RUSTAM ABDULLAYEV(1947)
O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, Respublika Davlat
mukofoti sovrindori, kompozitor Rustam Abdullayev zamonaviy
o‘zbek musiqa san’atining zabardast ijodkorlaridan biridir. sharq va
g‘arb mumtoz musiqiy san’atlarining an’analari izidan borib, turli
janr va shakl larda musiqiy asar yaratib, vatanimiz musiqiy
madaniya tining rivojlanish jarayoniga samarali hissa qo‘shib
kelmoqda.Rustam abdullayev 1947-yil 12-fevralda xorazm viloyati
xiva shahrida ziyolilar oilasida tug‘ildi. Otasi abdulla Otajonov va
onasi gavhar matyoqubovalar far zandlarining musiqaga qiziqishini
sezib, musiqa maktabiga olib borishdi. Rustam abdullayev o‘rta ta’lim
maktabida o‘qib yurgan yillari, musiqa maktabiga qatnab, rubob
chalishni o‘rgandi. 1962-yil Hamza nomidagi toshkent musiqa
bilim yurtiga o‘qishga kirdi. O‘quv yurtida Rustam musiqiy qobiliyati,
mehnatkashligi bilan boshqalardan ajralib turar edi. O‘quv
yurtining nazariy bo‘limida Rumil vildanovdan kompozitorlik
mutaxassisligidan saboq oldi. 1965-yili toshkent Davlat
konservatoriyasiga o‘qishga kirib, taniqli kompozitorlar Rumil
vildanov va boris giyenkadan tahsil olib, 1972-yili fortepiano uchun
konsert bilan muvaffaqiyatli bitirdi. R.Abdullayev konservatoriyada
o‘qib yurgan yillaridayoq iqtidorli kompozitor va mohir pioninochi
sifatida tanila boshladi. Qozog‘istonda o‘tgan «O‘zbekiston
adabiyoti va san’ati» kunlarida qatnashib, o‘zining fortepiano
konsertini simfonik orkestr bilan ijro etdi va muvaffaqiyat
qozondi. shuningdek, gruziyada, moskva shahrida o‘tkazilgan yirik
anjumanlarda «xirosima faryodi» va «Hijron» nomli asarlari bilan
ishtirok etib, laureat unvoniga sazovor bo‘ldi. R.abdullayev 1974-yil
toshkent Davlat konservatoriyasi asissentura-stajirovka o‘qishiga
kirdi. professor boris zeydmandan saboq oldi. 1976-yildan boshlab,
toshkent Davlat konservatoriyasida bastakorlik kafedrasida, 1995-
yildan buyon O‘zbekiston bastakorlar uyushmasi raisi lavozimlarida
ishlab kelmoqda. Rustam abdullayev turli janrlarda qator musiqiy
asarlar yaratdi. bular orasida uchta yirik asari sahna yuzini ko‘rib,
shinavandalar olqishiga sazovor bo‘ldi. Jumladan: «sadoqat» nomli
operasi, «shoshma quyosh» nomli balet oratoriyasi va «xiva ordeni»
nomli operasi. kompozitor R.abdullayevning ijodida simfonik, vokal-
simfonik, fortepiano musiqalari asosiy o‘rin egallaydi. 3 ta simfonik
poema, fortepiano uchun 10 ga yaqin asarlar shular
jumlasidandir.ubutun dunyo bo‘yicha o‘tkazilgan «yosh
kompozitorlar»ning ko‘rik-tanlovlari va festivallarida ishtirok etib,
128
ko‘p marotaba imukofot va laureatlik unvoniga sazovor bo‘ldi.20 ga yaqin davlatlarda asarlari ijro etilib, Respublika va xalqaro ko‘rik- tanlovlar laureati bo‘lib, olqishlarga sazovor bo‘lmoqda. O‘zi ham kompozitor va ijrochi sifatida ishtirok etib, musiqa muxlislari e’tiborini qozonmoqda.so‘nggi yillar ichida R.abdullayev romans va qo‘shiq janrlarida barakali ijod qilib kelmoqda. uning qo‘shiqlari xalq hofizlari, dutorchilar ansambli, estrada qo‘shiqchilari ijrosida ommalashib ketmoqda. Bular: «to‘ylaring muborak», «turon turnalari», «go‘zal vatanim», «piyola» kabi asarlardir. O‘zbekiston teleradiokompaniyasi qoshidagi «bulbulcha» bolalar xor jamoasi uchun mazmundor, jozibali qo‘shiqlar yaratib kelmoqda. Jumladan: «Olam gulga to‘laversin», «charxpalak», «parvozdagi qushchalar», «mustaqillik lolalarimiz», «Do‘stlik qo‘shig‘i», «shodlik va tinchlik», «Qoshiq-qoshiq», «gullola» kabi juda ko‘p qo‘shiqlarni yaratdi.kompozitor Rustam abdullayev O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi faoriy unvoniga va Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |