Samarqand qishloq xo’jalik instituti iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti «tasdiqlayman»



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/21
Sana30.12.2021
Hajmi0,62 Mb.
#194059
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
asalarichilikni tashkil etish va uning samaradorligini oshirish imkoniyatlari

 

 

 

 

 

 

 

3. SAMARQAND TUMANI FERMER XO'JALIKLARIDA 

ASALARICHILIKNI TASHKIL ETISHNING HOZIRGI HOLATI 

TAHLILI. 

 

 

3.1. O'zbekistonda asalarichilikni tashkil etish va uning xalq xo'jaligidagi 

ahamiyati.  

 

Qadimgi  zamonlardan  boshlab  ota-bobolarimiz  asalning  shifobaxsh 



xususiyatlaridan  unumli  foydalanishgan.  Xalqimizda  “Charchasang  asal  ye, 

zeriksang  ham  asal  ye”  degan  hikmatli  so'zlar  bor.  Chunki  asal  insonga  quvvat,  

dardga    davo  ekani  allaqachon  isbotlangan.  Kuniga  40-50  gramm  asal  inson 

organizmi  uchun  kifoya.    Asalarichilik  azaldan  yetti  xazinaning  biri  hisoblanadi. 

Chunki ular  yer  tanlamaydi,  aloxida    ekinzorlar    tashkil  etishni    taqozo  qilmaydi. 

Ozgina e'tibor va ko'pgina mehnat tufayli uning xosiyatli bo'lgan mahsulotidan naf 

topish mumkin.  

Navoiy,  Jizzax,  Fargona,  Toshkent,  Samarqand  viloyatlarida  asalarichilikni 

rivojlantirish    borasida    ancha  ishlar  qilingan.    Masalan,    Navoiy    shahridagi  

markaziy  dehqon  bozorida  asalarichilar  uchun  maxsus  do'kon  ochilib,  ishga 

tushirilgan.  Asalarichilik  bilan  shug'ullanuvchi    odamlar    bu  do'kondan    zarur 

bo'lgan  asbob-uskunalarni  harid  qilmoqdalar.    Navoiy  viloyatida    150  kishidan  

iborat  asalarichilar uyushmasi  ham tuzilgan.  Bu yerda ob-xavo sharoitiga  qarab  

har  bir  asalari  uyasidan  35-40 kilogramm miqdorida  asal  yig'ib olinmoqda.  Bu 

eng yaxshi, samarali  natija hisoblanadi.  



 

 

30 



Rossiya, Ukraina, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston asalarichilari  bilan  

o'zaro  tajriba  almashilib, bu  boradagi  yangiliklar va ijobiy  natijalar  o'rtoqlashib  

turiladi.  Asalarichilar  anjumanlari Fargona, Samarqand va Toshkent viloyatlarida 

o'tkazilishi katta naf keltirmoqda.  

O'tgan  asrning  70-yillarida  Qoraqalpog'iston  Respublikasining  To'rtko'l, 

Amudaryo va Nukus tumanlarida asalarichilikka ixtisoslashgan xo'jaliklar tuzilgan 

edi.  Keyinchalik  bu  xo'jaliklar  o'zini  o'zi  qoplamagan,  deya  ularning    faoliyati  

to'xtatilib    qo'yilgandi.    Shu  boisdan  so'nggi  vaqtlarda  sun'iy  asal  ishlab  chiqarib, 

arzon  narxda  sotish  keng  tarqaldi.  Asalarichilik  serdaromad  soha,  shu  bois,  uni 

rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.  

Asalarini dono xalqimiz oilaning tabibi deyishgani bejiz emas. Ma'lumotlarga  

qaraganda,    ming    dardga    davo    bir  kilogramm  asalni  yig'ish    uchun  asalari  2 

millionta  guldan  nektar  olar  ekan.    Mamlakatimizda  fasllar  almashinuvi  keskin 

kuzatilishi  tufayli  kishilarda    shamollash    bilan    bog'liq    har    qanday    kasalliklar 

tez-tez uchrab turadi. Shunday  hollarda  asalning o'rni bulakchadir.  

Respublika  barcha  toifa  xo'jaliklarida  asalarichilik  bilan  shug'ullanuvchi 

sub’yektlar soni 7 ming 10 ta ni tashkil etib, 2010 yilga nisbatan 138 foizga, asalari 

oilalari  soni  esa  168  foizga  ko'payib,  2011  yilda  142  ming  038  ta  bo'lgan  bo'lsa, 

2013  yilga  kelib  238  ming  607  ta  oilaga  yetkazildi.  Tovar  asal  ishlab  chiqarish 

2011  yilda  2  ming  329,4  tonnani    tashkil    etgan    bo'lsa,    2031  yilga  kelib  esa  3 

ming 786 tonnaga yetdi yoki uch yilda 162,5 foizga oshdi.  

  Mamlakatimizda  2009-2011  yillarda  asalarichilikni  rivojlantirish  bo'yicha 

chora-tadbirlar  dasturi  qabul  qilindi.  Hamma  joyda,  xususan  viloyatimizda  ham 

mazkur  dastur  asosida  allaqachon  ish  boshlab  yuborilgan.  2009-2011yillar  

davomida 16459 asalari  oilasini  21494 taga  yetkazilgan.  Bugungi  kungacha 8 ta 

o'rmon,  17  ta  fermer,  163  ta  shaxsiy  yordamchi  va  dehqon  xo'jaliklarida  asalari  

yetishtirib    kelingan    bo'lsa,  joriy  yildan  ularning  soni  sezilarli  ravishda  ortadi. 

Yangidan 

29 

ta 


asalarichilik 

xo'jaliklari 

tashkil 

etildi. 


Shu 

sohaga 


ixtisoslashtirilgan  14  ta  fermer  xo'jaligi  tashkil  etish  ishlari  esa  qizg'in  davom 


 

 

31 



etmoqda.    24  ta  dehqon  xo'jaligida  mazkur  tarmoqni  yo'lga  qo'yish  tadbirlari 

amalga oshirilmoqda.  Bu  borada  o'rmon  xo'jaliklari  jamoalari  olib  borayotgan 

ishlar  ibratga  loyiqdir.  Qisqa  fursat  ichida rejadagi 166 ta o'rniga 210 ta  asalari  

oilasi  tashkil  etilgani  bu yumushga faol kirishilganidan  dalolatdir. Agar har bir 

asalari  oilasidan  bir  yilda  o'rtacha  25-30  kilogramm  mahsulot  yetishtirilishini 

hisobga  oladigan  bo'lsak,  bu  miqdor  qo'shimcha  asalarilar  oilasi  hisobidan 

qanchaga  ortishini  tasavvur  qilavering.  Birgina,  2013  yilda  yangidan  917  ta 

shaxsiy,  yordamchi  va  dehqon  xo'jaliklari,  182  ta  fermer  va  10  ta  o'rmon 

xo'jaliklarida    asalarichilik    sub’yektlari    tashkil    etilib,  qo'shimcha  2  ming  dan 

ortiq yangi ishchi o'rinlar yaratildi.  

2011  yilda  Ukraina  Respublikasi  Zakarpatiya  viloyatidan  3,730  AQSh 

dollariga chetdan 1 ming 878 ta Karpat zotli naslli ona asalari keltirildi. Keltirilgan 

naslli  ona  asalarilari  ko'paytirish  maqsadida  Qoraqalpog'iston  Respublikasidagi 

“Amudaryo  Poshnam”  fermer  xo'jaligiga  200  bosh,  Andijon  asalchilar 

uyushmasiga 50 bosh, Samarqand viloyatidan “Asqarov Niyoz” fermer xo'jaligiga 

100  bosh,  Navoiy  viloyat  asalchilik  uyushmasiga  500  bosh,  Surxondaryo  asal 

uyushmasiga  100  bosh,  Farg'onaga  478  bosh,    Xorazm  300  bosh  va  Toshkent 

shahar asal uyushmasiga 150 bosh yetkazib berildi.  

O'tgan  2009-2013  yillar  davomida  asalarichilik  mahsulotlari  va  jixozlarini 

sotishga  ixtisoslashgan  47  ta  maxsus  savdo  do'konlari  va  zamonoviy  

texnologiyalar    asosida    jihoz    ishlab    chiqaradigan  39  ta  sexlar  va  11  ta  qayta 

ishlash  hamda  qadoqlash  mini  sexlarini  tashkil  etildi.    Tashkil    etilgan    sexlar  

tomonidan  36 ming 139 ta asalari qutisi, 413 ming 460 ta asalari ramkasi, 747 ta 

tutatkich,  829  ta  pichoq  va  iskanalar  va  703  ta  yuz  niqoblari  mahalliylashtirish 

asosida ishlab chiqarilib  asalarichilik  sub’yektlarga  yetkazib berildi.  

2013  yilning    o'zida    756  mln.  so'm    miqdorida    kredit  mablag'lari  barcha 

viloyatlardagi asalarichilik shaxsiy yordamchi va fermer xo'jaliklarini rivojlantirish 

ishlariga  ajratildi.  Jumladan,    Andijon    viloyatida    2  ta    shaxsiy    yordamchi  va 

dehqon  xo'jaliklariga  56  mln  so'm,  Samarqand    viloyatida  19  ta  asalarichilik  



 

 

32 



fermer    xo'jaliklariga  183  mln.    so'm  va  21  ta  shaxsiy    yordamchi  va  dehqon  

xo'jaliklariga  17  mln.    so'm,  Samarqand  tumanda  8  ta  fermer  xo'jaligiga  85  mln.  

so'm. Surxondaryo viloyatida 19 ta fermer xo'jaligiga 79 mln. so'm va Namangan 

viloyatida 4 ta fermer xo'jaligiga 59 mln. so'm kredit mablag'lari ajratildi.  

2013  yilda    chorva    ozuqa  ekinlari  (raps,  pereko,  beda  va  boshqa  ekinlar) 

urug'ni  yetishtirish  hamda  vaqtincha  asalari  oilalarni  oziqlantirishda    foydalanish  

uchun 93 ta asalarichilik sub’yektlariga 117,5 gektar yer maydonlari ajratib berish 

ishlari  amalga  oshirildi.    Asalarichilik    sohasining  asosiy  yo’nalishlaridan  biri 

asalari  paketlarni  yetishtirish  ishlari  yo'lga  qo'yildi.    2013  yilda  Farg'ona  viloyati 

asalarichilari  tomonidan  38  ming,  Andijon  viloyatida  15  ming,  Namangan 

viloyatida 41,1 ming jami 94 mingdan ortiq oila paketlari tayyorlanib, (10,4 mlrd 

so'mlik)  shundan  34,4  ming  tasi  respublikadagi  asalarichilik    sub’yektlariga    va 

qolgan  59,7  ming    oila    paketlar    Rossiya    va  Qozog'iston  davlatlariga  eksport 

qilindi.  Asalarichilik  bilan  shug'ullanuvchi  barcha  toifa  xo'jaliklari  bilan  2591  ta 

zooveterinariya  punktlari  o'rtasida  barcha  zooveterinariya  servis  xizmatlari 

ko'rsatish bo'yicha shartnomalar tuzilib, ular tomonidan asalari kasalliklarini oldini 

olish va ularga qarshi kurashishda dori-darmonlar bilan ta'minlash bo'yicha barcha 

servis  xizmatlarini  amalga  oshirish  yo'lga  qo'yildi.  Asalarichilik  xo'jaliklarining 

moddiy  texnika  bazasi  mustahkamlash  maqsadida  31  ta  pavilonlar  bilan 

ta'minlandi.    Mamlakatimiz  rahbariyatining  qishloq  xоjaligini  isloh  qilish  haqida 

chiqargan qarorlarida asalarichilikni rivojlantirish va qishloq xo’jaligining ma'lum 

tarmog'i  sifatida  tashkillashtirish  ishchi  va  xizmatchilar  uchun  katta  daromad 

keltiradigan  tarmoqqa  aylanadi.    Asalarichilikni  rivojlantirishda,  bizning 

mamlakatimiz  asrlar  davomida  yetakchi  o'rinlarda  kelmoqda.  Qishloq  xоjalik 

ekinlarini asalarilar  yordamida  changlatish, asalari urchitish, qishloq  xo'jaligining 

muhim  bir  tarmog'iga  aylanib  qoldi.  Asalarilar  oilasini  o'z  kasbini  yaxshi 

egallagan,  tajribali,  shu  sohani    sevadigan,  insonlarga  berkitilsa,  xo'jalik  uchun 

ko'plab  foyda  keltiradi,  qishloq  xo'jalik  ekinlarining  mevalari    mazasini  

yaxshilashga  ularning    hosildorligini  yanada  oshirishga    katta    imkon    beradi.  



 

 

33 



Jahonda 50 mln  asalarilar oilasi, sobiq ittifoqa 10mln asalarilar oilasi mavjud edi. 

Hozirgi kunda O'zbekiston  Respublikasida  280 ming  asalari oilasi mavjud bo'lib, 

o'rtacha har bir  asalari oilasida 18-20  kg asal olinyapti. Ma'lumki  biz  olib borgan 

tadqiqotlar natijasini quyidagi jadval ma'lumotlari аsosida tahlil qildik. 




Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish