Samarqand veterinariya meditsinasi instituti farmakologiya, toksikologiya va veterinariya sanitariya ekspertizasi va gigiyena kafedrasi



Download 486 Kb.
bet7/67
Sana18.11.2022
Hajmi486 Kb.
#867748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   67
Bog'liq
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti farmakologiya, toks

4) Subscriptio – bu qismda vrach farmasevtga tayyorlanadigan dori qanday shaklda bo’lishligi to’g’risida ko’rsatma beradi.
Misce fiat – aralashtir biron xil shakl xosil bo’lsin.
Misce – aralashtir, fiat – hosil bo’lsin.
Retseptda qisqacha qilib M.f. ko’rsatiladi.
Misol uchun: Misce fiat (m. f.) pulvis – aralashtir kukun hosil bo’lsin yoki m.f. Solutio – aralashtir eritma xosil bo’lsin va xokazo.
Rp.: Phthalazoli – 10,0
Natrii salicylici – 15,0
M. (misce), f. (fiat) pulvis.
Agarda retseptda ko’rsatilgan dori shakli kasal hayvonga iste’mol uchun bir necha kunga belgilab beriladigan bo’lsa u holda (Misce fiat) dori shakli ko’rsatilgandan so’ng, talab qilinayotgan dori miqdori va soni tuliq ko’rsatilib utiladi. Retseptda Dentur tales doses Numero qisqacha (D.t.d.N.), ya’ni – ber shunday miqdordagi dori sonini, deb yoziladi.
Misol uchun: Misce fiat. pulvis.
Dentur tales doses Numero 10.
qisqacha M.f. Pulvis. D.t.d. N 10.
bu yerda 10 dona kukun dori shakli
tayyorlab berilishi talab etilmoqda.
#
Rp.: Coffeini natrii-bensoatis – 0,2
Diuretini – 0,3
M.f. pulvis
D.t.d. N 10.
5. Signatura yoki Da. Signa – (retseptda qisqacha S yoki D.S. bosh harflari yoziladi.) – bu qismda tayyorlangan dori vositasining qanday qabul qilish usuli milliy tilda yozib ko’rsatiladi va quyidagilar e’tiborga olinadi.

  1. Dorini qabul qilish usuli (ichga, tashqi teri yuzasiga va xokazo).

  2. Dorini qanday miqdorlarda qabul qilish (1 kukundan, 2 osh qoshiqdan va xoqazo).

  3. Dorini necha martadan va qanday vaqtlarda qabul qilish (bir kunda 2 maxal, ertalab va kechqurun, ovqatdan oldin).

  4. Dorini nima bilan qabul qilish (suvga qushib ichirish, yemga aralashtirib berish va xokazo).

Signatura qismida barcha ko’rsatmalar tuliq va tushinarli qilib yozilishi shart, chunki dori vositalarini kasal hayvonga berilishi davolovchi vrach tomonidan yoki uning nazorati ostida amalga oshirilishi shartdir.
Dori vositalarini tavsiya etishda adashmaslik uchun, dorixonalardan tayyor dori shakllari –sanchish (inyeksiya) uchun bo’lsa kuk rangdagi yorliqda (etiketkada), ichga qabul qilish uchun – oq va tashqi tomonga qullanilsa sariq yoki qizil yorliqlarda (etiketka) chiqariladi.
6. Nomen medici – retsept davolovchi vrachning imzosi va muxri bilan yakunlanadi.
Bitta blankada zaharli yoki narkotik dori vositalaridan iborat bitta retsept yozish mumkin. Oddiy vositalardan iborat retseptlar bo’lsa bu xolatda bir retseptni ikkinchi retseptdan blankada ajratish uchun # belgi quyiladi.
Retseptda dori vositalarini tezda tayyorlab berilishi talab etilsa, retsept blankasining yuqori chap burchagiga quyidagi so’zlar yozib ko’rsatiladi.

Download 486 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish