1-2 tom Posobiye dlya vrachey «Medisina» 1993 g.
6. «Spravochnik lekarstvennыye sredstva» Moskva, «Medisina» 1990 g.
7.V.D. Sokolov. “Farmakologiya” Sankt-Peterburg 2010
8. S.M.Maxkamov va boshqalar «Tayyor dorilar texnologiyasi» Toshkent 1995 g.
9. Kovalev va boshqalar «Antibiotiki, sulfanilamidi i nitrofurani» Moskva 1989 g.
10.M.A.Klyuyev va boshqalar «Tabiatda ishlatiladigan dori-darmonlar» Toshkent 1995 g.
11.X.X.Xolmatov «Turli kasalliklarda dorivor o’simlik yigmalardan foydalanish» Toshkent, 1993 y
Yuqorida sanab o’tilgan barcha adabiyotlar mazmuni to’g’risida qisqacha tushintirishlar berilib, talabalar daftariga qayd qilib o’tiladi.
Farmakologiya fani (Pharmacon –dori darmon, logos-ta’limot) asosan dori darmonlar to’g’risidagi fan bo’lib, dori vositalarining hayvonlar organizmiga ta’sir mexanizmini hamda ushbu ta’siri natijasida vujudga keladigan fiziologik va bio-kimyoviy o’zgarishlar qonuniyatlarini o’rgatadi.
Dori vositalarini tayyorlash uchun asosiy xom ashyolar sifatida:
1.Birinchi bosqichda dori vositalarining umumiy qismi dorivor o’simliklardan tayyorlanar edi va bu usul hozirgacha yangilanib hamda to’ldirilib davom etib kelmoqda.
2.Keyingi paytlarda ko’proq mikroorganizmlardan olinayotgan kuchli va maxsus antibiotiklar, vitaminlar, aminokislotalar ishlab chiqarishga asos bo’lib xizmat qilmoqda va shu bilan birgalikda ilmiy izlanishlarga keng yo’l ochib bermoqda.
3. Hayvonlar dunyosi ham juda qimmatli vositalarni – (SJK, insulin va boshqalar) yaratishga omil bo’ldi, albatta bu boshlanishi .
4. Hozirgi paytda dori vositalarini ishlab chiqarishda kimyoviy sintez usuli keng qo’llanilib kelinmoqda.
Amaliy darsning ikkinchi qismida talabalarga erkin xolatda, o’zlari ishlatgan va bilgan dori vositalarining nomlarini o’zbek tilida daftarlariga yozishadi va ushbu dori vositalarining lotincha nomlarini mavjud bo’lgan adabiyotlardan topib yozishadi. Bu bilan talabalarga adabiyotlar bilan qanday ishlash kerakligi ham tushintirib o’tiladi.
Namuna uchun :