1. Mavzu bo`yicha o`rganilgan adabiyotlar sharhi.
Prezidentimiz tomonidan 2018 yil 18 aprelda imzolangan “O‘zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risida”gi Qonun bilan Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor
yo‘nalishlar bo‘yicha vazifalarning qonuniy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan
70 dan ziyod qonun hujjatlariga, shu jumladan, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi
Qonunga, Yer hamda Soliq kodekslariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritildi.
Ta’kidlash kerakki, bugun fermerlarimiz qishloq xo‘jaligining asosiy kuchiga
aylanmoqda. Ayni paytda respublikamizda 160 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari
o‘ndan ziyod yo‘nalishlarda samarali faoliyat yuritayotgani, oxirgi ikki yilda ko‘p
tarmoqlilar soni 45 foiz ko‘payib, 75 mingtaga yetgani fikrimiz tasdig‘idir.
Binobarin, qishloq mulkdorlarining sa’y-harakati, tashabbusi, izlanishlari tufayli
yuz minglab kishilar bandligi ta’minlanayapti.
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi esa qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish
barobarida, ularni qayta ishlashi, saqlashi, realizatsiya qilishi, sanoat ishlab
chiqarishi, xizmatlar ko‘rsatishi hamda boshqa qonuniy ishlar bilan shug‘ullanishi
mumkin.
Quyida
malakaviy
kurs ishini bajarish davomida foydalanilgan ayrim
adabiyotlarga sharh berib o’tamiz:
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O’zbekistonda fermerlik
faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-
tadbirlari to’g’risida. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami. 2012, 43-
son, 493-modda.
Ushbu farmonda mavjud fermer xo’jaliklari faoliyatini yanada
chuqurlashtirishga oid masalalar ko’rib chiqilgan. Qishloq xo’jaligi yerlarining uzoq
muddatli ijara mulki qilib berilishi va qishloqda bozor munosabatlarining joriy
qilinishi fermer xo’jaliklarini shakllantirish hamda rivojlantirishning eng muhim
omili va asosi bo’ldi, buning natijasida yerga va ishlab chiqarilayotgan mahsulotga
haqiqiy egalik tuyg’usi mustahkamlandi.
Mamlakatda fermerlik harakati qishloq xo’jalik mahsulotlarining asosiy ishlab
chiqaruvchisiga hamda agrar sohani va u bilan bog’liq bo’lgan boshqa tarmoqlarni
hamda ishlab chiqarishlarni yanada rivojlantirish, shuningdek, aholining turmush
darajasi va sifatini oshirish uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir bo’lgan
qudratli ijtimoiy-siyosiy kuchga aylanib bormoqda.
2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori. Paxta-to’qimachilik
ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar
to’g’risida. 744-son. 19.09.2018.
Fermer xo’jaliklari va to’qimachilik sanoati korxonalari o’rtasida bozor
munosabatlarini shakllantirishga doir chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish
doirasida 2018 yil boshidan buyon respublikaning 20 ta tumanidagi 160 ming gektar
hududda paxta-to’qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning klaster shakli joriy
etildi. Joriy yil boshidan buyon paxta-to’qimachilik ishlab chiqarishlari tomonidan
ishlarni tashkil etishning ilg’or agrotexnologiyalari va uslublarini joriy qilish, suv
resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlash, zamonaviy qishloq
~ 6 ~
xo’jaligi texnikasi bilan jihozlash hamda paxtachilik tarmog’iga yuqori malakali
xorijiy mutaxassislar va agronomlarni jalb etishga doir chora-tadbirlar amalga
oshirildi.
3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. Fermer
xo’jaliklarining yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish va qo’shimcha
daromad olishni tashkil qilish chora-tadbirlari to’g’risida. 14.01.2018. 25-son
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fermer, dehqon xo’jaliklari va
tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq
xo’jalik ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to’g’risida» 2017 yil 9 oktyabrdagi PF-5199-son Farmoni hamda
«O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi xodimlari kuni» bayram tadbirida
belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, qishloq xo’jaligining mavjud
imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish, sohada iqtisodiy islohotlarni yanada
chuqurlashtirish, ilm-fan yutuqlari va innovasion yangiliklarni tizimli joriy etish va
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha kechiktirib bo’lmaydigan chora-
tadbirlar to’g’risida» 2017 yil 13 dekabrdagi PQ-3432-son qarori ijrosini ta’minlash,
fermer xo’jaliklarining yer uchastkalari, dala chetlari hamda sug’orish va kollektor-
drenaj tarmoqlari bo’ylaridagi yerlardan samarali foydalanish orqali ularning
daromadlarini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qilgan.
4. Mirziyoyev Sh.M. Qishloq xo’jaligi xodimlari kuniga bag’ishlangan tantanali
marosimdagi nutq. www.president.uz. 08.12.2018
Sizlarga yaxshi ma’lumki, yurtimizda keyingi ikki yilda barcha sohalar qatori
qishloq xo’jaligi bo’yicha ham muhim dasturlar, “yo’l xarita”lari ishlab chiqilib,
izchil amalga oshirilmoqda. Jumladan, dehqon va fermerlar, dala ishchilari
mehnatini munosib qadrlash va rag’batlantirish maqsadida davlat ehtiyoji uchun
xarid qilinadigan paxta va g’allani moliyalashtirish tartibi o’zgartirilgani,
O’zbekiston tarixida birinchi marta fermerlar o’z mablag’larini mustaqil sarflash
huquqiga ega bo’lganini ta’kidlash lozim.
5. Mirziyoyev Sh.M. O’zbekiston Respublikasi 2019 yil uchun mo’ljallangan eng
muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 28.12.2018
Murojaatnomada ta’kidlanishicha, qishloq xo’jaligi sohasini boshqarish tizimini
isloh qilish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish borasidagi ilg’or
texnologiyalarni joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash eng muhim
vazifamizdir.
Keyingi yilda klaster usulida paxta yetishtirishni kamida 52 foizga yetkazish
uchun 48 ta paxta-to’qimachilik klasterini tashkil etish to’g’risida qaror qabul
qilindi.
6. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasini o’rganish va keng jamoatchilik o’rtasida targ’ib etishga
bag’ishlanganilmiy-ommabop qo’llanma. – T.: Ma’naviyat, 2019. – 312 b.
Ushbu o’quv qo’llanmada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev tomonidan 2018 yil 28 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisiga taqdim etilgan Murojaatnomada bayon qilingan konseptual fikr va
g’oyalar, belgilab berilgan maqsad va vazifalar, o’rtaga qo’yilgan dolzarb
muammolar, ularning mohiyati va ahamiyati atroflicha tahlil qilingan.
~ 7 ~
2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy sohalarda amalga oshirilgan keng
ko’lamli islohotlar va ularning natijalari aniq misollar orqali ko’rsatib berilgan.
Qo’llanmada asosiy e’tibor Murojaatnomada alohida ta’kidlangan ustuvor
yo’nalishlar mantiqiy ketma-ketlik va izchillikda yoritilib, ularni keng jamoatchilik,
xususan, talaba-yoshlar o’rtasida targ’ib etishga qaratilgan. Shu maqsadda real
faktlar, analitik material va jadvallar, Murojaatnoma haqida dunyo hamjamiyati
tomonidan bildirilgan fikr va e’tiroflar keltirilgan.
7. Babajanov A., Usmonov Y., Boyqulov J. Qishloq xo’jalik yerlaridan barqaror
foydalanishning tashkiliy-xo’jalik va agrotexnik tadbirlari//Agroilm-O’zbekiston
qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2018. -№1 (51). -64-65-b.
Mualliflar jamoasi, qishloq xo’jaligida yer resurslariga to’xtalib o’tar ekan, shunday
xulosaga kelishgan. Mamlakatning sug’oriladigan hududlarida yerlardan barqaror
foydalanishni ta’minlash birinchi galda qihloq xo’jalik maydonlarining meliorativ
holatini yashilash, sug’orish va kollektor-zovur tarmoqlarini doimiy ishchi holatida
saqlash va hokazolar bilan bog’liqdir.
8. Murtazayev O., Axrorov F. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. –T.: ILM-ZIYO, 2017.
Mazkur darslikning 4-bobi “Qishloq xo’jaligda mulk va xo’jalik yuritish
shakllarining samaradorligi” deb atalib, 4.4 – “Fermer xo’jaliklarini rivojlantirish va
samaradorligini oshirishda erishilgan yutuqlar. Ayrim rivojlangan mamlakatlarda
fermer xo’jaliklari tajribasi” mavzusida quyidagilar yoritilgan: Fermerlik harakati,
ularda xo’jalik yuritish samaradorlik darajasi bo’yicha to’plangan ijobiy tajribalar
bizning mamlakatimizda fermerlik harakatini jadallashtirish, uning tez sur’atlar
bilan barqaror rivojlanishi va samaradorligini oshirishda ma’lum darajada foydali
ekanligini e’tiborga olib, Amerika Qo’shma Shtatlari qishloq xo’jaligida fermerlik
harakati tajribasini o’rganish maqsadga muvofiqdir.
Mamlakatda fermer xo’jaliklarining turli xil shakllari: oilaviy fermerlar, yirik
fermer xo’jaliklari, fermerlarga xizmat ko’rsatuvchi turli xil servis korxonalari va
muassasalari, ularning ixtiyoriy uyushmalari keng faoliyat ko’rsatadi.
9. Rashidov J.., Shavkarov B. Boshqaruv samaradorligini oshirish. //O’zbekiston
qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2015. -№1. -3-b.
Mazkur maqola mualliflari boshqaruv samaradorligini oshirish uchun quyidagilarni
taklif qilishadi:
- Boshqaruv xodimlari malakasini zamonaviy bilimlar orqali oshirib borish;
- Xorij tajribalaridan keng foydalanish;
- Ilg’or texnologiyalarni, zamonaviy kommunikasiya vositalarini joriy yetish;
- Ilmiy tadqiqot ishlari va innovasiyalarni joriy etishni rag’batlantirish;
- Xodimlar tashabbuslarni qo’llab quvvatlash, samarali mehnatni rag’batlantirish.
10. Rizayeva F. Fermer xo’jaligini rivojlantirishda xorij tajribasi //O’zbekiston
qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2011. -№12. -38-b.
Muallif fermer xo’jaliklarini samarali rivojlantirish uchun AQSh tajribasiga
to’xtalib o’tgan va undan kelib chiqib, respublikada quyidagilarni amalga oshirishni
tavsiya qilgan:
- fermer xo’jaliklarini mahsulot sotishiga qarab guruhlarga ajratish vash u asosida
imtiyozlar berish;
~ 8 ~
- qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozorini chukur tahlili asosida marketing dasturini
ishlab chiqish;
- qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatini tartibga soluvchi va qo’llab-quvvatlovchi
maxsus davlat tashkilotini tashkil etish.
11. Sultanov R. Fermer xo’jaliklarini qo’llab-quvvatlash – taraqqiyot
garovi//O’zbekiston qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2016. -№11. -44-b.
Mamlakatimiz agrar sohasida amalga oshiriliayotgan keng ko’lamli islohotlar soha
rivojlanishining barqarorligini ta’minlab, davlat va jamiyat hayotida fermer
xo’jaliklarining tutgan o’rni va ahamiyati tobora ortib borishiga xizmat qilmoqda.
Fermer xo’jaliklariga bugungi kunda yaratib berilayotgan imtiyozlar fermerlik
harakatini yanada rivojlantirish, barcha fermer xo’jaliklari faoliyatini yanada
rivojlantirish, barcha fermer xo’jaliklari faoliyatini zamon talablariga mos ravishda
takomillashtirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada ko’paytirish,
yer va suvdan samarali foydalanishni tashkil qilish, agrotexnik tadbirlarni o’z
vaqtida o’tkazish, har bir fermerning yanada samarali ish yuritishga chorlashga
xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |