Samarqand mintaqasining turistik resurslari salohiyati Reja



Download 38,99 Kb.
bet7/9
Sana19.02.2022
Hajmi38,99 Kb.
#457445
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Samarqand mintaqasining turistik resurslari salohiyati

Qusam ibn Abbos majmuasi. Chortoqning sharq tarafida ikki tabaqali o‘ymakor qayrag‘och eshik bor. Eshik Amir Temurning farmoyishiga binoan usta Said Yusuf Sheroziy tomonidan 1404-1405 yillar mobaynida ishlangan. Eshikning naqshlari takrorlanmas san’at namunasi asosida ishlanib, undagi arabiy yozuvlar ustida fil suyaklaridan qadama bezaklar ishlangan. IKKI tabaqa eshikdan birida quyidagi so‘zlar bitilgan: «Jannat eshiklari kambag‘al faqirlar uchun ochiqdir». Ikkinchi tabaqasida esa «Rahmat eshiklari rahimlilar uchun ochiq» deyilgan.
Qusam ibn Abbos maqbarasi kompleksida eng asosiy va qadimiy maqbara hisoblanadi. Maqbara XIlxona va ziyoratxonadan iborat. Ziyoratxona ichidagi janubiy devorning yog‘och panjarasi orqali Xilxonadagi Qusam ibn Abbos qabrtoshini ko‘rish mumkin.
IMOM AL-BUXORIY YODGORLIK MAJMUI. Muhammad ibn Ismoil - hijriy 194 yil (milodiy 810 yili) shavval oyi 13 sanasida Buxoro shahrida tavallud topgan. Aytishlaricha, u juma namozi o‘qilgandan so‘ng tug‘ilgan ekan. Al-Buxoriy go‘dakligidanoq o‘zidan katta yoshdagi o‘quvchilar bilan maktabga qatnab, ular oladigan darslarni tez o‘zlashtirib ola boshladi. O‘n yoshida hadislarni yodlay boshlad va shuningdek hadislarni to‘play doshlaydi. Al-Buxoriy «Al-Jome’-as-sahih» kitobini yozayotgan vaqtda ustozlarining sonini hisoblab: «Men hadislarni bir ming sakson muhaddisdan yozib oldim» hamda «Yuz ming sahih - ishonarli va ikki yuz ming ayri sahih - ishonchsiz hadis yodladim» deb qoldirgan. Al-Buxoriy Makkada Abu Bakr Abdullo ibn az-Zubayr-il-Humaydiy, Abul-Valid Amad ibn Muammad-il Azraiy, Abdullo ibn Yazid-il Muriy, Madinada Abdul-Aziz ibn Abdullo al-Avaysiy, Mutrif ibn Abdullo ibn Hamza, Ibroim ibn al-Munzira al-Haramiy kabi ustozlardan tahsil olgan.
Bugungi kunda uning quyidagi kitoblari ma’lum.

  1. «Al-jome’ as-sahih» (Ishonarli to‘plam)

  2. «At-tarix al-kabir» (Katta tarix).

  3. «At-tarix as-sag‘ir» (Kichik tarix).

  4. «Az-zua’fa as-sog‘ir» (hadisning zaiflari haqida kichik kitob).

  5. «Al-kuno» (Faqat laqablari ma’lum rivoyatchilar haqida kitob).

  6. «Al-adab al-mufrad» (Alohida odob xususida kitob).

  7. «Al-iroatu xalfal-imom» (Imomga ibtido qilgan kishining qiroati haqida)

  8. «Raf’ul-yadayniy fis-solati» (Namozda ikki qo‘lini ko‘tarmoq haqida).

  9. «Xalu af’olul-’ibadi» (Bandalarning fe’llarini yaratmoq).

Ushbu to‘qqiznomdagi kitob ko‘plab marta nashr etilgan. Qolgan kitoblarining esa nusxalari saqlanib qolmagan.
Imom al-Buxoriy bilan Buxoro amiri Xolid ibn Ahmad az-Zuhaliy o‘rtasida ziddiyat vujudga keldi va Buxoroni tashlab chiqib ketdi. Imom Al-Buxoriy ketishlarida, dastlab bobosi Mug‘ira tug‘ilgan «Baykand» (hozirgi Qorako‘l tumanidagi Poykent) qishlog‘iga boradi. Biroz vaqtdan keyin esa Samarqand shahridan 22 chaqirim uzoqlikdagi Hartang qishlog‘i (hozirgi Payariq tumani)ga kelib qo‘nim topadi. Shu yerda ilm – fan bilan shug‘ullanadi va shu yerda vafot etadi.
Imom al-Buxoriy dafn etilgan Payariq tumani Hartang qishlog‘idagi qabriston musulmon ahlining eng tabarruk va aziz ziyoratgohlaridan bo‘lib kelgan. XVI asrda Imom al-Buxoriy qabri ustiga mo‘’jazgina maqbara, yoniga masjid qurilib, hovlisiga bir necha tup chinor ekilgan. Lekin sobiq sho‘ro tuzumi davrida bu maskan qarovsiz qolgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 29 apreldagi «Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi Qarori asosida allomaning maqbarasi o‘rnida maxsus yodgorlik majmui barpo etildi. Bu yodgorlik majmui O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida yaratilgan loyiha asosida Samarqand, Buxoro, XIVa, Toshkent, Andijon, Namangan, Qo‘qon va Shahrisabz xalq ustalari tomonidan 1998 yilda qurildi.

Download 38,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish