2.1.1-jadval
Payariq tumani fermer xo’jaliklari soni, yer va ekin maydoni
tahlili (2019 y.)*
№ Yo'nalishlar
soni
yer maydoni,
ga
ekin maydoni,
ga
Jami
1736
66559
51412
1 Paxta va g’allachilik
1149
36874
30273
salmog'i,%
66,2
55,4
58,9
2 Sabzavot polizchilik
4
30
7
salmog'i,%
0,2
0,0
0,0
3 Bog’dorchilik va
uzumchilik
185
4525
2368
salmog'i,%
10,7
6,8
4,6
4 Chorvachilik
148
5439
3456
salmog'i,%
8,5
8,2
6,7
5 G’allachilik (lalmida)
244
19656
15291
salmog'i,%
14,1
29,5
29,7
6 Boshqalar
6
35
17
salmog'i,%
0,3
0,1
0,0
*Manba: Payariq tumani qishloq xo’jaligi bo’limi ma’lumotlari
2.1.1-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Payariq tumanida 1736 fermer
xo’jaligi bo’lib, fermer xo’jaliklarida 2018 yilda jami yer resurslari miqdori - 66559
gektarni, ekin maydoni – 51412 gektarni tashkil etgan. Tumanda paxta-g’alla
yetishtiruvchi 1149 (66,2%) fermer xo’jaligi bo’lib, ular ixtiyorida 36874 ga
(55,4%) yer va 30273 ga (58,9) ekin maydoni bo’lgan.
~ 12 ~
2.2. Mehnat resurslari va xo`jaliklarining ular bilan ta`minlanganlik
holati tahlili
O’zbekiston Respublikasi «Mehnat Kodeksi»ning 1-bob 8-moddasida
mehnatning ulug’vorligi to’g’risida shunday deyilgan: «Har bir shaxsning mehnat
huquqlarini himoya qilish kafolatlanadi, bu himoya mehnat to’g’risidagi qonun
hujjatlariga rioya qilinishini tekshiruvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek
mehnat nizolarini ko’ruvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi». Mehnat – bu
insoning maqsadli faoliyati bo’lib, bu jarayonda u tabiat predmetlarini o’zining
ehtiyojlarini qondirish uchun moslashtiradi va o’zgartiradi. O’z kuchini qo’shgani
holda inson, mehnat qurollaridan foydalanib, tabiat bergan materiallarni,
kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondiradiganmoddiy ne’matlarga,
boyliklarga aylantiradi. Mehnat jarayoni, insonning ish joyida, uning mehnat
faoliyatining ma’lum natijalariga erishishga yo’naltirilgan harakatlarining
to’plamini bildiradi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish samaradorligi mehnat
resurslarining
miqdoriga,
tarkibiga,
malakasiga
va
ulardan
foydalanish
samaradorligiga bog’liq. Qishloq xo’jaligida mehnat resurslariga mehnatga yaroqli
erkaklar -16 dan 60 yoshgacha, ayollar -16 dan 54 yoshgacha, shuningdek qishloq
joyda yashovchi o’smirlar va nafaqaxo’rlar kiradi.
Qishloq xo’jaligi korxonalarida mehnat resurslari tarkibiga
1. Doimiy;
2. Mavsumiy;
3. Vaqtinchalik ishchilar, shuningdek, shtatda turuvchi;
4. O’smirlar;
5. Nafaqaxo’rlar kiradilar.
Shu jumladan:
1. Doimiy ishchilarga - muddatsiz ishga qabul qilinganlar;
2. Mavsumiy ishchilar - 6 oygacha muddatga qabul qilinganlar;
3. Vaqtinchalik ishchilarga - 2 oygacha muddatga qabul qilin-ganlar kiritiladi.
Mehnat resurslari qishloq xo’jaligini rivojlantirishda ishlab chiqarish
resurslarining eng faol omili sifatida katta ahamiyatga ega. Ular ishlab chiqarish
jarayonida ongli ravishda qatnashib, ko’proq, sifatliroq mahsulotlarni talabni
qondiradigan miqdorda yetishtirishga, ish va xizmatlarni bajarishga harakat qiladi.
Shunday ekan, ulardan yil davomida to’liq, samarali foydalanishga erishish lozim.
Buning uchun mehnat resurslaridan foydalanilayotganlik darajasini aniqlash kerak.
Uni aniqlash uchun quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi:
Mavjud bo’lgan mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsiyenti. Uni aniqlash uchun
ishlab chiqarish jarayonida haqiqatda qatnashgan mehnat resurslari miqdorini
(kishi) xo’jalikda shartnoma (buyruq) bo’yicha mavjudbo’lgan mehnat resurslari
miqdoriga taqsimlanadi. U quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
IMr
MK
MMr
~ 13 ~
Bunda: MK – mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsiyenti;
IMr
haqiqatda ishlagan jami mehnat resurslari, kishi;
МMr
mavjud bo’lgan jami mehnat resurslari, kishi.
Bu ko’rsatkichning darajasi birga yaqin bo’lgani yaxshi. Shunda u mavjud
mehnat resurslaridan foydalanish yuqori bo’lganligidan dalolat beradi.
Mehnat resurslarining xo’jalik faoliyatida qatnashishi (1 oyda, 1 yilda). Uning
miqdorini xo’jalik faoliyatida jami sarflangan vaqtni sarflangan mehnat
resurslarining umumiy miqdoriga taqsimlash natijasida aniqlash, bunda quyidagi
formuladan foydalanish mumkin.:
Bunda: MrXqk – mehnat resurslarining ma’lum bir muddatda o’rtacha
ishlagan ish vaqti, kishi-kuni, kishi-soati;
Мrsv
mehnat resurslarining jami sarflagan vaqti, kishi-kuni, kishi-soat.
Mehnat resurslari bilan me’yordan yuqori darajada ta’minlanganlik esa ish
kuchidan kamunum foydalanishga va mehnat unumdorligining pasayishiga olib
keladi. Payariq tumanida mehnat resurslari manbalari doimiy o’sib borgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |