3. SAMARQAND TUMANI FERMER XO'JALIKLARIDA
ASALARICHILIKNI TASHKIL ETISHNING HOZIRGI HOLATI
TAHLILI.
3.1. O'zbekistonda asalarichilikni tashkil etish va uning xalq xo'jaligidagi
ahamiyati.
Qadimgi zamonlardan boshlab ota-bobolarimiz asalning shifobaxsh
xususiyatlaridan unumli foydalanishgan. Xalqimizda “Charchasang asal ye,
zeriksang ham asal ye” degan hikmatli so'zlar bor. Chunki asal insonga quvvat,
dardga davo ekani allaqachon isbotlangan. Kuniga 40-50 gramm asal inson
organizmi uchun kifoya. Asalarichilik azaldan yetti xazinaning biri hisoblanadi.
Chunki ular yer tanlamaydi, aloxida ekinzorlar tashkil etishni taqozo qilmaydi.
Ozgina e'tibor va ko'pgina mehnat tufayli uning xosiyatli bo'lgan mahsulotidan naf
topish mumkin.
Navoiy, Jizzax, Fargona, Toshkent, Samarqand viloyatlarida asalarichilikni
rivojlantirish borasida ancha ishlar qilingan. Masalan, Navoiy shahridagi
markaziy dehqon bozorida asalarichilar uchun maxsus do'kon ochilib, ishga
tushirilgan. Asalarichilik bilan shug'ullanuvchi odamlar bu do'kondan zarur
bo'lgan asbob-uskunalarni harid qilmoqdalar. Navoiy viloyatida 150 kishidan
iborat asalarichilar uyushmasi ham tuzilgan. Bu yerda ob-xavo sharoitiga qarab
har bir asalari uyasidan 35-40 kilogramm miqdorida asal yig'ib olinmoqda. Bu
eng yaxshi, samarali natija hisoblanadi.
30
Rossiya, Ukraina, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston asalarichilari bilan
o'zaro tajriba almashilib, bu boradagi yangiliklar va ijobiy natijalar o'rtoqlashib
turiladi. Asalarichilar anjumanlari Fargona, Samarqand va Toshkent viloyatlarida
o'tkazilishi katta naf keltirmoqda.
O'tgan asrning 70-yillarida Qoraqalpog'iston Respublikasining To'rtko'l,
Amudaryo va Nukus tumanlarida asalarichilikka ixtisoslashgan xo'jaliklar tuzilgan
edi. Keyinchalik bu xo'jaliklar o'zini o'zi qoplamagan, deya ularning faoliyati
to'xtatilib qo'yilgandi. Shu boisdan so'nggi vaqtlarda sun'iy asal ishlab chiqarib,
arzon narxda sotish keng tarqaldi. Asalarichilik serdaromad soha, shu bois, uni
rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
Asalarini dono xalqimiz oilaning tabibi deyishgani bejiz emas. Ma'lumotlarga
qaraganda, ming dardga davo bir kilogramm asalni yig'ish uchun asalari 2
millionta guldan nektar olar ekan. Mamlakatimizda fasllar almashinuvi keskin
kuzatilishi tufayli kishilarda shamollash bilan bog'liq har qanday kasalliklar
tez-tez uchrab turadi. Shunday hollarda asalning o'rni bulakchadir.
Respublika barcha toifa xo'jaliklarida asalarichilik bilan shug'ullanuvchi
sub’yektlar soni 7 ming 10 ta ni tashkil etib, 2010 yilga nisbatan 138 foizga, asalari
oilalari soni esa 168 foizga ko'payib, 2011 yilda 142 ming 038 ta bo'lgan bo'lsa,
2013 yilga kelib 238 ming 607 ta oilaga yetkazildi. Tovar asal ishlab chiqarish
2011 yilda 2 ming 329,4 tonnani tashkil etgan bo'lsa, 2031 yilga kelib esa 3
ming 786 tonnaga yetdi yoki uch yilda 162,5 foizga oshdi.
Mamlakatimizda 2009-2011 yillarda asalarichilikni rivojlantirish bo'yicha
chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi. Hamma joyda, xususan viloyatimizda ham
mazkur dastur asosida allaqachon ish boshlab yuborilgan. 2009-2011yillar
davomida 16459 asalari oilasini 21494 taga yetkazilgan. Bugungi kungacha 8 ta
o'rmon, 17 ta fermer, 163 ta shaxsiy yordamchi va dehqon xo'jaliklarida asalari
yetishtirib kelingan bo'lsa, joriy yildan ularning soni sezilarli ravishda ortadi.
Yangidan
29
ta
asalarichilik
xo'jaliklari
tashkil
etildi.
Shu
sohaga
ixtisoslashtirilgan 14 ta fermer xo'jaligi tashkil etish ishlari esa qizg'in davom
31
etmoqda. 24 ta dehqon xo'jaligida mazkur tarmoqni yo'lga qo'yish tadbirlari
amalga oshirilmoqda. Bu borada o'rmon xo'jaliklari jamoalari olib borayotgan
ishlar ibratga loyiqdir. Qisqa fursat ichida rejadagi 166 ta o'rniga 210 ta asalari
oilasi tashkil etilgani bu yumushga faol kirishilganidan dalolatdir. Agar har bir
asalari oilasidan bir yilda o'rtacha 25-30 kilogramm mahsulot yetishtirilishini
hisobga oladigan bo'lsak, bu miqdor qo'shimcha asalarilar oilasi hisobidan
qanchaga ortishini tasavvur qilavering. Birgina, 2013 yilda yangidan 917 ta
shaxsiy, yordamchi va dehqon xo'jaliklari, 182 ta fermer va 10 ta o'rmon
xo'jaliklarida asalarichilik sub’yektlari tashkil etilib, qo'shimcha 2 ming dan
ortiq yangi ishchi o'rinlar yaratildi.
2011 yilda Ukraina Respublikasi Zakarpatiya viloyatidan 3,730 AQSh
dollariga chetdan 1 ming 878 ta Karpat zotli naslli ona asalari keltirildi. Keltirilgan
naslli ona asalarilari ko'paytirish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasidagi
“Amudaryo Poshnam” fermer xo'jaligiga 200 bosh, Andijon asalchilar
uyushmasiga 50 bosh, Samarqand viloyatidan “Asqarov Niyoz” fermer xo'jaligiga
100 bosh, Navoiy viloyat asalchilik uyushmasiga 500 bosh, Surxondaryo asal
uyushmasiga 100 bosh, Farg'onaga 478 bosh, Xorazm 300 bosh va Toshkent
shahar asal uyushmasiga 150 bosh yetkazib berildi.
O'tgan 2009-2013 yillar davomida asalarichilik mahsulotlari va jixozlarini
sotishga ixtisoslashgan 47 ta maxsus savdo do'konlari va zamonoviy
texnologiyalar asosida jihoz ishlab chiqaradigan 39 ta sexlar va 11 ta qayta
ishlash hamda qadoqlash mini sexlarini tashkil etildi. Tashkil etilgan sexlar
tomonidan 36 ming 139 ta asalari qutisi, 413 ming 460 ta asalari ramkasi, 747 ta
tutatkich, 829 ta pichoq va iskanalar va 703 ta yuz niqoblari mahalliylashtirish
asosida ishlab chiqarilib asalarichilik sub’yektlarga yetkazib berildi.
2013 yilning o'zida 756 mln. so'm miqdorida kredit mablag'lari barcha
viloyatlardagi asalarichilik shaxsiy yordamchi va fermer xo'jaliklarini rivojlantirish
ishlariga ajratildi. Jumladan, Andijon viloyatida 2 ta shaxsiy yordamchi va
dehqon xo'jaliklariga 56 mln so'm, Samarqand viloyatida 19 ta asalarichilik
32
fermer xo'jaliklariga 183 mln. so'm va 21 ta shaxsiy yordamchi va dehqon
xo'jaliklariga 17 mln. so'm, Samarqand tumanda 8 ta fermer xo'jaligiga 85 mln.
so'm. Surxondaryo viloyatida 19 ta fermer xo'jaligiga 79 mln. so'm va Namangan
viloyatida 4 ta fermer xo'jaligiga 59 mln. so'm kredit mablag'lari ajratildi.
2013 yilda chorva ozuqa ekinlari (raps, pereko, beda va boshqa ekinlar)
urug'ni yetishtirish hamda vaqtincha asalari oilalarni oziqlantirishda foydalanish
uchun 93 ta asalarichilik sub’yektlariga 117,5 gektar yer maydonlari ajratib berish
ishlari amalga oshirildi. Asalarichilik sohasining asosiy yo’nalishlaridan biri
asalari paketlarni yetishtirish ishlari yo'lga qo'yildi. 2013 yilda Farg'ona viloyati
asalarichilari tomonidan 38 ming, Andijon viloyatida 15 ming, Namangan
viloyatida 41,1 ming jami 94 mingdan ortiq oila paketlari tayyorlanib, (10,4 mlrd
so'mlik) shundan 34,4 ming tasi respublikadagi asalarichilik sub’yektlariga va
qolgan 59,7 ming oila paketlar Rossiya va Qozog'iston davlatlariga eksport
qilindi. Asalarichilik bilan shug'ullanuvchi barcha toifa xo'jaliklari bilan 2591 ta
zooveterinariya punktlari o'rtasida barcha zooveterinariya servis xizmatlari
ko'rsatish bo'yicha shartnomalar tuzilib, ular tomonidan asalari kasalliklarini oldini
olish va ularga qarshi kurashishda dori-darmonlar bilan ta'minlash bo'yicha barcha
servis xizmatlarini amalga oshirish yo'lga qo'yildi. Asalarichilik xo'jaliklarining
moddiy texnika bazasi mustahkamlash maqsadida 31 ta pavilonlar bilan
ta'minlandi. Mamlakatimiz rahbariyatining qishloq xоjaligini isloh qilish haqida
chiqargan qarorlarida asalarichilikni rivojlantirish va qishloq xo’jaligining ma'lum
tarmog'i sifatida tashkillashtirish ishchi va xizmatchilar uchun katta daromad
keltiradigan tarmoqqa aylanadi. Asalarichilikni rivojlantirishda, bizning
mamlakatimiz asrlar davomida yetakchi o'rinlarda kelmoqda. Qishloq xоjalik
ekinlarini asalarilar yordamida changlatish, asalari urchitish, qishloq xo'jaligining
muhim bir tarmog'iga aylanib qoldi. Asalarilar oilasini o'z kasbini yaxshi
egallagan, tajribali, shu sohani sevadigan, insonlarga berkitilsa, xo'jalik uchun
ko'plab foyda keltiradi, qishloq xo'jalik ekinlarining mevalari mazasini
yaxshilashga ularning hosildorligini yanada oshirishga katta imkon beradi.
33
Jahonda 50 mln asalarilar oilasi, sobiq ittifoqa 10mln asalarilar oilasi mavjud edi.
Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasida 280 ming asalari oilasi mavjud bo'lib,
o'rtacha har bir asalari oilasida 18-20 kg asal olinyapti. Ma'lumki biz olib borgan
tadqiqotlar natijasini quyidagi jadval ma'lumotlari аsosida tahlil qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |