4.2. Fermer xo'jaliklarida asalarichilik samaradorligini oshirish
yo'llaridan foydalanish.
Xalq xo'jaligi samaradorligi aholining oziq-ovqatga bo'lgan iste'molini
qondirish, sanoatning xom-ashyoga bo'lgan ehtiyojini qondirish, shuningdek
tarmoqni umumdavlat, xalq xo'jalik topshiriqlari va muammolarini xal qilishda
moliyaviy xissasi nuqtai nazaridan baxolanadi.
Qishloq хo'jaligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning hal qiluvchi
sharti har bir gektar yerdan, har bir bosh moldan, har bir asalari oilasidan
olinadigan mahsulotni ko'paytirish hisoblanadi. Intensivlashtirish jarayoni nafaqat
bir gektar yerga, bir bosh mol yoki bir asalari oilasiga qоshimcha mablag'ning
o'sishini bildirib qolmasdan, balki ulardan samarali foydalanishni ham bildiradi.
Qishloq хo'jaligi ishlab chiqarishni intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi
sarflangan xarajatlar hajmiga taqqoslanganda har bir gektar yerdan arzon va yuqori
sifatli mahsulotni yuqori sur'atda olishda ifodalanadi.
Qishloq xo'jaligini iqtisodiy samaradorligini oshirish, yer, moddiy texnika,
mehnat resurslaridan faol foydalanish, tabiiy va iqtisodiy sharoitlarni har
tomonlama hisobga olishni talab qiladi. Qishloq xo'jaligini rivojlantirishga
sarflanadigan xarajatlar oqilona sarflanishi kerakki, bunda xo'jalik har bir birlik
xarajatga ko'proq mahsulot va foyda olishi kerak.
Qishloq xo'jaligini intensivlashtirishda muhim rol qishloq xo'jaligi ishlab
chiqarishda fan
-
texnika taraqqiyotini rivojlantirishga tegishli. U o'z ichiga nafaqat
mashina texnikasidagi taraqqiyotni, balki ishlab chiqarishni tashkil qilish va
texnologiyasidagi, fanni rivojlantirishdagi, ilg'or tajribadan foydalanishdagi
taraqqiyotni ham oladi.
Qishloq xo'jaligini intensivlashtirish samaradorligini oshirish yo’llarii
quyidagilar:
a) Qishloq xo'jaligida fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirish;
52
b) Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishda investisiya va kapital qo’yilmalarining
o'sishi;
d) Qishloq xo'jaligiga moddiy texnika bazasini mustaxkamlash;
e) Ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizasiyalashtirish darajasini oshirish;
f) Qishloq xo'jaligini kimyolashtirishni rivojlantirish;
g) Qishloq xo'jaligini meleorasiyalashtirish;
h) Qishloq xo'jaligi uchun kadrlar tayyorlashni takomillashtirish.
Qishloq xo'jalik mahsulotini ishlab chiqarish tarmoqda ishlab chiqarish
resurslarini (mehnat, yer, suv va moddiy va boshqa)ni ishlatish bilan chambarchas
bog'langan, qaysiki ishlab chiqarish jarayonida qisman yoki butunlay iste'mol
qilinadi, ularning qiymati esa tayyor mahsulotga o'tadi. Iste'mol qilingan va
mahsulotga o'tkazilgan ishlab chiqarish resurslarining jami yig'indisi mahsulotni
ishlab chiqarish xarajatlari deyiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari ikki xil bo'ladi:
ijtimoiy xarajatlar va korxona xarajatlari. Ijtimoiy xarajatlar bu jamiyatning u yoki
bu mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarining jamidir.
Ular mahsulot qiymatidan tashkil topadi va o'z ichiga quyidagilarni oladi:
1. Bevosita va bilvosita mehnat haqi xarajatlari (ajratmalari bilan;
2. Yagona yer solig'i;
3. Iste'mol qilinigan moddiy resurslar qiymati;
4. Qo'shimcha mahsulot qiymati.
Qo'shimcha qiymat boshqarish, maorif, sog'liqni saqlash, mudofaa,
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish va boshqalarga qilingan xarajatlarni
qoplashga sarflanadi. Mahsulotlar qiymatining asosiy qismi korxona xarajatlarini
tashkil etadi va uning tarkibiga mehnat haqini, ishlab chiqarishda qatnashgan
asosiy vositlarning yillik eskirishini mashina uskunalar, aylanuv vositalarining
qiymati, ayrim soliqlar, to'lovlar va boshqalar kiradi. Ma'lumki, mahsulot ishlab
chiqarish xarajatlari xo'jalik yuritishning barcha shakllarida mahsulot qiymatining
ajralmas qismi hisoblanadi. Xarajatlarning qiymatdan farqi takror ishlab chiqarish
53
jarayonining barcha fazalarida namoyon bo'ladi. Ishlab chiqarish sferasida
xarajatlarning shakllanishi qiymat tashkil topishining birinchi etapidir. Bunda
ishlab chiqarishning o'zi mehnat jarayoni va qiymat yaratish jarayonining birligi
bo'lib harakat qiladi. Bu yerda jonli mehnat jarayoni va qiymat yaratish
jarayonining birligi bo'lib harakat qiladi. Bu yerda jonli va buyumlashgan
harajatlar hamda tadbirkorlik yalpi mahsulot, shu jumladan qo'shilgan qiymatni
yaratadi. Ishlab ishlab chiqarish sferasida qiymat va korxona harajatlari o'rtasidagi
bog'liklik amaliy ahamiyatga ega. Nooqilona xo'jalik yuritish, ishlab chiqarish
resurslaridan yetarli darajada samarali foydalanmaslik to'fayli sarflangan barcha
turdagi bevosita va bilvosita harajatlarning samaradorligi pasayadi.
Mahsulot
tannarxi
qishloq
xo'jaligi
ishlab
chiqarishi
iqtisodiy
samaradorligining muhim omili va ko'rsatkichi hisoblanadi. har qanday mahsulot
birligining tannarxi ikki miqdor nisbatiga: ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot
sifatiga bogliq buladi. Tannarx quyidagi xollarda pasayishi mumkin:
1. Agar mahsulot o'zgarmagani holda, xarajat miqdori kamaysa.
2. Agar yalpi mahsulot miqdori ko'payib, xarajatlar o'zgarmasa.
3. Agar yalpi mahsulotining o'sish sur'ati xarajatlar o'sish sur'atidan yukori
bo'lsa.
Yuqoridagi nazariyadan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki,
samaradorlik yuqori bo’lishi uchun ishlab chiqarish xarajati kam ishlab
chiqarishdan kelgan foyda esa yuqori bo’lishi kerak. Bu esa xarajatlar kam bo'lib,
olingan mahsulot ya'ni yalpi mahsulot miqdori ko'p bo'lishi demakdir.
Quyidagi 10-jadvalimizda asalarichilikda 1-asalari oilasini tashkil etishdagi
xarajatlar tahlil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |